46Ozuqa zaxiralarimizning hammasi ertaga bitadi. Ushbu gapda
Download 28.86 Kb.
|
14 02 2021 1 гую
46Ozuqa zaxiralarimizning hammasi ertaga bitadi. Ushbu gapda bitmoq so‘zi qaysi ma’noda qo‘llangan? A)tugamoq, tamom bo‘lmoq B)yozuv orqali ifodalamoq C)o‘sib-unmoq D)et unib, birikib tuzalmoq Qaysi javobdagi asar Alisher Navoiy qalamiga mansub? A) “Mezon ul-avzon” B) “Gulshani davlat” C) “Saodat ul-iqbol” D) “Mubayyin al-zakot” 48 "O‘tkan kunlar" romanida Kumushga soxta taloq xatini olib borgan qahramon ismini toping. A) To‘ybeka B) Homid C) Sodiq D) Jannat 49 Tobe qismi sodda yasama fe’l bilan ifodalangan otli birikma qatnashgan gapni aniqlang. A)Uning qo‘ng‘iroq sochlariga tegishib o‘tgan o‘ynoqi shabada husniga husn qo‘shar edi. B)Mashhur shoirlarimizning hayoti va ijodini o‘rganish asosiy vazifamizdir. C)Sportchimiz og‘ir jarohatlangani tufayli keyingi musobaqalarga kela olmadi. D)Dalada rohatlanayotgan bolakaylarga havas bilan boqdi. 50 Bu asarda 400 ga yaqin maqol, matal, naql va 15 dan ortiq katta-kichik masal va hikoyat mavjud. Bu muallifning xalq hayoti, turmush tarzi, an’ana va marosimlari, og‘zaki va yozma adabiyotini chuqur bilganidan dalolat beradi. Ushbu ma’lumot qaysi asar haqida? A)“Zarbulmasal” (Gulxaniy) B)“Hayrat ul-abror” (Navoiy) C)“Qisasi Rabg‘uziy” (Rabg‘uziy) D)“Qutadg‘u bilig” (Yusuf Xos Hojib) 51 Qaysi qatorda Abayning dostonlari berilgan? A)"Iskandar", "Mas’ud", "Azim rivoyati" B)"Boy bolasi bilan kambag‘al bolasi", "Nasihatlar", "Maxzan ul-asror" C)"Matla’ ul-anvor", "O‘lan", "Nasihatlar" D)"Sho‘rlik qozog‘im", "Ilm o‘rgan", "Salomon va Absol" 52 Kampirning “o‘lsam merosxo‘rim deb” yurgan, tutingan o‘g‘li podshoga bandi bo‘ladi. Kampirning avvalgi alamlaridan bunisi ortiqroq bo‘ladi. U tutingan o‘g‘lini qutqarish uchun astoydil harakat qiladi. Kampir yig‘lab-emranib Aynoq kalning oldiga boradi. Ushbu parchada qaysi doston voqeasi bayoni berilgan? A) “Alpomish” B) “Kuntug‘mish” C) “Oygul bilan Baxtiyor” D) “Ravshan” 53. Qaysi javobda asosi omonim bo‘lgan yasama so‘z berilgan? A) tomizmoq B) oqimtir C) yashirin D) bo‘ydor 54 Qaysi gapda tire tinish belgisini tushirib qoldirish bilan bog‘liq xatolik kuzatilmaydi? A)Tinchlik farovon hayot manbayi. B)Shuni bilingki, mehmondo‘stlik o‘zbek xalqining ezgu fazilati. C)Tilga ixtiyorsiz elga e’tiborsiz. D)Bildi ota foydasizdir kurashmoq. 55 Qaysi gapda fe’ldan yasalgan sifat bilan ifodalangan sifatlovchi aniqlovchi qatnashgan? A)U beg‘ubor yaylov havosida ulg‘aygan kamgap, lekin qaysargina bir bola edi. B)Og‘ir jarohat tufayli qiynalayotgan yigitga doktor tezda yordam ko‘rsatdi. C)Derazaning ochiq tabaqasidan mayin shamol kirib turardi. D)Shogirdim Aminjon, o‘zi yosh bo‘lsa ham, juda pishiq, og‘ir, g‘ayratli. 56 Qaysi javobdagi baytda tazod san’atidan foydalanilmagan? A)Bu kun, ey do‘stlar, farzandi jononimni sog‘indim, Gado bo‘lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog‘indim. B)Fasli navbahor o‘ldi ketibon zimistonlar, Do‘stlar, g‘animatdur, sayr eting gulistonlar. C)Orzu qildim: "Tutarmen", - deb visoli domanin, Pora bo‘ldi hajr ilgida giribon oqibat. D)Mumkin o‘lsa ko‘rmog‘im, ey sarvi ra’no, surating, Aylasa chashmim aro mardum kabi jo surating. 57, Qaysi javobda ma’noli qismlari asos + lug‘aviy shakl yasovchi + so‘z yasovchi + sintaktik shakl yasovchi tartibida joylashgan ot turkumiga oid so‘z qatnashgan? A)Ko‘z-ko‘z qilma, ko‘z tegar, Maqtanchoqqa so‘z tegar. B)Qishloqdagi do‘konlarda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va hattoki yoqilg‘i sotiladi. C)Qizg‘anchiqdan sen saxovat kutma. D)Abbos, parta ustidagi o‘chirg‘ichni menga uzatib yuborgin. 58. U Farg‘ona shahrida temiryo‘lchi oilasida dunyoga keldi. Oilada uchinchi farzand bo‘lgan . . . endigina 11 yoshga to‘lganida otasi vafot etadi. O‘n ikki yetim bolani boqib katta qilish oson ish emas edi. . . . balog‘at yoshiga yetguncha bolalar uyida tarbiya topadi, o‘qiydi. U Toshkentga kelib, jurnalistlar tayyorlaydigan kurslarga o‘qishga kiradi, gazeta tahririyatida ishlaydi. Ushbu parchada qaysi ijodkor haqida ma’lumot berilgan? A) Erkin Vohidov B) Abdulla Qahhor C) Turob To‘la D) Asqad Muxtor 59 “Mutafakkir adib saxovat va himmatni insoniyat bog‘ining hosildor daraxti, u daraxtning foydali mevasi deb ataydi. Asarda oliyhimmat kishilarni balandparvoz lochinga, behimmat kimsalarni esa sichqon ovlovchi kalxatga o‘xshatadi”. Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida? A) Gulxaniy B) Alisher Navoiy C) Yusuf Xos Hojib D) Abay 60. Quyida berilganlardan qaysilari modal so‘z hisoblanadi? 1) xullas; 2) faqat; 3) darhaqiqat; 4) xayriyat; 5) chunki; 6) biroq. A) 3, 4, 5, 6 B) 1, 3, 4 C) 1, 2, 4, 5 D) 2, 3, 6 61. Qaysi javobdagi ma’lumot “Muzqaymoq” hikoyasi haqida emas? A)Hikoyada Egamberdi Yoqubovning oilasiga SAKUda birga o‘qigan o‘rtoqlari mehmonga kelishi tasviri uchraydi. B)Hikoyada do‘stining handalak yeb turganini ko‘rgan bola otasidan handalak olib berishini iltimos qiladi. C)Hikoyada shahar komsomol qo‘mitasining kotibi bolani “Ha, qashqirdan tug‘ilgan qashqircha!” deb haqoratlaydi. D)Hikoyada tintuv o‘tkazayotgan kapitanlardan biri bolani Pavlik Morozovga o‘xshatadi. Download 28.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling