Ot terilari Toychoq terisi cho‘chqa terilari turi
Fiziologik o‘zgaruvchanlik
5. Ot terilari. Cho’chqa terilari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9- rasm. Ot terisi topografiyasi 1-old teri, 2-xaz, 3-shpigel, 4-soch bo‘linishi Junli toychoq terisi
- Toychoq terisi
Fiziologik o‘zgaruvchanlik. Kichik ot xom ashyosiga toychoq va toy terilari kiritiladi.
Toychoqning taqir terisi – otlarning qorni yorib olingan yoki chala tashlagan 7-8 oylik bolasining terisi. YUpqa, shalviragan, yalang‘och yoki endigina chiqayotgan tukchalar bilan qoplangan teri. YOli rivojlanmagan. Maydoni ko‘pi bilan 30dm2, yangi shilingan teri vazni 1-1,5kg. |
9-rasm. Ot terisi topografiyasi 1-old teri, 2-xaz, 3-shpigel, 4-soch bo‘linishi |
Junli toychoq terisi – biya homilasining tug‘ilishi arafasida olingan toychoq terisi. Maydoni 30-50dm2 gacha, vazni 2 kg gacha. Jun qoplami kalta, yaltiroq, yumshoq, silliq, tovlanadi.
Toychoq terisi – hali sut bilan oziqlanuvchi yoshi 6 oygacha bo‘lgan toychoq terisi (juni yaltiroq, silliq muarli, yoli sal o‘sib chiqqan) va o‘simlik ozig‘iga o‘tgan yoshi 6 oydan yuqori bo‘lgan toychoq terisi (jun qoplami ikkilamchi, teri to‘qimasi zichroq va qilinroq). YAngi shilingan terining massasi 5 kg gacha. Toychoq terisidan tayyorlangan terining mereyasi ingichka va nafis.
Toy terisi- vazni 5kg dan 10 kg gacha bo‘lgan toy terisi. Maydoni 120-200 dm2. YOli o‘sgan, shpigeli voyaga etgan otlarnikiga nisbatan yaqqol sezilmaydi. Qalinlik xaz sohasida 2 2.5 mm, old terisida 1.5 2mm.
Ot terilarining katta xom -ashyosiga ot terilari, old teri va xaz kiritiladi.
Ot terilari – voyaga etgan ot terilari hisoblanadi. Ot terilari engil-massasi 10 kg dan yuqori va 17 kgcha va og‘ir 17 kg yuqori terilarga bo‘linadi. Teri maydoni 350-400 dm2 gacha etadi. Old terisining qalinligi 1.5-3 mm, xazning qalinligi 2-4mm. Teri qismlarining har xil ishlab chiqarish maqsadlarida qo‘llanilishi tufayli, ular old teri va xaz qismlariga bo‘linadi.
Old teri- terining old qismi bo‘lib, xazdan ajratilgan. Old teri engil- massasi 12 kg gacha va og‘ir 12 kg dan yuqori terilarga bo‘linadi. Engil terining maydoni 160 250 dm2, xaz chegarasidagi qalinligi 2.5-3.3 mm, og‘ir old terining maydoni 170 300 dm2 , xaz chegarasidagi qalinligi 3 4mm.
Xaz- old teridan ajratib olingan terining sag‘ri qismi. Xaz engil – massasi 5 kg gacha va og‘ir – 5 kg yuqori terilarga bo‘linadi. Engil xazlarning maydoni 60 90 dm2, shpigelning markaziy qismidagi qalinligi 3 3.5mm, og‘ir xazlar maydoni 90dm2 dan yuqori, shpigelning markaziy qismidagi qalinligi 3.5 mmdan yuqori.
Download 163.42 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling