8-Mavzu: ishlab chiqarishning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi ishlab chiqarish samaradorligi


Download 50.5 Kb.
bet1/2
Sana08.11.2023
Hajmi50.5 Kb.
#1754288
  1   2
Bog'liq
8-MAVZU


8-Mavzu: ISHLAB CHIQARISHNING IQTISODIY VA IJTIMOIY SAMARADORLIGI


Ishlab chiqarish samaradorligi har bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi hisoblanadi. U xo‘jalik yuritishning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini, shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari hamda olingan natijalar o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi.


Samara – bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat), foyda va daromad hajmini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishni kamaytirish yoki umuman, yo‘q qilish bilan bog‘liq bo‘lgan korxona faoliyatining ijobiy natijalaridir. Bu yutuqlar natural shaklda ishlab chiqarish samarasini, pul shaklida esa iqtisodiy samarani tavsiflaydi.


Samaradorlik, avvalo, korxona faoliyatining sifat jihatlarini tavsiflovchi tushunchadir. U “samara” toifasidan kelib chiqadi hamda unga qaraganda murakkab va kompleks tavsifga ega.


Iqtisodiy samaradorlik samaradorlikka qaraganda bir muncha tor ma'noni anglatadi. U qabul qilinayotgan qarorlarning xo‘jalik yuritishda maqsadga muvofiqligini tavsiflaydi hamda barcha hollarda samaraning unga erishish uchun ketgan xarajatlar(ishlab chiqarish resurslari)ga nisbati sifatida aniqlanadi.


Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish samaradorligini mehnat sharoitlarini, uning ijodkorlik mazmunini boyitish, aqliy va jismoniy mehnat o‘rtasidagi farqni yo‘qotishni inobatga olgan holda tavsiflaydi.Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik bir vaqtning o‘zida, ishlab chiqarish samaradorligini kuchaytirish, korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi, shaxsning har tomonlama rivojlanishi va uning barcha qobiliyatlaridan foydalanishning sabab va natijasi hisoblanadi. Bevosita ijtimoiy samara, xodimlarning bilim va malakasi, tajriba va madaniyatining o‘sishi, aholi sog‘lig‘ining yaxshilanishi va umr ko‘rishining uzayishida aks ettiriladi.

Xo‘jalik samaradorligini baholash, korxonada foydalaniladigan resurs turlari bo‘yicha amalga oshirilishi va miqdor jihatidan o‘lchanishi mumkin. Masalan, ishchi kuchidan foydalanish samaradorligini mehnat unumdorligi va mahsulotnig mehnat sig‘imi ko‘rsatkichlari yordamida quyidagi formula asosida baholash mumkin:




ПТ ЧQ

Bu yerda:


PT - mehnat unumdorligi;

Q - mahsulot hajmi qiymat ko‘rinishida;


Ch - ishlovchilar (ishchilar) soni.

Mahsulotning mehnat sig‘imi mehnat unumdorligiga teskari kattalik bo‘lib, sarflangan mehnat miqdorining ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati sifatida aniqlanadi:



  • ЧQ




Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling