Ko‘nikmasiga qoyiladigan talablar bilan tanishtiradi va o‘rgatadi


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
Sana18.09.2020
Hajmi0.75 Mb.
#130141
Bog'liq
Мех ва авт фан дастури


 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 



OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

 



 

 



 

 

 

 



 

I.O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni 

 

Mexanizatsiyalash,  avtomatlashtirish  va  robototexnika  asoslari:  ishlab 



chiqarish  jarayoni  va  mexanizatsiyalashtirish  vositalari,  avtomatlashtirish  yo'llari 

va  muammolari,  avtomatlash  bosqichlari,  avtomatik  nazorat  qilish  tizimlari, 

avtomatik  sozlash,  boshqarish,  uni  kuzatish,  avtomatik  tizimlar  qismlari 

(elementlari) tavsiflari, ko‘rsatkichlar, o‘lchash va bajaruvchi zvenolar, davriylikni 

boshqarish  tizimlari,  raqamli  dasturda  boshqarish  tizimlarini  yuklash,  siqish  va 

detallami  ajratib  olishni  avtomatlashtirish,  transport  va  ombor  ishlarini 

avtomatlashtirish,  nazorat  qilish  ishlarini  avtomatlashtirish, universal  dastgohlami 

avtomatlashtirish,  avtomatik  liniya  (uzatgich)lar,  sanoat  robotlarining  tuzilishi, 

sanoat robotlarining strukturasi, klassifikatsiyasi va texnik ko'rsatkichlari, adaptiv, 

interaktiv,  transport  sanoat  robotlari,  sanoat  robotlarining  ishlatilishi,  yig'ish 

jarayonlari,  moslashuvchan  ishlab  chiqarish  jarayoni,  moslashuvchan  avtomatik 

tizimlar,  uchastkalar,  sexlar  va  korxonalani  hamda  talabalar  bilimi,  malakasi  va 

ko‘nikmasiga qoyiladigan talablar bilan tanishtiradi va o‘rgatadi. 

“Mеxanizatsiyalash,  avtomatlashtirish  va  robototexnika  asoslari”  fani 

predmeti  mexanizatsiyalash  va  avtomatlashtirish  jarayonarini  tahlil  qiish,  turli 

sanoat  va  nosanoat  robotlarni  yaratish,  sozlash  va  ulardan  foydalanishni 

o’rganishdan iborat. 

“Mеxanizatsiyalash,  avtomatlashtirish  va  robototexnika  asoslari”  fani 

umumkasbiy  fanlar  blokiga  kiritilgan  kurs  hisoblanib

4-kursda  o‘qitilishi 



maqsadga  muvofiq.  “Mеxanizatsiyalash,  avtomatlashtirish  va  robototexnika 

asoslari” fani 5112100-Mehnat ta'limi yo‘nalishlarida o‘qitiladi

.  

 

II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi



 

 

Fanni 



o‘qitishdan 

maqsad 

talabalarga 



ishlab 

chiqarishni 

mexanizatsiyalash

tirish  va  avtomatlashtirish  haqida  umumiy  ma'lumotlar, 

avtomatlashtirishning  jamiyat,  ijtimoiy  va  iqtisodiy  taraqqiyotidagi  rolini,  ishlab 

chiqarish  va  texnologik  jarayonlar,  ishlab  chiqarishni  algoritmik  hamda  dasturiy 

avtomatlashtirishni  rivojlantirish,  texnik  vazifalarni  ishlab  chiqish,  robotlar 

arxitekturasi va dizaynini qurish malakani rivojlantirish. 

Ushbu  maqsadga  erishish  uchun  fan  talabalarni  nazariy  bilimlar,  amaliy 

konikmalalar,  mexanizatiya  va  avtomatizatsiya  jarayonlarga  uslubiy  yondashuv 

hamda  sanoat  va  nosanoat  robotlarning  tuzilishi  va  qurishi  masalalarida  ilmiy 

dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. 

 

Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quydagi talablar 



qo‘yiladi.  Talaba: 

 

ishlab  chiqarish  jarayoni  va  mexanizatsiyalash  vositalari; avtomatlashtirish 



yo‘llari  va  muammolari,  avtomatlashtirish  bosqichlari,  avtomatik  nazorat  qilish  

 

tizimlari,    avtomatik  sozlash,    boshqarish;    avtomatik  tizimlar  qismlari 



(elementlari) tavsiflari; ko'rsatkichlar, o’lchash  va  bajaruvchi  zvenolar;  raqamli  

dasturli boshqarish tizimlari; sanoat robotlari asosi, robototexnika sohasida tizimlar 

va modellar to‘g‘risida

 

tasavvurga ega bo’lishi kerak; 

 

yuklash,    siqish    va    detallarni    ajratib    olishni    avtomatlash,    transport    va 



ombor    ishlarini    avtomatlash;    nazorat    qilish    ishlarini    avtomatlash,    universal 

dastgohlani    avtomatlash;    avtomatik    liniya(uzatgich)lar;    sanoat    robotlarining 

tuzilishi;    sanoat    robotlarining    strukturasi,    klassifikatsiyasi    va    texnik 

ko‘rsatkichlari;  sanoat  robotlari  va  maqsadli    mexanizmlari,  ular  uchun  texnik 

vazifalarni  ishlab  chiqish;  robot  tizimlarining  dasturiy  ta'minot  tizimlari 

arxitekturasini  loyhalashni  amalga  oshirish;  virtual    muhit  asosida  aqlli  robot 

tizimlarining algoritmik va dasturiy ta'minotini ishlab chiqishni bilishi va ulardan 

foydalana olshi

 

ishlab    chiqarish    roboti,    o‘zgaruvchan    avtomatlashtirilgan    komplekslar, 



robotlashtirish,    ko‘p    qisqichli,    ko‘p    qo‘lli    robotlar,    raqamli    dasturli 

boshqariladigan  (RDB)  stanoklar,  robotlar,  adaptiv  robotlar,    robotlaning  texnik  

darajasi,    robototexnik    tizim,    boshqarish    dasturini    korreksiya    qilish,  aqlli 

robototexnik  tizimlar  asosida  ishlab  chiqarish  va  texnologik  jarayonlarni 

avtomatlashtirish hamda ishlab chiqarish va boshqa maqsadlarda foydaanish uchun 

rejalashtirilgan  robotlar  uchun  texnik  vazifalarni  ishlab  chiqish  bo'yicha 

ko'nikmalariga;  aqlli  robot  tizimlari  uchun  dasturiy  ta'minot  tizimlarining 

arxitekturasini  loyhalashtirish  ko'nikmalariga;  robotlarni  konstruksiyalash  va 

dasturlash uchun virtual  muhit texnologiyalari asosida aqilli robot tizimlar uchun 

algoritmik  va  dasturiy  ta'minotni  ishlab  chiqish  ko’nikmalariga  ega  bo’lishi 



kerak.. 

 

III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) 



1-modul: Mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va robototexnika asoslari 

1-mavzu. “Mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va robototexnika 

asoslari” faniga kirish 

Mexanizatsiyalash,  avtomatlashtirish  va  robototexnika  asoslari”  fanini 

o’qitishdan  maqsad  va  fanning  vazifalari,  mehanizatsiya  va  avtomatizatsiya 

jarayonlarining  texnik  taraqqiyotdagi  roli,  sanoat  robotlarining  paydo  bo’lishi  va 

rivojanish  tarixi,  Mazkur  fanni  o‘qitishda  fanlararo  va  ta’lim  turlari  o’rtaidagi 

bevosita aloqalar. 

 

2-mavzu. Mehanizatsiyalash va avtomatlashtirish haqida umumiy 

tushuncha 

Ishlab  chiqarish  jarayonini  avtomatlashtirish  ketma-ketligi,  ishlab  chiqarish 

samaradorligini  oshirish,  halq  ho’jaligini  turli  sohalarida  mehanizatsiya  va 

avtomatizatsiyalashning  o’ziga  holsigi,  mehanizatsiya  va  avtomatizatsiya 

jarayonlarini baholash, mehnat va iqtisodiy samaradorlikni hisoblash va o’lchash 

 


 

3-mavzu. Ishlab chiqarish jarayonlarini mehanizatsiya vositalari 

Mehanizatsiyaning texnik vositalari,  uzluksiz ishlaydigan avtomatlashtirilgan 

transport  vositalari  va  ularning  turlari,  Davriy  ishlaydigan  avtomatlashtirilgan 

transport  vositalari  va  ularning  turlari,  Ombor  ishlarini  mehanizatsiyalash  va 

avtomatlashtirish 



 

4-mavzu. Sanoat robotlari va manipulyatolar 

Sanoat  robotari  strukturasi  va  ularning  tuzilishi,  boshqaruviga  ko’ra  sanoat 

robotlari tulari haqida ma’lumot: qattiq dasturiy ta’minotli boshqaruvga ega sanoat 

robotlari,  odam-operator  yordamida  boshqariluvchi  sanoat  robotlari,  suniy 

intellektli  boshqaruvga  ega  sanoat  robotlari,  manipulyator  va  uning  turlari 

(kassifikatsiyasi) haqida to’iq ma’lumot. 



 

5-mavzu. Avtomat liniyalar 

Avtomat liniyalari va ularning turlari haqida, avtomat sexlar haqida qisqacha 

ma’lumot, avtomat zavodlar haqida qisqacha ma’lumot 

 

2-modul: Robototexnika asoslari 

6-mavzu. Robotlashtirigan texnologik kompekslar 

Avtomatashgan  sexlar,  ularning  tuzilishi,  jihozlanishi,  ularga  qo’yiladigan 

talablar  va  hisob-kitoblar  haqida  ma’lumot,  avtomatlashgan  zavodlar,  ularning 

tuzilishi,  jihozlanishi,  ularga  qo’yiladigan  talablar  va  hisob-kitoblar,  omborlar 

turlari  (klassifikatsiyalari)  va  ularni  robotlashtirish  jarayonlari  hamda  shart-

sharoitlari 



 

7-mavzu. Zamonaviy robotar 

Zamonaviy  robotlarning  paydo  bo’lishi  va  robototexnika,  robototexnikaning 

rivojlanish tarixi, robot turlari va ularning tuzilishi haqida ma’lumot. 

 

8-mavzu. Robot turari 

Zamonaviy  robotlar  tarkibiy  tuzilmasi,  ularning  parametrlari  va  turkumlari 

haqida ma’lumot. 

 

9-mavzu. Robototexnik vositalari va qurilmalarning o’ziga hosigi 

Ishchi  organlar  va  manipulyatorlar,  sensor  tizimlari,  mobil  robotlar  xarakat 

tizimlari haqida ma’lumot 

 

10-mavzu. Robotolarni loyhalashtirish 

Robotolar  va  robototexnik  vositalarni  loyhalashtirish,  vazifalarining 

qo’yilishi,  robotlarni  loyhalashning  o’ziga  hosligi,  robototexnik  vositalarni 

loyhalashtirish metodlari 



 

11-mavzu. Robotlarni boshqarish tizimlari 

 

Dasturiy boshqarish tizimlari, diskret pozitsion va tsiklik boshqarish tizimlari, 



adaptiv  boshqarish  tizimlari,  intellektual  boshqarish  tizimlari.  Boshqaruv  tizimari 

haqida to’liq ma’luot.  



12-mavzu. Turli jarayonlar avtomatlashtirish ob’ekti sifatida 

Boshqaruv  usullari  va  turlari,  statsionar  ob’ektarni  boshqarish,  robototexnik 

ob’ektlarni boshqarish.  

 

IV. 



Amaliy mashg’ulotlar bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar 

Amaliy mashg’ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi: 

1. Robotlarni  konstruksiyalash  va  dasturlash  uchun  virtual  muhit  dasturiy 

vositalari hamda ularning turlari. 

2. Robotlarni  konstruksiyalash  va  dasturlash  uchun  virtual  muhit  dasturiy 

vositalarini o’rnatish va ishga tushirish 

3. Robotlarni  konstruksiyalash  va  dasturlash  uchun  virtual  muhit  dasturiy 

vositalarida sanoat robotlarini konstruksiyalash va dasturlashtirish 

4. Robotlarni  konstruksiyalash  va  dasturlash  uchun  virtual  muhit  dasturiy 

vositalarida nosanoat robotlarini konstruksiyalash va daturlashtirish 

Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurulmalari bilan jixozlangan auditoriyada 

bir  akademik  guruhga  bir  о‘qituvchi  tomonidan  о‘tkazilishi  lozim.  Mashg‘ulotlar 

faol  va  interaktiv  metodlar  yordamida  о‘tilishi,  mos  ravishda  munosib  pedagogik 

va axborot texnologiyalar qо‘llanilishi maqsadga muvofiq. 

 

V. 

Laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish  bo’yicha ko'rsatma va 

tavsiyalar 

1. Yuklash  va  tushirish  operatsiyalarini  bajaruvchi  sanoat  roboti  - 

manipulyatorini yaratish va tadqiq etish 

2. Uzluksiz  ishlaydigan  avtomatlashtirilgan  transport  vositalarini  yaratish  va 

tadqiq etish 

3. Davriy  ishlaydigan  avtomatlashtirilgan  transport  vositalarini  yaratish  va 

tadqiq etish 

4. Avtomatlashtirilgan omborlarni yaratish va tadqiq etish 

5. Avtomatlashtirilgan 

sex 


loyhasini yaratish va tadqiq etish 

6. Istalgan  modeldagi  va  aniq  maqsadga  yo’naltirilgan,  ma’lum  vazifalarni 

bajaruvchi nosanoat robotar

 

loyhasini yaratish va tadqiq etish 



 

“Robototexnika  asoslari”  fani  bo’yicha  laboratoriya  mashg’ulotlari 

talabalarni: 

-  zamonaviy  jihozlar,  asbob-uskunalar  va  axborot  texnologiyalaridan 

foydalangan  holda  mexatronika  va  robototexnika  vosita  va  tizimlarni  yaratish 

sohasida loyhalash va texnologik faoliyatni amalga oshirish; 

- mexatronika va robototexnika ob’ektlarining apparat va dasturiy ta'minotini 

ishlab  chiqish  bilan  bog'liq  muammolarni  yechish  uchun  murakkab  muhandislik 

tadqiqotlarini olib borish; 

-  ishlab  chiqilgan  mexatronika  va  robotlash  ob'ektlarini  eksperimental  va 

sanoat  faoliyatiga  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  talablari  va  ishlab  chiqarish 


 

xavfsizligi  qoidalariga  rioya  qilgan  holda  kiritish  uchun  o'rnatish,  foydalanishga 



topshirish va xizmat ko'rsatish-ekspluatatsiya qilishni o’rgatishga qaratilgan. 

Laboratoriya  mashg‘ulotlarida  talabalar  robotlarni  konstruksiyalash  va 

dasturlash  uchun  yaratigan  virtual  muhit  dasturiy  vositalari  yordamida  xar-hil 

modeldagi  va  turli  maqsadga  yo’naltirilgan,  ma’lum  vazifalarni  bajaruvchi 

robototexnik  tizimarini  ijodiy  yondashgan  holda  qurish  va  dasturlash  bilan 

shug’ulanishadi 

 

VI. 

Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar 

Mustaqil  о‘zlashtiriladigan  mavzular  bо‘yicha  talabalar  tomonidan  referatlar 

tayyorlash  va  uni  taqdimot  qilish  tavsiya  etiladi.  Talaba  mustaqil  ta’limni 

tayyorlashda  muayyan  fanning  xususiyatlarini  xisobga  olgan  xolda  quyidagi 

shaklardan foydalanish tavsiya etiladi: 

 



darslik va o‘quv qo’lanmalar boyicha fan boblari va mavzularini o'rganish. 

  tarqatma materiallar boyicha ma'ruzalar qismlarini o'zlashtirish. 



  avtomatlashtirilgan o'rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash. 

  maxsus adabiyotlar bo’yicha fanlar bo'limlari yoki mavzulari ustida ishlash. 



  yangi texnikalarni, apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarni o'rganish. 

  talabaning  o'quv-ilmiy-tadqiqot  ishlarini  bajarish  bilan  bog'liq  bo'lgan  fanlar 



bo'limlari va mavzularini chuqur o'rganish. 

  faol va muammoli o'qitish uslubidan foydalaniladigan o'quv mashg'ulotlari. 



Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular: 

1.

  



Robotlashtirilgan stanokli tizimlar 

2. Yig‘ish jarayonlarini mexanizatsiyalash  va avtomatlashtirish. 

3. Robotlarning mexanizmlari 

4. Uzatmalar turkumlanishi 

5. Pnevmatik uzatmalar 

6. Gidravlik uzatmalar 

7. Eektrik uzatmalar 

8. Kombinatsiyalashgan uzatmalar 

9.Robotlarni boshqarish tizimlari 

10. Mashinasozlik korxonalarida qo‘llaniladigan avtomatik liniyalar 

11. Zamonaviy RDB  dastgoh va asbob-uskunalar va ularga qoyilgan talablar 

12. Sanoat robotlari strukturasi va ularning tuzilishi 

13. Boshqaruviga ko’ra sanoat robotlari: qattiq dasturiy ta’minotli, odam-

operator yordamida boshqariluvchi, suniy intellektli. 

14. Avtomat liniyalari va ularning turlari  

15. Robotlashtirilgan texnologik kompekslar 

16. Avtomatlashgan sexlar, zavodlar 

17. Omborlar turlari (klassifikatsiyalari) va ularni robotlashtirish jarayonlari 

18. Robotlarni boshqarish tizimlari 

19. Zamonaviy nosanoat robotar haqida ma’lumot, uning turlari va ularga 

qo’yilayotgan talablar 

20. Zamonaviy robotar tarkibiy tuzilmasi, ularning parametrlari va turkumlari 



 

 



 

 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling