A dalil bo‘la olmaydi b bo‘la olmaydi c lo‘nda dalil bo'la olmaydi
Download 20 Kb.
|
1 2
Bog'liqBlok test
Blok test 1. Quruq gapning o‘zi hech qachon lo‘nda dalil bo‘la olmaydi. (Ibn Sino) Berilgan gap kesimi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? A) dalil bo‘la olmaydi B) bo‘la olmaydi C) lo‘nda dalil bo'la olmaydi D) olmaydi 2. Seni ona dedim, ko‘zim o'ngida Mushfiq u qiyofang bo‘ldi namoyon. Parcha et qoshida bedor bir diyda, Sadoqati cheksiz, mehri bepoyon. (A.Oripov) She’riy parchada nechta sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh qatnashgan? A) 7 B) 10 С) 8 D) 9 3. Qaysi gapda olmoshning to'rt turi qatnashgan? A) Har kim o‘z og'zining qorovuli bo'lsa, uning nafasi hech qachon bo'g’ilmaydi. B) Kimki shoshilmay, aql-u tadbir bilan ish tutsa, u o‘z maqsadlariga oson erishadi. C) Kimki boshqalarga rahm-u shafqat qilmasa, unga ham hech kim rahm-u shafqat qilmaydi. D) Nima ro'zg'orga kerak bo'lsa, dadam o'shani bozordan keltiraverar edi. 4. Seni ona dedim, Ko’zim o'ngida Mushfiq u qiyofang bo'ldi namoyon Parcha et qoshida bedorsan doim, Sadoqating cheksiz, mehring bepoyon. Berilgan she’riy parchadagi egalar tarkibida ochiq bo’g’inlar miqdori nechta? A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 8 ta 5. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra, ham til qismlarining harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub emas? A) qayla-qayra B) narvon-karvon C) quduq-quruq D) dutor-duchor 6. Toshkentga har kuni minglab sayohlar tashrif buyiradilar. Ular mamlakatimizning bosh shahriga qarab, yurtimizdagi bunyodkorlik ishlari haqida fikr yuritadilar. Ushbu parchada imloviy jihatdan xato yozilgan so‘zlarning turkumini aniqlang. A) ravish, ot, bog‘lovchi B) ot, fe’l, ko‘makchi C) ot, fe’l, bog‘lovchi D) olmosh, fe’l, ko‘makchi 7. Berilgan gaplarning qaysi birida talaffuzi bilan imlosi farqlanadigan fe’l berilgan? A) Men haq gapni aytyapman, Ha, mayli, buni hozircha ochiq qoldiramiz. B) Ayting-chi, siz bu gaplarga ishonasizmi? C) Yo'q, men buni hozirgi kayfiyatingga qarab aytayotganim y o 'q. D) Yo ’q, yashay bilmasman asrimdan nari, Da'vo ham qilmasman mangulik izga. 8. Yasalish asosi bilan bir xil so’z turkumiga mansub bo’lmagan yasama so’zlarni aniqlang. 1.qulchilik 2.chayqa 3.zargarlik 4.unumdor 5. uquvsizlik A) 2, 3 B) 1, 2, 4 C) 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5 9. Boshida tashvishi bo’lishiga qaramay,bolani erkalashga,tarbiyalashga vaqt topdi. Berilgan gapda ifodalangan ot so’z turkumlari tarkibida ismlarning munosabat shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar miqdori nechta? A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta 10. So’rasang, sevinchimdan o’kinchim ko’proq, Kechagi yoshligim ertakmi endi? Ushbu she’riy parchadagi yasama so’zlar qaysi turkumlardan yasalgan? A) Sifat, ravish, fe’l B) ot, sifat C) fe’l, ot D) ot, sifat, fe’l 11. Quyidagilardan qaysilari faqat bir turkum doirasida omonimlikni yuzaga chiqaradi? 1) bo`y; 2) kadr; 3) kez; 4) nor; 5) oz; 6) qor; 7) toy A) 1, 2, 4 B) 1, 2, 5, 7 C) 1, 4, 6, 7 D) 1, 2, 4, 5 12. Har qanday qiyinchilikni bardosh bilan yengib o ‘tishga harakat qilgan odam, albatta, maqsadiga yetadi. Ayrim ishyoqmas, havoyi kishilar maqsadlariga tez va oson yetishish uchun turli nayranglar o ‘ylab topadilar-u, ammo kutilmaganda pand yeb qoladilar. Ezopning qaysi masalidan xuddi shunday xulosa chiqarish mumkin? A) “Yovvoyi echkilar bilan chopon” B) “Bo‘ri bilan laylak” C) “Ustiga tuz ortilgan eshak” D) “Eshak bilan baqalar” 13. Qaysi javobda berilgan gapda imloviy jihatdan noto‘g‘ri yozilgan so‘z ishtirok etgan? A) Xalq seniki emas, sen xalqnikisan. B) Agar shu topshiriqni bajarmasa, obro‘i bir pul boladi. C) Ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyatning kuch-qudratidir. D) Ertalab o‘rningdan quvonch bilan tur, kechqurun kulgi bilan uxlashga yot. 14. Qaysi gapda paronim qo’llash bilan bog‘liq xatolik mavjud? A) Ularning tup maqsadini bilib olishimiz kerak. B) Mashina dovon tepasiga ko'tarilar ekan, derazadan salqin shamol urildi. C) Ayni bizbop ketmon ekan, endi hech ham qiynalmaymiz. D) Ot abzalin shayladi, o‘q-anjomin boyladi. 15. Qaysi maqolda to’rt o’rinda otlashgan so’z qatnashgan? A) Birni ko’rib fikr qil, Birni ko’rib shukr qil B) Bilagi zo’r birni yiqar, Bilimi zo’r mingni yiqar. C) Kattaga hurmatda bo’l, kichikka izzatda bo’l. D) Yaxshi bilan yursang, yetarsan murodga. Yomon bilan yursang, qolarsan uyatga. 16. Lekin Mahmud – Qutlug’ Nigor xonim… akasi, jiyani Bobur… ashaddiy dushmani Ahmad Tanbal… yon bosishi mumkin emasday tuyilardi. Nuqtalar o’rniga qaysi kelishik qo’shimchalari qo’yilishi kerak? A) 2 o’rinda tushum, 1 o’rinda o’rin-payt B) 1 o’rinda qaratqich, 1 o’rinda tushum, 1 o’rinda jo’nalish. C) 2 o’rinda qaratqich, 1 o’rinda jo’nalish D) 2 o’rinda tushum, 1 o’rinda qaratqich 17. Qaysi javobda o’zaro bir xil so’z turkumiga tub so’zlar qatori berilgan? A) toliqmoq, oqarmoq, o’zgarmoq B) toychoq, qo’zichoq, bo’taloq C) changitish, oqarinqiramoq, qayg’urmoq D) qahqaha, kelinchak, pirpirak 18. Sodda yasama soʻz(lar)ning asosidagi undoshlar faqat til undoshlari boʻlgan qatorni toping. A) Odamlarning bezgak pashshaday gʻingʻillashini eshitib, chehrang buzilmasin deyman. (A. Qahhor) B) Otini ayagan ot minar, toʻnini ayagan toʻn kiyar. (Maqol) C) Aksincha, u doʻstlikni kuchaytirdi, abadiylashtirdi. (M. Ismoiliy) D) Mustaqillikning quyoshi hilpirar ilalabad. 19. Qo‘shib yoziladigan so‘zlar qatorini aniqlang. A) tim//qora, ikki//kilogram B) to‘y//tomosha, ishladi//qo‘ydi C) aytib//yubordi, bodom//qovoq D) havo//rang, umum//xalq 20. Ko’p tilni bilish bitta qulfni ocha oladigan bir nechta kalitga ega bo'lishdir. Ushbu gapdagi tarkibida jarangsiz lab undoshi qatnashgan so’zlar qaysi turkumga oid? A) fe’l, ot, olmosh B) ravish, fe’l, ot C) ravish, ot D) ot, olmosh 21. Qaysi so‘zlarning yozilishida bosh harflar imlosiga amal qilingan? A) Jahon tinchlik kengashi, “Nuroniy” Jamg‘armasi B) Buyuk britaniya, Shirmonbuloq qishlog‘i C) Adliya Vazirligi, Yozuvchilar Uyushmasi Raisi D) 8-dekabr − Konstitutsiya kuni, Xalq ta’limi vazirligi 22. Qaysi sozda yopiq bogin mavjud emas? A) asarlar B) sharshara C) kinochi D) ijodiy 23. Zagchaning turqi ham, ovozi ham qargalarga yot edi. Ushbu gapdagi ajratib korsatilgan soz qaysi turkumdagi soz bilan shakldoshlik hosil qiladi? A) sifat B) ravish C) ot D) fe`l 24. Qaysi qahramon kalamush, sichqon, boyqushlarni uzoq-uzoq tomosha qilishni yaxshi ko’radi, ularning tindek unlariga singishib o’tirishni istaydi. Inson bolasi ruhiyatidagi bu aynish holati G’arb psixologiya fanida “nekrofiliya”- “o’limsevarlik” deya talqil etiladi? A) Protap B) Shubxashini C) Akbarali D) Omon 25. Yosh olimimiz sanab o’tgan noyob topilmalar sohani rivojlantirish uchun muhim vosita vazifasini o’taydi. Ushbu gapdagi fe’llar qaysi nisbat shakllarida ekanini aniqlang? A) aniq, o’zlik, majhul B) aniq, birgalik, majhul C) aniq, orttirma D) aniq, majhul, orttirma 26. Qaysi maqolda ikki o‘rinda shaxs oti qo‘llangan? A) Arslon izidan qaytmas, yigit-so‘zidan. B) Mehmon otangdan ulug‘. C) Zar qadrini zargar biladi. D) Kattaga hurmatda bo‘l, kichikka izzatda bo‘l. 27. O’. Sulaymonov qaysi asarida koinotni zabt etib, dunyo tarixida yangi bosqichni boshlab bergan inson haqidagi mushohadalar g’oyat ta’sirchan ifodalanadi? A) “Quyoshli tunlar” B) “Az i Ya” C) “Qoyilmisan insonga, zamin” D) “Arg’umoqlar” 28.Zulm va zo‘ravonlik, birovning haqini tortib olish bilan to‘plangan boylik o‘tkinchi ekanligi, oxiratda asqatmasligini bilib, qo‘shinning haqiga xiyonat qilmaslik uchun bo‘z qabo kiyuvchi podsho haqidagi hikoya quyidagi qaysi asarda keltirilgan? A) “Qutadg‘u bilig” (Yusuf Xos Hojib) B) “Qisasi Rabg‘uziy” (Nosiruddin Rabg‘uziy) C) “Bo‘ston” (Sa’diy Sheroziy) D) “Zarbulmasal” (Gulxaniy) Download 20 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling