Asosiy ishlab chiqarish


Ishlab chiqarish samaradorligi


Download 38.71 Kb.
bet3/15
Sana30.01.2023
Hajmi38.71 Kb.
#1140782
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2 gollosariya

Ishlab chiqarish samaradorligi — korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy dasturlar va tadbirlarning foydali natijalar berishi, olingan iqtisodiy samaraning muayyan qiymatga ega boʻlgan resurslarni qoʻllagan holda eng yuqori ishlab chiqarish hajmiga erishishga sabab boʻlgan ishlab chiqarish omillari, resurslar sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi korxona faoliyatining yakuniy natijasini koʻrsatadi. 

Ishlab chiqarish — jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqtisodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayoni; ishlab chiqarish omillarini isteʼmol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. Ishlab chiqarish inson hayotining tabiiy sharoiti va boshqa faoliyat turlarining moddiy asosidan iborat.

Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish — mashinalashtirilgan i.ch. ni nazorat qilish va boshqarish ishlarini avtomatik qurilmalar zimmasiga yuklash; i.ch. ni mexanizatsiyalashtirishning yuqori bosqichi. Fan va texnika taraqqiyotinnng asosiy yoʻnalishlaridan biri. Mehnat unumdorligi, maqsulot sifati, mehnat madaniyati va b. omillar i.ch. koʻrsatkichlarini yuqori darajaga koʻtarish imkonini beradi. 

Ishlab chiqarishni intensivlash — texnika, moddiy va mehnat resurelari potensialining har bir birligidan yanada toʻliqroq foydalanish yoʻli bilan i.ch. jadalligini oshirish. Zamonaviy texnika va texnologiyani joriy etish, i.ch. jarayonini mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish, mehnat resurelaridan ratsional foydalanish orqali barcha jabhalarda yuqori koʻrsat-kichga erishishga asoslanadi.

Kam chiqindi texnologiyalari - bu ishlab chiqarishning bunday usuli, turli xil texnologik, tashkiliy, iqtisodiy va boshqa sabablarga ko'ra xom ashyo va materiallarning kichik qoldiqlari atrof - muhitga zararli ta'sir ko'rsatadigan chiqindilardan foydalanib ishlab chiqarishga qollaniladigan texnologiyalar.


Download 38.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling