Ona tili va adabiyot fanidan test 6-sinf
Download 58 Kb.
|
6-sinf test va diktant
Ona tili va adabiyot fanidan test 6-sinf I variant Fe’ldan yasalgan sifatlar qatorini toping. A. yig’iq, yig’loq; B. bosiq, bosqon; C. qo’gorchoq, maqtanchoq; D. kuyunchak, kelinchak 2. Ulus, bitik, dudoq kabi so’zlar qaysi qatorga tegishli? A. Shevaga xos so’zlar; B. Kasb-hunarga oid so’zlar; C. Umumxalq ishlatadigan so’zlar; D. Arxaizmlar 3. Yasama otni belgilang. A. Mana, otin ham guvoh bo’ladilar, qaytarma qilamiz; B. O’zingdan kattaga gap qaytarma; C. Tortma ichidan bir dasta oq qog’ozlarni oldi; D. A,C 4. Atoqli otlarning imlosi haqida bildirilgan qaysi hukm noto’g’ri? A. Tarixiy sanalarning nomlaridagi birinchi so’z bosh harf bilan yoziladi; B. Bayram nomlari tarkibidagi birinchi so’z bosh harf bilan yoziladi; C. Xalqaro tashkilotlar nomalari tarkibidagi birinchi so’z bosh harf bilan yoziladi; D. Suv havzalari va inshootlari nomlari tarkibidagi birinchi so’z bosh harf bilan yoziladi. 5. Qaysi qatordagi olmosh shaxsning tanholigini ta’kidlaydi? A. Hech kim, hech nima, hech qanday; B. Bu, shu, o’sha; C. Hamma, barcha, bari D. O’zim,o’zing, o’zi 6. Odatlanmoq fe’li qaysi nisbatdagi fe’l hisoblanadi? A. Majhul nisbat; B. Aniq nisbat; C. Orttirma nisbat; D. O’zlik nisbat 7. Qaysi qo’shimchalar bilan yasalgan ravishdoshlar takrorlanib qo’llanadi? A. Faqat –b(-ib); B. Faqat –a(-y); C. faqat –gach,-gani; D. –b(-ib), -a(-y) 8. Qaysi qatorda gapda fe’lning harakat nomi shakli qo’llangan? A. Ular cho’lda bog o’stirishdi, paxta ekishdi; B. Bu yerda odamlar choy ichishadi, chaqchaqlashadi, ish yuzasidan maslahat qilishadi; C. Mehmonxona yaxshi isitilgan, katta stolga dasturxon yozilgan edi; D. Gul ekib, daraxt o’stirish kishini ezgulik sari yetaklaydi. 9. Saida Zunnunova qalamiga mansub dostonlarni toping. A. “Qanot”, “Mardlik afsonasi”; B. “Qizlarjon”, “Nilufar”; C. “Sodiq a Anor”, “Surat bilan suhbat”; D. “Gulbahor”, “Gulxan” 10. Quyidagi qaysi hikoyada xushomadgo’ylik, laganbardorlik illatlari qattiq tanqid ostiga olinadi? A. “Muzqaymoq”; B. “Sobiq”; C. “O’g’ri”; D. “Qoplon”. 11. Xonning buyrug’iga ko’ra kimni 200 darra uradilar va aqldan ozganga chiqaradilar? A. Abay; B. Gulxaniy; C. Avaz O’tar; D. Muqimiy. 12. “Urush! Noming o’chsin jahonda, Hamon bitmas sen solgan alam…” satrlari qaysi she’rdan olingan? A. “Qo’lingga qurol ol” B. “Jang va qo’shiq” C. “Kurash nechun” D. “O’g’lim, sira bo’lmaydi urush” 13. Musa Jalilning dastlabki to’plami? A. “Xat tashuvchi” B. “O’rtoqqa” C. “Biz boramiz” D. “Ordenli millionerlar” 14. Zullisonayn so’zining ma’nosi? A. Fors va turk shoiri; B. Uch tilda ijod qiluvchi; C. Ikki tilda ijod qiluvchi; D. Faqat bir tilda ijod qiluvchi. 15. “Quyoshli qalam”, “Mushoira”, “Xotira siniqlari” qaysi janrda yozilgan? A. Roman; B. Hikoya; C. Poema; D. Libretto 16. Darsga kelmay qolgan Tal’at ismli bolani o’qituvchi urishgani, dadasidan qora xat kelganini bilgach, hamma yig’lagani haqida qaysi asarda lavha keltirilgan? A. O’.Hoshimov, “Urushning so’nggi qurboni”; B. O.Yoqubov, “Muzqaymoq”; C. E.Vohidov, “Nido”; D. X.To’xtaboyev, “Sariq devni minib”. 17. Muqimiyning “Sayohatnoma”sida qaysi qishloq ko’chalarini “ko’ngilni quvontiruvchi, ko’ngil oluvchi” deya ta’riflangan? A. Chimyon; B. Roshidon; C. Vodil; D. Beshariq 18. Qizning oldida bu xirs Ko’rsatib yovvoyi hirs. Ushbu she’rdagi “hirs” so’zining ma’nosi to’g’ri izohlangan qatorni toping. A. Yo’lbars; B. Nafs; C. Ayiq; D. To’ti 19. Otlashgan sifatdosh yordamida gap tuzing. 20. Fe’lning noaniq shakliga misollar keltirng. 21. Qurbon ota ikkinchi samovarga xumdan suv olib quymoqda. Ushbu gapdagi tartib sonning sintaktik vazifasi? 22. “Oltin devor” komediyasi muallifi kim? 23. Parcha, bo’lak ma’nosini bildiruvchi she’riy janr? 24. Avaz O’tar tilni qanday ta’riflaydi? 25. Ruboiy nima?
Ona tili va adabiyot fanidan test 6-sinf II variant 1.Ilm zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o’tkir qiladi. Berilgan gapda fe’l qaysi nisbat shaklida berilgan? A.aniq nisbat ; B. o’zlik nisbat ; C. orttirma nisbat ; D. majhul nisbat ; 2.Holat fe’li ishtirok etgan gapni toping . A.Olimlarning хizmati mangu qoladi; B. Ilm urug’ini soching; C.Yaхshilik insonning umrini ziyoda qiladi; D. Daraхtlarning yaproqlari oltinday sarg’aydi 3.Berilgan gapdagi sintaktik shakl yasovchi qoshimchalar qaysi so’z turkumiga qo’shilib kelgan? Donolikdan quyidagi uch fazilat kelib chiqadi: maqbur qarorga kelish, beхato so’zlash va lozim bo’lgan ishni qilish. A. ot ; B. sifat ; C. olmosh ; D. fe’l 4. Otdan yasalgan fe’llar berilgan qatorni toping. A.yaltira , sana, oqar; B. zavqlan, qisqar, tozala; C.yaqinlash, suvsa, yaltira; D.yasha, suhbatlash, tuzla 5.Qaysi qatorda qo’shma fe’l berilgan? A. sayr etmoq, olib kelmoq ; C. mehr bilan ishlamoq, zehnli bola; B. o’qib chiqmoq , ochilgan gul; D. nasihat qilmoq, sehrli olam 6. Qaysi qatordagi atoqli otlar imlo qoidasiga ko’ra yozilgan? A. Boltiqbo’yi davlatlari, Katta Farg’ona B. Kattaqo’rg’on shahri, Katta farg’ona kanali C. Kavkaz orti o’lkasi, Boltiq bo’yi davlatlari D. Ural oldi viloyatlari, Kavkazorti o’lkasi 7. Tovush almashish hodisasi yuz bergan so’zlar qatorini toping. A.sana, yasha, ata; B. susay, oyna, sana; C. qiyna, susay, ata; D.yasha,qiyna,shovulla 8. Nutqiy faoliyat fe’llari berilgan qatorni toping. A.kiyintirmoq, ko’tarmoq; C. jilmaymoq, tekislamoq; B. chaqirmoq, tushuntirmoq; D. duduqlamoq, хo’rsinmoq. 9. Qaysi o’zbek yozuvchisi Cheхovni o’ziga ustoz deb bilgan ? A. Х.To’xtaboyev; B. A. Qahhor; C. G’.G’ulom; D. Oybek. 10. “Tarixing bitmakka, xalqim, mingta……… kerak” (E. Vohidov) Nuqtalar o’rniga qaysi adib nomi bo’lishi kerak ? A.Nodira, B. Beruniy, C. Firdavsiy, D.Farg’oniy 11. Janni Rodarining “Hurishni eplolmagan kuchukcha” ertagidagi kuchukchaga birinchi bo’lib hurishni qaysi parranda yoki hayvon o’zicha o’rgatadi? A.xo’roz; B.eshak; C.kakku ; D.sigir 12.”Tengdoshlar “ qaysi adibning dastlabki yirik asari hisoblanadi ? A. E.Vohidov; B. G’.G’ulom; C. O.Yoqubov; D. Х.To’xtaboyev; 13.Qaysi hikoyada “uyquga to’ymagan ko’zlari-yu hali aniq shakl olmagan jujuq tilida onaizoriga tuni bilan xudodan shifo tilab chiquvchi begunoh go’dak” obrazi berilgan ? A. “Urushning so’nggi qurboni” ; B.” Dunyoning ishlari” ; C. ”Bemor” ; D. “Mening o’g’rigina bolam”. 14. O.Yoqubov qissalari berilgan qatorni toping. A. “Matluba” , “Tengdoshlar”; B.”Erboshiga ish tushsa”, “Adolat manzili”, C. “Muqaddas”, “Qanot juft bo’ladi” D. A va C 15. Nemis yozuvchisi Gyotening “Faust” asarini o’zbek tiliga tarjima qilgan adibni toping. A. A. Qahhor; B. E.Vohidov; C. A. Oripov; D. O.Yoqubov; 16. G’.G’ulomning quyida keltirilgan asarlaridan qay biri yorqin avtobiografik xarakterga ega ? A. “Netay” ; B. “Yodgor” ; C. “Mening o’g’rigina bolam”; D.”Tirilgan murda” 17. “Yoshlik devoni” ,“Muhabbat” , “Yurak va aql” she’riy to’plamlarining muallifi kim? A. G’.G’ulom; B. A. Qahhor; C. E.Vohidov; D. Turob To’la. 18. Kampir Tolibjonni bag’ridan bo’shatib, hovli tomon qichqirdi: -Nima qilib turibsizlar , ayangni chaqirmaysanlarmi? Dadalaringga xabar qilmaysanlarmi ? Yugur, pochchangga chop, tog’am keldi, deb ayt. Berilgan matnda nechta shaxs oti bor va ular qanday sintaktik vazifani bajargan ? A. 6 ta; ega, hol, to’ldiruvchi B. 4 ta ; to’ldiruvchi C.5 ta ; ega va to’ldiruvchi D.6 ta ; ega va to’ldiruvchi 19.”Tortiq” hikoyalar to’plami muallifi kim? 20. Abulqosim Bobur zamonida G’iyosiddin Kichkina qaysi shahar hokimi edi? 21. O’timli fe’l ishtirok etgan gap tuzing ? 22. Quyidagi gapda qaysi so’z turkumi yasalgan ? Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo’lar chiroyli. 23.Fe’llarning munosabat shakllariga nimalar kiradi? 24. “Odamlarga faqat she’ring emas, o’zing ham kerakligingni sezish-bu katta baxt”. Ushbu so’zlar muallifi kim ? 25.”Men 1907-yil kuzda chorshanba kuni 17-sentabrda Qo’qonning Ko’mir bozori mahallasida tug’ilganman.” Ushbu parcha qaysi ijodkorning tarjimai holidan olingan? 6-sinf uchun diktant matni Bahorning oq marvaridlari Onajonim tabiat… Bugun bu so’zni qandaydir alam, sog’inch bilan ham aytamiz.Urushdan keyingi yillar. Non ham, mehr ham ko’zga to’tiyo payt. Chunki urush azobi, yig’-sig’i, otasizlik yelkamizdan bosib turardi.Katta-yu kichik karaxt. Bu alamlar ustiga o’sha yillari qish degani juda qattiq kelardi. Ko’zimiz oftobda. Qatlam-qatlam qor erishida. Bahorni shunchalik orziqib kutardikki… Kunlarning bag’ri ilib, ariq bo’ylarida nish urgan maysani ko’rib, quvonardik. Chuchmoma, yalpizni ko’zimizga surtib, “bahor kelibdi,bahor kelibdi” deb shatoloq otib, tengdoshlarimizga xabar berardik. Yon-atrofga jar solardik. Shundan so’ng qari-yosh ko’ribsizki, yalpiz, ismaloq, otquloq tergani ariq yoqalari, bedazorlar sari yurardi. Chamamda, shu ko’katlar uylardan chaqirib olardi. Ko’p o’tmay tut tanasiga, shoxlariga nomlari turli-tuman qushlar qatori sassiqpopishak,qizilishton kelib qo’nardi. Ana endi uning “tut pish,tut pish” degan sayrog’I butun dalani tutib ketardi. ( 121 so’z) 6-sinf uchun diktant matni Foydali fazilat va yaramas odat Odamdagi eng ulug’ fazilat ezgu qiliq va go’zal xulqdir. Ikkinchisi rostlik, uchinchisi hayo hisoblanadi. Mana shu uch fazilat birlashsa, kishi baxtiyor bo’ladi. Qut-iqbol uning huzuriga bosh urib keladi. Chunki kimning xulqi go’zal bo’lsa, uni barcha xalq sevadi. Xulqi soz bo’lgan odamga doinmo to’rdan joy tegadi. Hayo yaramas ishlardan tiyadi. Hayosizlik aslida juda yomon dard, bori turgan balodir. Rostgo’ylik, hay ova xushxulq birlashgan joyda baxtiyorlik bo’ladi. Kishiga naf bermaydigan odatlar ham uch xil bo’ladi. Ularning dastlabkisi ojar va fe’li yomon kishilardir. Keyingisi yolg’on to’qiydiganlar va nihoyat, oxirgisi baxil hamda pastkash kishilardir. Kimning fe’li yomon bo’lsa, uning omadi kelgan chog’da ham ishlari chappa bo’lib ketaveradi. Ko’ngil va tilni tog’ri tutsang, sening rizqing hech qachon ozaymaydi. (120 so’z) Download 58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling