Korxonada mehnat unumdorligi va uni oshirish yo'llari
Reja:
Kirish
1.Ijtimoiy mehnat unumdorligi va yakka tartibdagi mehnat unumdorligi
2.Mehnat unumdorligini aniqlash usullari
3.Mehnat unumdorligi va mehnat intensivligi nisbati
4.Mehnat unumdorligini oshirish omillari va imkoniyatlari
5.Xulosa
6.Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mehnat unumdorligi - xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichidir. U ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ko‘rsatilgan xizmatlar miqdorining mehnat xarajatlariga nisbatan, ya’ni mehnat xarajatlari birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot bilan belgilanadi. Jamiyatning rivojlanishi va uning barcha a’zolari farovonligi darajasi mehnat unumdorligi darajasi va uning o‘sishiga bog‘liqdir. Bundan tashqari, mehnat unumdorligi darajasi ishlab chiqarish usulini ham, hatto ijtimoiy - siyosiy tuzumning o‘zini ham belgilab beradi.
Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi mehnat samaradorligi va natijadorligining barcha jihatlarini aks ettirmaydi, masalan, u mehnat sifatini hisobga olmaydi, bundan tashqari, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish zarurligini ifodalamaydi. «Mehnat unumdorligi» tushunchasiga o‘z ahamiyati jihatidan yaqin, lekin mazmunan yanada kengroq bo‘lgan tushuncha «mehnat samaradorligi» tushunchasidir. Mehnat samaradorligi eng kam mehnat xarajatlari bilan yuqori mehnat natijadorligiga erishish darajasini ifodalaydi. Mehnat samaradorligi mehnat unumdorligidan farqli o‘laroq faqat mehnatning miqdor ko‘rsatkichlarini emas, shu bilan birga sifat natijalarini ham ifodalaydi. Mehnat samaradorligi ko‘rsatkichining yana bir muhim ustunligi unda mehnat resurslarini tejashning aks etishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |