Ot terilari Toychoq terisi cho‘chqa terilari turi


Download 163.42 Kb.
bet1/5
Sana20.06.2023
Hajmi163.42 Kb.
#1627032
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5. Ot terilari. Cho’chqa terilari.


5-MAVZU
MAVZU: OT TERILARI.
REJA:

  1. Ot terilari

  2. Toychoq terisi

  3. CHo‘chqa terilari turi



Foydalanilgan adabiyotlar

  1. S.N. Sadirova “Charm va mo yna xom ashyolariga dastlabki ishlov berish” T. “Yangi asr avlodi”, 2010 yil, 275bet.

  2. M.I.Temirova, T.J.Qodirov “Charm va mo`yna texnologiyasi” T. “Turon-Iqbol” 2005

  3. M.I.Temirova “Tarmoq kimyosi va texnologiyasi”, T. “Dizayn - press” MCHJ., 2013. 327bet.



Gistologik tuzilish xususiyatlari. Voyaga etgan ot va toy terilari charm xom ashyosi hisoblanadi. Toycha (qulun) terisi va toychoq mo‘yna xom ashyosiga kiritiladi.
CHarm xom ashyosining umumiy hajmida ot terilarining ulushi kam.
Katta shoxli mol terilaridan farqli ot terilari qalinligi bo‘yicha notekis (old teri yupqa, xaz qalinlashgan). Ot terilari qalinligining notekisligi, old terida katta miqdorda ter va yog‘ bezlarining bo‘lishi, tola va bog‘lamlarning anchagina ingichkaligi, hamda to‘qimalarining bo‘shligi bilan izohlanadi. Old terining xazdan ahamiyatli farqi shundaki, ot terilari qismlarga bo‘lishni, hamda ishlab chiqarishda ularni alohida uyumlarga ajratib, har xil usullar bilan ishlov berishni taqozo etadi. Ot terilarini ikki qismga bo‘lish chegarasi - soch bo‘linishi hisoblanadi, u umurtqa chizig‘idan perpendikulyar o‘tib, sochni orqaga bir tomonga, kruponda boshqa tomonga qarab o‘sishi natijasida hosil bo‘lgan. (9 – rasm)
Xaz sohasida umurtqa chizig‘ining ikkala tomonida simmetrik ravishda maxsus xossalar va tuzilishga ega bo‘lgan ikkita oval joylashgan. Ushbu qismlar yuqori zichlik va mustahkamlik bilan tavsiflanadi. Mikroskop ostida derma o‘rta qavatlarining ko‘ndalang qismi xuddi oyna yoki tog‘aysimon bo‘lib ko‘rinadi. SHuning uchun bu qismlar shpigel deb nomlanadi, ya’ni nemis tilidan olingan bo‘lib, “oyna” ma’nosini anglatadi.
Gistolik tuzilish bo‘yicha ot terilari katta shoxli mollar terisidan bir oz farq qiladi. Epidermisning qalinligi derma umumiy qalinligining 2-3% ni tashkil etadi. Dermaning g‘uddali qavati, derma umumiy qalinligini 30% dan ko‘pini egallaydi va unda ko‘psonli soch xaltachalari borligi sababli, tuzilishi bo‘sh. Ot terilarining to‘rli qavati katta shoxli mol terilariga nisbatan kamroq rivojlangan. Ingichka tolalar terining butun yuzasi bo‘ylab bo‘sh o‘rilishlarni hosil qiladi va faqat shpigelda - ancha tarang va zich o‘rilishlar hosil bo‘ladi.
Ter va yog‘ bezlari kuchli rivojlangan, etak qismida esa xuddi tutashib ketgan qavatni hosil qiladi. Bu esa tayyor charmda to‘rli va g‘uddali qavatning bir-biriga bog‘lanish mustahkamligini pasaytiradi.


Download 163.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling