Poyabzalni ustki va tag detallariga ishlatiladigan materialning foydalanish foizini hisoblash


Download 1.01 Mb.
bet1/3
Sana20.12.2022
Hajmi1.01 Mb.
#1034855
  1   2   3
Bog'liq
Маъруза 6 POYABZALNI USTKI VA TAG DETALLARIGA ISHLATILADIGAN MATERIALNING FOYDALANISH FOIZINI HISOBLASH


6-MA`RUZA
POYABZALNI USTKI VA TAG DETALLARIGA ISHLATILADIGAN MATERIALNING FOYDALANISH FOIZINI HISOBLASH
Reja.
1 Umumiy ma`lumot.
2 Ustki detallar uchun materiallardan foydalanish foizi
3 Tag detallar uchun materiallardan foydalanish foizi


Tayanch so`z va ibоralar:

Andaza, material, parallelogram, poyabzal, teri, andazalararo chiqindi, diametr, chetki chiqindi, ko’prik chiqindi, foydalanish foizi, ratsional joylashtirish.




Adabiyotlar
1.Maqsudov U.M. “Poyabzal materiallarini meyorlashtirish”. Darslik. –T.: Fan 2004. -123 bet.
2. Maqsudov U.M. «Charm buyumlari texnologiyasi» Darslik. –T.: Fan. 2015. -194 bet.
3. Maqsudov U.M. «Charm buyumlar texnologiyasi» 1-jild. 2004, -379 bet.
4. Maqsudov U.M. «Charm buyumlar texnologiyasi» 2-jild. 2004, -341 bet.
5. Gvozdyev Yu.M. “Ximicheskaya texnologiya izdeliy iz koji” Uchebnoe posobie -M: Akademiya 2006. – 256 bet.
Rejaning bayoni:
Umumiy ma`lumot
Poyabzal ustki detallarini bichishda material maydonidan foydalanish foiziga ta`sir etuvchi asosiy omillar: ustki detallar jamlamasining o’rtacha joylashuvchanligi; detallar jamlamasi joylashish zichligi; detal va materialning shakli, maydoni; jamlamadagi bitta detalning o’rtacha maydoni; teri xususiyatlari va detallarga qo’yiladigan talablarning xilma-xilligi; teri qalinligi va uning maydon bo’ylab taqsimlanishi; teri navi; bichish tizimi va b.
Tag detallarini bichishda ishlatiladigan teri maydonidan foydalanish foiziga tag detallarning shakli va joylashuvchanligi, terining shakli, andaza va teri maydonining nisbatlari, teri qalinligi va uning maydon bo’ylab taqsimlanishi va shu kabi omillar ta`sir etadi.
Jamlamadagi ustki detallar o’rtacha joylashuvchanligi detallar shakli va ularning joylashish zichligiga bog’liq. Bu ko’rsatkich model qatorini qurishda va har bir detalning hamda barcha ustki detallar jamlamasining joylashuvchanligini hisoblashda aniqlanadi. Model qatorlarini qurishda, detallarning eng kam chiqindi chiqadigan variantdagi joylashuvchanligi qabul qilinadi. Har bir tanavor turi uchun joylashuvchanlikning minimal me`yorlari belgilab qo’yilgan va bu me`yorlardan past bo’lgan joylashuvchanlikka ega tanavor modellarini ishlab chiqarishga joriy etish samarasiz hisoblanadi. Misol uchun erkaklar qo’njsiz botinkasi tanavori uchun o’rtacha joylashuvchanlik 93% dan kam bolmasligi kerak, mokasin uchun – 92%, erkaklar botinkasi uchun – 93,5% va hokazo.



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling