Poyabzalni ustki va tag detallariga ishlatiladigan materialning foydalanish foizini hisoblash


Tag detallar uchun materiallardan foydalanish foizi


Download 1.01 Mb.
bet3/3
Sana20.12.2022
Hajmi1.01 Mb.
#1034855
1   2   3
Bog'liq
Маъруза 6 POYABZALNI USTKI VA TAG DETALLARIGA ISHLATILADIGAN MATERIALNING FOYDALANISH FOIZINI HISOBLASH

Tag detallar uchun materiallardan foydalanish foizi
Tag detallar uchun materiallardan foydalanish foizi quyidagi tenglamalar bo’yicha aniqlanadi: terining yopqich qismi uchun



Teri gardan va keng etak qismlari uchun





Terining ensiz etak qismi uchun





Oyoq kiyimining pastki qismi uchun ishlatiladigan terining qalinligi teri maydoni bo’ylab sezilarli darajada farq qiladi. Bichilgan detallar esa, belgilangan qalinlikka ega bo'lishi kerak. Terining qalinligi bo’yicha oyoq kiyimining pastki qismi detallari uchun maqsadli va to'g'ri ishlatilish juda qiyin. Buning uchun terining topografiyasini batafsil bilish kerak. Terining topografiyasini kartogrammalar shaklida ko’rib chiqish mumkin. 6.1-rasmda terining yopqich qismi, 6.2-rasmda gardan qismi va 6.3-rasmda terining etak qismi kartogrammalari keltirilgan. Bu kartogrammalardan korinib turibdiki, terining qalinligi butun maydon bo’ylab turlicha korsatkichlarga ega ekan. Qalinliklarning taqsimlanishi, yopqichda markazga qarab markaz chizig’iga simmetrik tarzda (oyna tasviri kabi) oshib boradi, gardan qismida esa, markaziy chizig’iga yzqinlashganda kamayib boradi, etak qismida qalinlik orqa qo’ltiqdan oldingi qo’ltiq tomonga kamayib boradi.






6.1-rasm. Teri yopqich qismida qalinliklarning taqsimlanish kartogrammasi



6.2-rasm. Teri gardan qismida qalinliklarning taqsimlanish kartogrammasi







6.3-rasm. Teri etak qismida qalinliklarning taqsimlanish kartogrammasi


Oyoq kiyimining pastki qismi uchun teridan foydalanish foizini detallar va terining qalinligini hisobga olgan holda hisoblanish kerak. Poyabzal tag detallari uchun ishlatiladigan terining har bir guruhi turli qismlarida qalinligi bir xil emasligi sababli, ma'lum qismlarni bichish uchun mos bo'lgan qalinliklar oralig'ida zonalar maydonlarining o'ziga xos qiymatlarini foiz sifatida belgilash kerak. Keyinchalik, joylashuvchanlik o'rtacha koeffitsientini hisoblanadi:

U1, U2, . . ., Un – alohida tag detallarning joylashuvchanlik koeffitsientlari;
Z1, Z2, . . ., Zn – tegishli detallarni bichish zonalari maydonlarining nisbiy korsatkichlari.

Shunday qilib, o'rtacha joylashuvchanlik nafaqat har bir detalning joylashuvchanligiga, balki, teridan bichilagan har bir turdagi detal soniga ham bog'liq. Har bir detalning qalinligi me`yori belgilanganligi sababli, pastki detallarni faqat qalinligi DS ga mos keladigan teridan bichilishi mumkin.


Bitta detalning o’rtacha maydoni quyidagi tenglama yordamida aniqlanadi:





Iste`mil davrida oyoq kiyimining pastki qismidagi ba'zi detallari ko’p martalik bukilishga va ishqalanishga duch keladi, boshqalari esa faqat ishqalanishga, uchinchilari (masalan, flik), bosimdan tashqari, hech qanday ta'sir ostida bo’lmaydi. Erkaklar poyabzali ayollarnikiga nisbatan zichroq va qalin materiallardan tayyorlangan, shuning uchun poyabzalning alohida detallari turli xil teridan va terining turli joylaridan bichiladi. Materiallardan qancha ko'proq ahamiyatliroq detallar bichilgan bo'lsa, undan shunchalik oqilona foydalanilgan bo’ladi.
Materiallardan foydalanishning iqtisoday tomonini korsatish uchun, hisoblashga qiymat koeffitsientini kiritish kerak.
Pastki qismdagi eng qiymatliroq detal erkaklar poyabzali poshnasi hisoblanadi. Erkaklar poyabzali poshnasi eng katta qalinlikka ega bo'lishi kerak, terining eng yaxshi joylaridan bichiladi, eng kam miqdordagi nuqsonlarga ega bo'lishi kerak. Ushbu taglikning qiymat koeffitsienti birga teng deb qabul qilingan. Boshqa turdagi poyabzallarning tagligi va boshqa detallari qalinligi kamroq va kam qimmatli hisoblanadi. Ular terining uncha sifatli bo’lmagan joylaridan bichilishi va nisbatan ko'p miqdorda nuqsonlarga ega bo'lishi mumkin.
Qalinlik bo'yicha qiymat koeffitsienti K1uchun, kesishdan keyin detalning eng kam qalinligining erkaklar poyabzali poshnasining eng kam qalinligiga (4,2 mm) nisbati olinadi. Detallarni bichishda yuqori joylashuvchanlik koeffitsientiga ega bo'lgan detallarni kesishda, past koeffitsientga ega bo'lgan qismlarni kesishdan ko'ra, maydondan yaxshiroq foydalanishga erishiladi. Buni hisobga olish uchun K2 koeffitsienti qo'llaniladi. K2, dastlabki koeffitsient sifatida qabul qilingan joylashuvchanlik koeffitsientining (95%) ayni joylashtirilayotgan detal koeffitsientiga nisbatini ifodalaydi. Terining yopqich qismidan bichilgan, yuqori qiymat koeffitsientiga ega bo’lgan, detallarning iste`moldagi foydalanish muddati teri chetidan bichilgan detallarga nisbatan ko’proq.
Qiymat koeffitsienti K3 detallarning zichligi bo’yicha ta`sirni hisobga oladi, ya`ni, ayni detalning materiali zichligining, birlik sifatida qabul qilingan erkaklar poyabzali poshnasi (terining yopqich qismidan bichiladigan) materiali zichligiga nisbatini ifodalaydi.
Qiymat koeffitsienti K4 materialdan foydalanishda nuqsonlarning ta`sirini hisobga oladi.
Ayni detalni tavsiflovchi umumiy qiymat koeffitsienti K, yuqorida sanab o’tilgan barcha qiymat koeffitsientlarining ko’paytmasiga teng:



Terining qiymat bo’yicha foydalanish foizini, har bir detal bo’yicha teridan foydalanish foizini uning qiymat koeffitsientiga ko’paytmalarining yig’indisi sifatida aniqlanadi:

Р1, Р2, Рn – qalinlik guruhi bo’yicha poyabzal tag detallarining materialdan olinish miqdori, % ;
KI, KII, …, Кn – tag detallari qiymat koeffitsientlari.
Poyabzal tag detallarining materialdan olinish miqdorini, ularni bichib olinadigan material zonalari maydonidan va material maydonidan foydalanish foizidan kelib chiqib, quyidagicha aniqlanadi:


Nazorat savollari
1 Tanavor detallari uchun materialning maydonidan foydalanish foizini qanday aniqlanadi?
2 Detallarning joylashuvchanligi deganda nimani tushuniladi?

3 Tag detallar uchun materiallardan foydalanish foizi qanday aniqlanadi?


4 Terining qalinligi teri maydoni bo’ylab qanday naqsimlangan?




5 Qaysi taglik detalining qiymat koeffitsienti birga teng deb qabul qilingan?
Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling