Poyabzalni ustki va tag detallariga ishlatiladigan materialning foydalanish foizini hisoblash
Ustki detallar uchun materiallardan foydalanish foizi
Download 1.01 Mb.
|
Маъруза 6 POYABZALNI USTKI VA TAG DETALLARIGA ISHLATILADIGAN MATERIALNING FOYDALANISH FOIZINI HISOBLASH
Ustki detallar uchun materiallardan foydalanish foizi
Materialning maydonidan foydalanish foizini aniqlash uchun quyidagi umumiy bog’liqlikni yozish mumkin: Tenglamaga chiqindilarning mos qiymatlarini qo’yib materialning foydalanish foizini hisoblash tenglamasini hosil qilamiz. Poyabzalning ustki qismi uchun foydalanish foizini quyidagi tenglama yordamida aniqlaymiz: Poyabzal ustki qismi detallarini jamlama tarzida bichiladi, shuning uchun har bir detalning joylashuvchanligidan tashqari jamlamadagi o’rtacha joylashuvchanlik ham aniqlanadi. Quyidagi 6.1-jadvalda tanavor qismlarining jamlamadagi o’rtacha joylashuvchanligi hisobi berilgan: 6.1-jadval. Tanavor qismlarining jamlamadagi o’rtacha joylashuvchanligi hisobi
O’rtacha joylashuvchanlik, %: W – chetki chiqindilar miqdori: W =A/ Jamlamadagi bitta detalning o’rtacha maydoni: b – teri naviga oid o’rtacha ballar soni. Poyabzal tanavorini bichish uchun ishlatiladigan teri maydoni foydalanish foizini oshirish maqsadida, undan ikkita turli jamlama detallarini bichish kerak, chunki materialdan faqan bir o’lchamdagi va artikuldagi detallarni bichish, bir artikuldagi ikki xil o’chamga ega detallarini yoki bir o’chamdagi ikki artikul detallarini bichishga qaraganda 1-2,5 % ga samarasizroq (TSMITI). Asosiy andazalarga, boshqa texnologik talablar qoyiladigan, o’zgacha o’lchamdagi va shakldagi detallar andazalarini qo’shish chiqindilarni kamaytiradi, demak teri maydonidan foydalanish foizi oshadi. Bir jins doirasida katta va kichik o’lchamdagi detallar jamlamalarini birlashtirgandek, ikki jins doirasida va poyabzallar to’plami bo’yicha ham birlashtirgan ma`qul (erkaklar-esh bolalar, ayollar-maktab yoshidagi bolalar va qizlar va hokazo). Ishlab chiqarish jarayonida va iste`mol davrida poyabzal ustki detallari turli kuchlar ta`sirida bo’ladi, shunung uchun jamlamaning ahamiyatliroq detallarini (tumshuq, betlik, boshliq) terining markaziy qismidan, ahamiyatligi pastroq detallarni (gulchin, dastak va b.) terining chetki qismlaridan bichiladi. 6.2-jadvalda turli konstruktsiyadagi tanavor detallarining ahamiyatlilik darajasi bo’yicha maydonlarning nisbiy ko’rsatkichlari berilgan. 6.2-jadval. Turli konstruktsiyadagi tanavor detallarining ahamiyatlilik darajasi bo’yicha maydonlarning nisbiy ko’rsatkichlari, %.
6.2-jadval davomi
Teri yopqich qismini maqsadli yuqori darajada foydalanishni ta'minlaydigan poyabzal juftlarining nisbati quyidagi tenglama bilan aniqlanadi: n1/n2 - birinchi va ikkinchi turdagi poyabzal juftlarining nisbati; z1, z2 - birinchi va ikkinchi turdagi poyabzal detallari maydonining nisbiy ko’rsatkichlari; Σ a1, Σa2 - birinchi va ikkinchi turdagi poyabzal detallari bitta jamlamasining sof maydoni. B u yerda μ – Teri yopqich qismi maydonining o’rtacha nisbiy ko’rsatkichi va u 0,5 ga teng. ρ1, ρ2 - birinchi va ikkinchi turdagi poyabzal jamlamadagi muhimroq detallari maydonlari nisbiy korsatkichlari. Bu korsatkichlarni yuqoridagi tenglamaga qo’ysak, tenglama quydagicha boladi: Terini poyabzal ustki qismi detallarni birlashtirgan xolda bichishda foydalanish foizini birlashtirgan jamlama detallari maydonining nisbiy chiqishini hisobga olish zarur. Birikmaning o'rtacha joylashuvchanlik koeffitsientlari va detallar birikmasining maydoni quyidagi tenglamalar bilan belgilanadi: – birinchi va ikkinchi jamlama detallarining joylashuvchanlik o’rtacha koeffitsientlari; ā1, ā2 – birinchi va ikkinchi jamlama detallarining ortacha maydonlari. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling