Mavzu: Gulxaniy ijodi. Abdulla Avloniy ijodi


Download 60.5 Kb.
Sana07.04.2023
Hajmi60.5 Kb.
#1339511
Bog'liq
ПРЕДЛАГАЕМЫЕ НО-WPS Office

Mavzu: Gulxaniy ijodi. Abdulla Avloniy ijodi.


Reja.
1.Gulxaniyning qisqacha tarjimai holi
2. Zarbulmasal haqida
3. Abdulla Avloniy hayoti va ijodi.
4. Abdulla Avloniyning pedagogik faoliyati.
5. Abdulla Avloniyning tarbiyaga oid hikmatlarining bugungi kundagi ahamiyati.
O’zbek mumtoz shoiri, masalnavis Muhammadsharif Gulxaniy taxminan 18-asrning oxirida
Qo’qonda tavallud topgan. Hayoti va ijodi haqida “ Majmuai shoiron” (Fazliy Namangoniy),
“Tuhfat ul-axbob” “ Sabot ul- bashar va tarixiy muhojiron” (Dilshod Otin) kabi asarlarda
ayrim ma’lumotlar keltirilgan. Fazliy Gulxaniyning Ko’histon mulkidan ekanligini takinlasa,
Bozeh uni Namanganlik,deydi. Gulxaniy Namangan va Qo’qonda yashagan, oz vaqt
hammomda o’t yoquvchi – g’o’lax vazifasida ishlagan. Qo’qon xoni Amir Olimxon navkarlari safida xizmatda bo’lgan. Mustaqil mutolaa yo’li bilan mumtoz adabiyotni o’rgangan. Olimxon
vafotidan so’ng taxtga o’tirgan Amir Umarxon Gulxaniyni saroy shoirlari davrasiga jalb
etgan. Shoir xonni maqtagan, uning g’azallariga naziralar bitgan. Umarxon vafotidan so’ng vataniga qaytib, ko’proq oddiy insonlarga manzur bo’luvchi she’rlar yoza boshladi. O’tli hajvlar
yaratdi. Gulxaniy o’zbek va tojik tillarda ijod qilgan. Bizgacha bir necha g’azali hajviyalari
hamda “Zarbulmasal” (Yapaloqqush) nasriy asari yetib kelgan g’azallarda lirik qahramonning
ruhiy kechinmalari bahor, real hayotiy manzaralar o’z ifodasini topgan. (Barmog’im, Ey to’ti,
Lola ko’ksidek bag’rim) “ Bideh” radifli g’azalida shoir navkarlik davridagi hayotini ta’svirladan.Bu g’azalga chuqurroq nazar tashlansa,muallif katta ishtimoiy masala –o’z davrining harbiy tartibi, rasm –rusumlari haqida fikr yuritganligini kuzatish mumkin. G’azalida lirik
qahromonning obrazi umumlashma obraz darajasiga ko’tarilgan. Gulxaniy o’zining zo’r istedodi,tajribasi, turmushga haqqoniy qaray bilishi tufayli xaqchil ijodkor sifatida ko’ringan.
Shoirning bizga ma’lum g’azallarining ayrimlari Amiriy sh’erlariga nazira tarzida yaratilgan bo’lib, ular oddiy taqlidchilik doirasida qolmay,barkamol mustaqil badiiy asar darajasiga ko`tarilgan. Gulxaniyning she’riy ijodi, garchand, hajman katta bo’lmasada, 19- asr o’zbek milliy adaboyiti rivojiga samarali ta’sir ko’rsatdi.1822-yilda Gulxaniy mashhur “Zarbulmasal” asarini yozadi.Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari majoziy timsollar Yapaloqqush va Boyo`g`li o`rtasidagi qudachilik mojarolari orqali turli toifadagi, har xil fe`l-atvordagi tabaqalar, kishilar
munosabatini,mamlakatdagi vayronagarchilikni tasvirlaydi.“Zarbulmasal”da qushlar
o`zaro masal, maqol, matal va hikmatli so`zlarni keltirish orqali mavjud haqiqatni ifodalaydi.Mazkur asar 1980-yilda alohida kitob holida nashr etildi. “Zarbulmasal” xalq og`zaki ijodi durdonalari-maqol, masal va hikmatli so`zlar asosida yaratilgan. Asarning maroqli syujetini tashkil etgan qoliplovchi hikoya xalq ertaklariga o`xshab ketadi. Undagi Yapaloqqush hikoyasiga bir necha mustaqil syujetli masala qoliplash yo`li bilan bog`lanib keladi. Gulxaniy Yapaloqqush bilan Boyo`g`lining bir-biriga quad bo`lish voqeasini bayon qilish orqali o`sha zamon uchun xarakterli voqea-hodisalarni va ularga o`z munosabatini aks ettiradi. Yozuvchi asardagi Yapaloqqush, Boyo`g`li, Ko`rqkush, Hudhud, Kulonkirsulton, Sho`ranul va Kordonlarning bir-biriga aytgan masalalari,maqollari, hikoyalari orqali asarning g`oyaviy mazmunini ochadi. “Zarbulmasal” ning personajlari, asosan, qushlarning
kinoyaviy-allegorik obrazlaridan iboratdir.O`z davr voqealarini majoziy usulda badiiy ioda etgan axloqiy-pandnoma va tanqidiy-hajviy yo`nalishdagi “Zarbulmasal” asari Gulxaniyga favqulodda shuhrat keltirdi. Unda ijtimoiy hayot muammolari, turli toifadagi odamlar o`rtasidagi munosabatlar, xalq turmush tarzi va udumlari haqida majoziy uslubda so`z yuritiladi.
Insonga xos xususiyatlar boshqa jonli va jonsiz narsalarga ko`chirib tasvirlansa, majoziy asar deyiladi. Gulxaniy ham, qizim, senga aytaman, kelinim, sen eshit qabilida qushlar misolida o`z davri voqeligi manzaralarini tasvirlaydi. Toju taxt talashlari, mamlakat urushlar natijasida yurt vayron, xalq xarob bo`lgan. Buxoro va Qo`qon xonliklari o`rtasidagi munosabat yomon bo`lib, ular o`zaro urishib yurganlari uchun ham asarda Buxoro go`yoki vayronalarga boy muzofot singari tasvirlansa-da, Qo`qon ham undan obod emas edi.
Adib aytmoqchi, xonning atrofini Boyo`g`li, Yapaloqqush,Ko`rqush,Kordon,Kulonkir sulton kabi yomon odamlar o`rab olgan. “Holo, bu turg`onlaring navola do`stlari,piyola hariflari, taom emakka hozir,maslahatga aqli qosir”. Bu ketishda mamlakat vayronaga, shoh uning ustidagi Boyo`g`liga aylanib qolishi hech gap emas. Gulxaniyning yirtqich va asosan, tunda ov qiladigan qushlarni o`z asariga qahramon qilib olishida nozik ishora mavjud. Shuning Ko`rqush tilidan
nasihat qiladi: “Ulug`ni borgohinda xiradmandi donish va aqli xiradi bohush har qancha ko`b bo`lsa ham, oz bo`lur. Xususan,podshohi odilg`a uch toifadin guzir yo`qdur: avval, odamni boamalki,podshohning oxiratlik asbobini tarabdudida bo`lsa. Ikkinchi vaziri sohibi ra`ykim, podshohning dunyolik yarog`ini tarabdudida bo`lsa.
Uchinchi, munshiyi rostnavis, qalamzanu nigohdoru shamshirzan bo`lsa”. “Zarbulmasal” arabcha “zarb” va “masal” so`zlarining qo`shilishidan hosil bo`lgan bo`lib, «masallar yig`indisi» ma`nosini beradi. Masal so`zi o`tmishda biz hozir qo`llaydigan maqol ma`nosida ishlatilgan. Zarbulmasal so`zga maqol qo`shib gapirish,o`xshashi va dalilini keltirish ma`nolarini ham anglatadi. Zarbulmasal bo`lish – el og`ziga tushish, afsona bo`lish, mashhur bo`lish ma`nolarida ham keladi. Ma`lum bo`ladiki, Gulxaniy o`z davri va zamondoshlarini asarda zarbulmasal qilgan.
Asar qahramonlari o`z nutqlarida vaziyatga mos ko`plab maqollarni keltiradilar, to`g`rirog`i, maqollar yordamida gapiradilar.Shu bilan birga, ular bir-birlariga turli masala va hikoyatlarni aytib beradilar. “Zarbulmasal” da 400 ga yaqin maqol, matal, naql va 15 dan ortiq katta-kichik masal va hikoyat mavjud. Bu muallifning xalq hayoti, turmush tarzi, an`ana va marosimlari, og`zaki va yozma adabiyotni chuqur bilganligidan dalolat beradi.
Abdulla Avloniy Atoqli ma’rifatparvar, iste’dodli shoir va pedagog Abdulla Avloniy 1878 yil 12 iyulda Toshkentda kosib oilasida dunyoga kelgan va eski maktabda ta’lim olgan. U tarjimai holida bu haqda shunday yozgan: «12 yoshimdan O‘qchi mahallasidagi madrasada dars o‘qiy boshladim. 13 yoshimdan boshlab yoz kunlari mardikor ishlab, oilamga yordam qilib, qish kunlari o‘qir edim. 14 yoshimdan boshlab, o‘sha zamonga muvofiq har xil she’rlar yoza boshladim. Bu zamonlarda «Tarjumon» gazetasini o‘qib, zamondan xabardor bo‘ldim».
Avloniy madrasani bitirib, maktabdorlik bilan shug‘ullandi. O‘qish va o‘qitish usuliga isloh kiritib, yangi tipdagi maktab tashkil etdi va yosh pedagog-o‘quvchilarga zamonaviy bilimlar berish, Sharq va G‘arb tillarini o‘rgatish kabi muhim ta’lim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirdi Abdulla Avloniy maktab o‘quvchilari uchun «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» (1912), «Tarix», «Turkiy Guliston yoki axloq» (1913) kabi zamonasi uchun hodisa bo‘lgan darsliklarni yozgan. 1895 yildan ijodiy faoliyati boshlangan Avloniy «Qobil», «Shuhrat», «Hijron», «Avloniy», «Surayyo», «Abulfayz», «Indamas» taxalluslari bilan she’r, hikoya, feleton va kichik hajmli dramatik asarlar yaratgan. Shoir o‘z asarlarida zamonasidagi qoloqlikni,johillikni tanqid qiladi va kishilarni bilimga, ma’rifatga chaqiradi.
Abdulla Avloniy 1917 yilgacha mahalliy xalq orasidan yetishib chiqqan noshir va journalist sifatida Toshkentda «Shuhrat», «Osiyo» kabi gazetalarni tashkil etadi. U «Advokatlik osonmi?», «Ikki muhabbat», «To‘y», «S’ezd», «Layli va Majnun», «O‘liklar» kabi dramatic asarlarni yozib, ularda jaholat, bid’at, bilimsizlikning fojeali oqibatlarini, qo‘pol va yaramas urf-odatlarni fosh etadi. Abdulla Avloniy shoir sifatida ko‘plab she’rlar bitgan. Uning she’rlari xoh eski urf-odatlarga qarshi qaratilgan bo‘ladimi, xoh muhabbat yoki maktab-maorif haqida bo‘ladimi, hamma-hammasida inson, uning axloqiy go‘zalligi va ma’naviy boyligi kuylanadi
Jumladan, «O‘z mamlakatimizda» she’rida maishat uchun pul-boylikni mo‘l-ko‘l isrof etgan, ammo bola tarbiyasi uchun sariq chaqani ravo ko‘rmagan xasislarni «Ilm uchun pulni ko‘zlari qiymas», deb qoralaydi. Ayniqsa, uning «Adabiyot» (1915) kitobi bu jihatdan alohida ajralib turadi. Avloniy 1913 yili «Turon» teatr truppasini tashkil etdi va shu teatr uchun original sahna sarlarini yaratish bilan birga qardosh dramaturglarning pesalarini o‘zbek tiliga tarjima ham qildi. Abdulla Avloniy 20-yillarda o‘zbek xalqi maorifi va madaniyati taraqqiyotida ishtirok etibgina qolmay, qo‘shni afg‘on xalqining ijtimoiy-siyosiy hayotida ham muayyan rol o‘ynagan. U ma’lum muddat Afg‘oniston xalq maorifi vaziri, so‘ng Sho‘rolar Ittifoqining Afg‘onistondagi konsul-elchisi vazifalarida xizmat qilgan.Avloniy umrining so‘nggi yillarida O‘rta Osiyo Kommunistik universitetida dars berish bilan birga o‘zbek adabiyotidan qator darsliklarni yaratgan. U 1934 yil 24 avgustda 56 yoshida vafot etgan.Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlari bugungi kunda o`zbek milliy maktabini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Avloniy ijodiy merosini chuqur o`rganishga qiziqish ortib bormoqda.U insonga xos xulqni ikkiga – yaxshi va yomonga ajrata-di. “Yaxshi xulqlar” deb nomlangan birinchi qismida u 31 fa-zilat, “Yomon xulqlar” deb atalgan ikkinchi qismda esa 20 il-latga ta`rif beradi. O`z mulohazalarini dalillash uchun Qur-`on oyatlari va hadislardan, shuningdek,Arastu, Suqrot, Ibn Sino, Sa`diy, Mirzo Bedil singari mashhur mutafak-kirlarning fikrlarini keltiradi. Har bir axloqiy katego-riyaga o`z munosabatini bildirgach, o`sha fikrning mazmunini ifodalovchi bayt yo biror maqol-hikmat ilova qiladi.Avloniy “axloq ulamosi”ning qarashlari asosida insonlarning xulqlarini yaxshi va yomon xulqlarga ajratadi, bunga ularning nafs tarbiyasini asos qilib oladi. U yaxshi xulqlarga fatonat,nazofat, shijoat, intizom, vijdon, vatanni suymak kabi fazilatlarni kiritsa, g`azab, shahvat,jaholat, safohat kabi illatlarni yomon xulqning belgilari deb biladi.
Avloniyning ma`rifatparvarlik va milliy uyg`onish g`oyalarini kuylagan dastlabki she`rlari o`zbek milliy uyg`onish davri adabiyotining hamisha bebaho mulki bo`lib qoladi. U bu turkumga mansub she`rlarida o`zbek mumtoz adabiyotidagi she`riy shakllarni katta ijtimoiy mazmun, ma`rifatparvar-lik g`oyalari, hajviy ruh va xalqona ohanglar bilan boyitdi.Abdulla Avloniy bolalar uchun ham bir qancha she`r va masallar yozgan. Shoir bu asarlarida maktab yoshidagi bolalarning fikr doirasini kengaytirish, ularda maktab va kitobga, mehnatga,tabiatga, Vatanga muhabbat uyg`otishni maqsad qilib qo`ygan. Uning ko`pgina she`rlari zamirida Vatanni sevish g`oyasi yotadi. SHoir bu she`rlarida Vatanni sodda va samimiy misralarda tasvirlaganki, faqat o`sha 10-yillarning o`rtalaridagina emas, balki bugungi maktab yoshidagi bolalar ham ulardan katta estetik zavq olishlari mumkin. Darhaqiqat, shoir Vatan ta`rifini boshlab, “Tog`laridan konlar chiqar, Erlaridan donlar chiqar… Havosi o`ta yoqumlik cho`llari bor toshlik, qumlik, Toshkand emas, toshqand erur, Kesaklari gulqand erur”, deya bolalarda ona diyorga katta mehr uyg`otishga erishadи.Ma`rifatchilik va ijtimoiy mavzu Avloniy she`riya-tida markaziy o`rin egallaydi. shoir ilm-fanning fazilat-larini zavq bilan kuylaydi. “Maktab”, “maorif”, “ilm”, “fan” kabi tushunchalar shoir she`rlarida ezgulikning betim-sol ramzi, obrazi darajasiga ko`tariladi, “jaholat” va “nodon-lik” esa zulmat va yovuzlik timsoli sifatida talqin qilinadi.
Abdulla Avloniyning “Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom” asari ham mavjud. Ushbu asarboshlang`iч maktablarning o`quvchilariga mo`ljallangan. Bu asar birinchi marta 1910 yilda Munavvarqori tomonidan Toshkentda Il’in bosmaxonasida bosilgan. Mustaqillik yillarida esa
Zokirxon Afzalov shokirxon o`g`li tomonidan 1994 yilda “Fan” nashriyotida chop etilgan.Risolada Odam alayhissa-lomdan Muhammad alayhissalomgacha o`tgan payg`ambarlarning qissalari va zuhuri islom zikr etilgan.Islom tarixi fanida payg`ambarlar tarixi, payg`am-barimiz Muhammad alayhissalomning hayotlari va Islom dini tarixi, shuningdek, ilk xalifalik davri tarixi uch bosqichda o`rganiladi.
Test savollari
1.Gulxaniy qaysi asrlarda yashab ijod etgan?
a) XIXasr oxiri XX asr boshlarida
b)XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida*
c)XVII asrda
2. “Zarbulmasal” qanday yo‘sinda yozilgan?
a) hikoya ichida hikoya
b) hikoya ichida matal
c) masal ichida masal*
3.Odamning jansida yo'q qissasi
Qoldi aning dumchasining hissasi. Baytlari qaysi masaldan olingan?
a)Tuya bilan bo'taloq
b)Maymun bilan Najjor*
c) Toshbaqa bilan chayon
4.Gulxaniyning “Toshbaqa bilan Chayon” masali nima haqida?
a)Ahillik haqida
b)Hayotda hushyor bo‘lish kerakligi haqida
c). Do‘st tanlashda adashmaslik kerakligi haqida*
5. “Zarbulmasal”da “yomon otga yo‘l bitsa, yonida to‘siq boylamas, yomon yerga mol bitsa,
yoniga qushni qo‘ndirmas” maqolini qaysi qush tomonidan aytilgan?
a) Boyo‘g‘li
b) Yapaloqqush*
c) Turumtoy
6. Gulxaniy xon saroyida qanday martabada faoliyat ko‘rsatgan?
a) miroblik
b) hattotlik
c)sipohiylik*
7. Qaysi asarda 400 ga yaqin maqol, matal, naql va 15 dan ortiq katta- kichik masal va
hikoyatdan iborat asar berilgan qatorni aniqlang.
a) “Hapalak”
b) “Zarbulmasal”, “Silsilat uz- zahab”
c) “Yapaloqqush hikoyasi”*
8. “Zarbulmasal”dagi badiiy obrazlar necha qismga bo‘lingan?
a) 4*
b) 5
c) 3
9. Gulxaniydan bizgacha yetib kelgan ilmiy meros qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
a) qasida, doston, “Zarbulmasal”
b) ruboiy, qasida, “Zarbulmasal”
c) 12 ta g‘azal, qasida, “Zarbulmasal”*
10. Gulxaniy qaysi tillarda ijod qilgan?
a) arab, fors- tojik
b) fors- tojik, o‘zbek*
c) arab, o‘zbek
Blits savollar:
1.Gulxaniyning toliq ismi sharifi nima?
J. Muhammad Sharif
2. Navkarning ochlikdan o'z xo'jayinidan non sorashi qalb a'lamlari bitilgan gazali qaysi?
J: Ber menga
3.Gulxaniy kimning saroyida bir necha yil qahramonlik ko'rsatgan?
J:Qo'qon xoni Olimxon saroyida
4.Gulxaniyning "Zarbulmasal" asaridaqaysi qushlarning bir-biri bilan quda bolishi yoziladi?
J: Yapaloqqush va Boyo'g'li
5. Yapaloqqush va Boyo'g'li obrazi misolida qanday odamlarni tasvirlaydi?
J:Yuqori tabaqa vakillari bo'lib, yolg'onchi, ochko'z va qonxo'r bor'i, aldamchi va shayton
tulkilarga o'xshash.
6.Qo'lidan kelmagan ishga aralashmaslik, ko'r ko'rona birovga taqlid qilmaslik haqidagi
masali qaysi?
J:Maymun bilan Najjor
7.Ona sutiga ham to’yolmay, og’ir mashaqqatli hayot kechirgan,och-yalang’ochlikda, muhtojlikda yashagan erksiz mehnatkash bolalarning timsoli qaysi masal orqali yoritilgan?
J: Tuya bilan bo'taloq
8. Bir- biriga zid va qarama-qarshi ikki timsol berilgan, yaxshilikka yomonlik qaytaradigan
obraz qaysi masalda berilgan?
J:Toshbaqa va chayon
9.Gulxaniy taxallusining ma'nosi bu-
J: Jo'shqin, Olov qalbli
10."Zarbulmasal" asari kimning topshirigi bilan yozilgan?
J: Umarxonning.

.
Download 60.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling