Kiyim, kiyim-kechak deb badanni yopib turuvchi har qanday mato parchasiga aytiladi. Kiyimlar tikiladi, toʻqiladi, yoki boshqa usullar bilan tayyorlanadi
Download 61.96 Kb.
|
referat - kiyim tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BADIY AKADEMIYASI KAMOLIDDIN BEXZOD NOMLI RASSOMLIK VA DIZAYN INSTITUTI MUSTAQIL ISH Mavzu: KIYIM TARIXI Bajardi: Xusanova Dilobor
KIYIM Kiyim, kiyim-kechak deb badanni yopib turuvchi har qanday mato parchasiga aytiladi. Kiyimlar tikiladi, toʻqiladi, yoki boshqa usullar bilan tayyorlanadi. Kiyim kiyishdan maqsad avvalo tanani atrof-muhit taʼsiri: issiq-sovuq, shamol, chang-toʻzon, quyosh nurlari, yogʻin va hokazodan asrashdir. Bundan tashqari kiyim ijtimoiy sabablarga koʻra ham kiyiladi (jinsiy aʼzolarni berkitish uchun). Xuddi shu ijtimoiy va psixologik sabablarga koʻra kiyim-kechak koʻrimli, chiroyli qilib tayyorlanadi (masalan, boshqa odamlarni jalb qilish, ularga yoqish uchun). Kiyim — inson tanasini tashqi muhit (iqlim, ob-havo oʻzgarishlari, quyosh nuri va b.) taʼsiri va turli mexaniq taʼsirlardan asraydigan vositalar toʻplami; estetik vazifani bajaradi hamda jins, yosh, milliylik va b. xususiyatlarni oʻzida aks ettiradi. Keng maʼnoda "K." tushunchasi bosh K.lar, oyoq K.lar (poyabzal), qoʻlqop va b.ni ham oʻz ichiga oladi. K. turiga koʻra — ichki K., ustki K., bosh K.lar, oyoq K.lar (poyabzal); vazifasiga koʻra— kundalik, uyda, dam olish paytida, bayram va toʻy marosimlarida kiyiladigan (kishilik) K.lar, ish K. (jomakor), sport K., rasmiy K. (forma)lar, maxsus K.larga boʻlinadi; ayollar, erkaklar va bolalar K.lariga ajratiladi. Kundalik K., odatda, xalqning madaniyati, kishining didiga mos boʻlib, turli modada, turli xil matolardan tikiladi; unda kasb, etnik va ijtimoiy guruhga mansublik oʻz ifodasini topadi. Dam olish paytida kiyiladigan K. yumshoq va mayin matodan, erkin harakat uchun qulay qilib tikiladi. Bayram, marosim (kishilik) K.lari milliy uslubda, qimmatbaho matolardan tayyorlanadi, turli bezaklar (kashta, munchoq va b.) bilan boyitiladi. Ish K.i (jomakor) oddiy matolardan mehnat jarayoniga mos qilib tikiladi (mas, oʻt oʻchiruvchining ish K.i oʻtga chidamli brezentdan, baliqchilarning K.i suv oʻtkazmaydigan matodan tikiladi, traktorchining ish K.i kombinezondan, tibbiyot xodimi, sartarosh, oshpazlarning ish K.i asosan, oq xalatdan iborat va h.k.). Sport K. jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish uchun qulay qilib tikiladi. Rasmiy K. (forma) harbiy K., matros, militsioner, aloqachi va rasmiy kishilar (prokuror va b.)ning maxsus nizomda belgilangan K.lari. Maxsus K. homilador ayollar, bemorlar va b. kiyadigan K.lar. Bolalar K . i rang-barang pishiq matodan qulay qilib tikiladi, ular turli qoʻshimchalar bilan uqa, jiyak, kashta tikib, quroq usulida bezatiladi. K. ixcham, iqlim va faslga, jins, yoshga moslashtirilgan, eng muhimi qulay boʻlishi, kishiga yarashib turishi lozim. K.ni bichish va tikish katta sanʼat. K. tikish uchun oldin tabiiy (paxta, jun, jut, ipak) yoki sunʼiy (sintetik) matolardan tanlanadi, tikuvchilar uyda, atelyelar va f-kalarda K. tikishadi. Buning uchun avval matoni bichib olish kerak. Bu ishni bichiqchi bajaradi. Oʻnga modelyer rassom K. rasmi (modeli)ni chizib beradi. Xullas K. bitib magazinga tushguncha bir necha kishi mehnat qiladi. Yengil sanoat, xususan, toʻqimachilik sanoatining jadal rivojlanishi kishilar didining tinimsiz oʻsib borishi, xalqlar orasidagi aloqalarning kuchayishi K. modasining tez-tez oʻzgarib turishiga olib keladi; hayot ham shuni taqozo qiladi. Ayniqsa, ayollar K.lari modasi tez-tez oʻzgarib turadi. Hozir K. inson tanasini tashqi taʼsirlardan asraydigan vosita boʻlish bilan birga oʻziga va atrofdagilarga estetik zavq bagʻishlaydigan badiiy sanʼat asariga ham aylanib bormokda. K. tikishda turli-tuman bezak materiallardan, kashtalardan foydalaniladi. K. inson yaratgan turar joy kabi eng qad. ixtirolardan; soʻnggi paleolit davridayoq mavjud boʻlgan K. geografik muhit, xoʻjalik shakli, ijtimoiy munosabatlar, madaniyat, etnik qatlamlar va b.ga bogʻliq holda taraqqiy etgan. Paleolit davri yodgorliklari orasida terini ishlaydigan tosh va tikadigan suyak ignalar topilgan. K. uchun matodan tashqari barglar, oʻtlar, daraxt poʻstloqlari ham xom ashyo vazifasini oʻtagan. Ibtidoiy odamlar hay-von terilari, daraxt poʻstloklari va barglarini suyak va hayvon shoxidan ishlangan "ignalar" bilan shunchaki chatib, badanlariga "ilib" olishgan. Neolit davrida ip yigirish va mato toʻqish sanʼatini oʻzlashtirgan inson K.tikishda dastlab yovvoyi oʻsimlik tolalaridan foydalangan, chorvachilik va dehqonchilikning rivojlanishi mato tayyorlash uchun uy hayvonlarining juni va madaniy oʻsimliklarning tolalaridan foydalanish imkonini berdi. Barcha K. turlari 2 boshlangʻich koʻrinishdan — yelkaga tashlab qoʻyiladigan teri, oʻt, barg va parlardan toʻqilgan yopqich va bel(boksa) bogʻlamlari (belbogʻ) dan rivojlanib shakllangan. Keyinchalik yopqichlar yopinchiq(plashch), koʻylak, kaftan kabi, bel bogʻlamlari ishton, yubka, fartuk kabi turli xil shakllarga ega boʻldi; shippak yoki oyoqni oʻrab turgan bir parcha hayvon terisi eng sodda qad. poyabzal turi boʻlgan, shuningdek, poyabzal uchun daraxt poʻstlogʻi va daraxtdan ham foydalanilgan. (bogʻichli toʻgʻri koʻylak) K.larida burma (drapirovka)lar qoʻllanilgan; keyinroq nozik mato i.ch.ga erishilgach, plissirovka keng tarqalgan. Turli rangdagi nozik matodan tayyorlanib kashtalar bilan bezatilgan K.ni, odatda, hukmron tabaqa vakillari kiygan, qullar dagʻal mato yoki teridan tayyorlangan K. kiygan. Qad. ossuriyaliklarda uzun koʻylak va hoshiya bezakli yopinchiq rasm boʻlgan. Yunonlar xiton (yengeiz koʻylak), tunika (kalta yengli koʻylak), gimatiy (yopinchiq) kiyishgan, bu K.lar inson qiyofasiga ulugʻvor soddalik baxsh etgan, inson tanasining egiluvchanligini kursatgan (ular, asosan, oq jun va kanop matolardan tayyorlangan), toʻgʻnogʻich, belbogʻ va b. bilan boyitilgan. Oyoq K. vazifasini boldirni oʻrab turadigan tasmali shippaklar bajargan. Qad. Rim K.i ham yunonlarniki kabi burmali boʻlgan. Erkaklarning asosiy ustki K.i togʻa (yarim aylana yoki oval shaklidagi mato boʻlagi) boʻlgan. Erkak va ayollarning ichki K.i vazifasini tunika bajargan, ayollar uning ustidan stola(xiton koʻrinishidagi keng uzun K.) va palla (gimatiyga oʻxshash) kiyishgan. Vizantiyada diniy tarkidunyochilik taʼsirida K. qatʼiy, qomatni yashirib turadigan shaklga ega boʻlib, mato (parcha, shoyi) qalin, ogʻir, yirik gulli boʻlgan. 14—15-a.larda Gʻarbiy Yevropada chizmachilik ilmining taraqqiyoti hozirga qadar mavjud boʻlgan andazalarning barcha turlarini yaratilishini taʼminladi, matolarning nafisligi, iplarining joylashishi bichishni mukam-mallashtirdi. Bu yutuqlar K.ni aniq loyihalash va qomatga mos nafis K.ning paydo boʻlishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BADIY AKADEMIYASI KAMOLIDDIN BEXZOD NOMLI RASSOMLIK VA DIZAYN INSTITUTI MUSTAQIL ISH Mavzu: KIYIM TARIXI Bajardi: Xusanova Dilobor Download 61.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling