Ii. Tayanch so’z va iboralar


Download 312.21 Kb.
bet1/3
Sana08.11.2023
Hajmi312.21 Kb.
#1758201
  1   2   3
Bog'liq
1-dars


17-MAVZU. TASMALI UZATMALAR

I. Mа`ruzа rеjаsi:


1. Turlari, geometriya va kinematikasi.
2. Tasma tarmoqlaridagi kuchlar va kuchlanishlar.

II. Tayanch so’z va iboralar:


Tasma, shkiv, ponasimon, yassi, doirasimon tasma, qamrov burchagi, tasma tarmog’i, tortish qobiliyati.

III. Mаqsаd:


Tasmali uzatmalar turlari bilan tanishish hamda uning tarmoqlaridagi kuchlar va kuchlanishlarni o’rganish.
Umumiy hоlаtlаr.
Tasmali uzatmalarning eng oddiysi etaklovchi, etaklanuvchi shkivlardan va ularga taranglik bilan kiydirilgan tasmadan tuzilgan bo’ladi. Etaklovchi shkivdan harakat va energiya etaklanuvchi shkivga tasma bilan shkiv orasida hosil bo’ladigan ishqalanish kuchi hisobiga uzatiladi.
Tasmali uzatmalar tasmasining ko’ndalang kesimi rasmiga ko’ra: yassi (17.1-rasm, a), ponasimon (17.1-rasm, b) va doirasimon (17.1-rasm, v) tasmali bo’ladi.

17.1-rasm. Tasmali uzatmaning turlari.
Tasmaning tarangligi, qamrov burchagi hamda ishqalanish koeffisienti qancha katta bo’lsa, tasmali uzatmaga shuncha katta yuklama qo’ysa bo’ladi. Odatda, taranglik tasmaning elastik deformasiyasi hisobiga hosil qilinadi. Biroq vaqt o’tishi bilan tasma cho’zilib qolganligidan uning tarangligi kamayadi. Bunday hollarda, talab qilingan taranglikka erishish uchun uzatmalar maxsus qurilmalar bilan ta’minlanadi.
Afzalligi:
1. Tasmali uzatma harakatni nisbatan katta masofaga uzatish imkonini beradi (15 m gacha va undan ko’proq);
2. Shovqinsiz va ravon ishlaydi;
3. Yuklamaning to’satdan tebranishi natijasida tasmaning elastikligi tufayli mexanizmlarni sinib ketishdan saqlaydi;
4. Tasmaning shkivda sirpanishi mexanizmlarni o’ta yuklanishdan saqlaydi;
5. Кonstruksiyasi va ekspluatasiyasi oddiyligi.
Кamchiligi:
1. Tashqi o’lchamlarining kattaligi (bir xil sharoit uchun shkivlar diametri tishli g’ildiraklar diametridan taxminan besh marta katta);
2. Tasmaning shkiv sirtida sirpanib turishi tufayli uzatish nisbati o’zgarmas qiymatga ega bo’la olmaydi;
3. Val va tayanchga tushadigan kuch nisbatan katta;
4. Tasmaning chidamliligi nisbatan kichik (1000…5000 soat oralig’ida).
Odatda, tasmali uzatmalar quvvati 50 kVt gacha bo’lgan vallarning biridan ikkinchisiga harakat uzatishda ishlatiladi.
Zamonaviy mashinasozlikda ponasimon tasmalar keng qo’llaniladi. Yassi tasmalarning yangi konstruksiyasi (plastmassali plenkali tasmalar) yuqori tezlikli uzatmalarda qo’llaniladi. Doirasimon tasmalar faqat kichik quvvat uzatishda qo’llaniladi.
Tasmali uzatmalarning ishlash qobiliyatining asosiy mezonlari: tasmaning tortish qobiliyati va chidamliligi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda tortish qobiliyati bo’yicha hisoblash tasmali uzatmalarning asosiy hisobi sanaladi. Tasmaning chidamliligi tajriba yo’li bilan belgilangan tavsiyalar asosida baholanadi.

Download 312.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling