1. Faqat sutemizuvchilarga xos belgilarni belgilang


Download 23.72 Kb.
Sana19.11.2021
Hajmi23.72 Kb.
#175950
Bog'liq
sut emizuvchilar yirtqichgacha


1.Faqat sutemizuvchilarga xos belgilarni belgilang.

1)quloq suprasining mavjudligi 2)tishlarining ixtisoslashganligi 3)4 kamerali yurak 4)issiq qonli 5)miyachasi kuchli ixtisoslashgan 6)katta yarimsharlari po’stlog’i ko’p burmali

A 1,2,6 B 1,2,4,6 C 1,2 D 1,3,4

2.Sutemizuvchilar tanasining yer dast ko'tarilib turishiga sabab nima?

A oyog'ining uzun ekanligi

B oyoqlarining baquvvat ekanligi

C oyoqlarining tanasining ikki yonida joylashganligi

D oyoqlarining tanasining ostida joylashganligi

3.Itlar yurganda nimaga tayanadi?

A tovon B panja suyagiga C barmoqlariga D chanoqqa

4.Sutemizuvchilarga xos bo'lmagan xususiyat(lar)ni belgilang.

A terisidagi ter bezlari qo'shimcha ajratish vazifasini bajaradi

B terisidagi ter bezlari tana haroratini doimiy saqlash vazifasini bajaradi

C tanasini qoplab turadigan jun qoplami 2 qavatdan iborat

D keltirilgan xususiyatlarning barchasi xos

5. Sutemizuvchilarning jun qoplami qavatlari va ularga xos bo'lgan xususiyatlarni belgilang.

a)sirtqi qavat b)ostki qavat

1)tuklardan tashkil topgan 2)qiltiqlardan tashkil topgan 3)mayin bo'ladi 4)dag'al bo'ladi 5)kalta bo'ladi 6)uzun bo'ladi 7)orasida havo ko'p bo'ladi 8)hayvon tanasidagi haroratni yaxshi saqlaydi 9)terini himoya qilib turadi

A a-1,3,6,9; b-2,4,5,7,8; B a-1,4,6,9; b-2,3,5,7,8;

C a-2,4,6,9; b-1,3,5,7,8,9; D a-2,4,6,7,8,9; b-1,3,5,8,9;

6.Sutemizuvchilar tana qoplamida tuyg'u vazifasini nimalar bajaradi?

A uzun va qayishqoq biroz dag'alroq qiltiqlar

B mayin va kalta tuklar C yog’on va uzun qillar

D B va C


7.Itlar tanasida issiq havoda haroratning doimiy bo'lishini nima ta'minlaydi?

A ter bezlari B jun qoplami C nafas olish sistemasi D harakatlanish sistemasi

8.Sutemizuvchilar bilan sudralib yuruvchilarning qarindosh ekanligini ko'rsatuvchi dalillarni belgilang.

A tanasining yung bilan qoplanganligi

B tuban sutemizuvchilarning kloakasi bo'ladi, tirik bola tug'masdan ko'payadi

C tishlari rivojlangan bo'ladi

D quruq iqlimga moslashgan, faqat o'pkasi yordamida nafas oladi

9.Itda qaysi tishlari kuchli(1) va mayda(2) rivojlangan?

A 1-yirtqich tishlar; 2-kurak tishlar

B 1-qoziq tishlar; 2-kurak tishlar

C 1-qoziq va yirtqich tishlar; 2-kurak tishlar

D 1-qoziq tishlar; 2-yirtqich tishlar

10.Sutemizuvchi hayvonlarda tishlarining har xil tuzilishi nimaga bog'liq?

A ozig'ining turiga B oziqlanish usuliga

C tishlarning vazifasiga D A va B

11. …ning mukammal rivojlanganligi tufayli sutemizuvchilar tanasida moddalar almashinuvi jadal boradi.

A nafas olish sistemasi B qon aylanish sistemasi

C bosh miya katta yarimsharlarining po'stlog'i

D nafas olish va qon aylanish sistemalari

12.O'rdakburunga xos bo'lgan xususiyatlarni belgilang.

1)Avstraliya qit'asi va uning yaqinidagi orollarda tarqalgan 2)keng va uzun muguz tumshug'i bor 3)ko'rinishi tipratikanga o'xshaydi 4)tanasi jun bilan qoplangan 5)tanasi qillar bilan qoplangan 6)daryo qirg'oqlari bo'yida uyasi bo'ladi 7)oyog'ining barmoqlari orasida suzgich pardasi mavjud 8)yaxshi suzadi 9)bitta tuxum qo'yin uni xaltasida olib yuradi 10)bitta tuxum qo'yib uni bosib yotadi 11)bolalarini sut bilan boqadi 12)sut so'rgichlari rivojlanmagan

A 1,2,4,6,7,8,10,11,12 B 1,3,5,9,11,12

C 1,3,5,7,8,9,11,12 D 1,2,4,6,7,10,5,12

13.Yirtqich tishli kaltakesakga xos bo'lmagan xususiyatlarni belgilang.

1)sutemizuvchilarning ajdodi 2)sutemizuvchi va sudralib yuruvchilar o'rtasida oraliq forma 3)200-300mln yil oldin yashagan 4)oyoqlari tanasining ikki yonida joylashgan 5)oyoqlari tanasining ostida joylashgan 6)tishlari ixtisoslashgan 7)tishlari ixtisoslashmagan 8)oyoqlari kalta bo'lgan 9)oyoqlari uzun bo'lgan 10)yog'on va uzun dumga ega 11)dumi ingichka baquvvat va kalta

A 2,4,7,9,11 B 4,7,9,11 C 2,4,7,9,10 D 4,6,8,10

14.Tuyg'u vazifasini bajaruvchi uzun va yo'g'on qillar ko'pchilik sutemizuvchilarning qayer(lar)ida joylashgan bo'ladi?

A burun teshiklari atrofida B og'iz bo'shlig'i atrofida

C ko'zlari atrofida D A vaC

15.Sutemizuvchilarda homiladorlik muddati va homilalar soni nimaga bog'liq?

A homiladorlikning qayta takrorlanish muddatiga

B hayvon kattaligiga C yashash tarziga

D hammasiga

16.sutemizuvchilarning qaysi suyak(lar)i bir-biriga qo'shilib o'sgan?

A kurak va o'mrov B o'mrov va ko'krak tirgak

C pastki va yuqori jag' D kurak va ko'krak tirgak

17.Sutemizuvchilarning oldingi oyoq kamari skeleti qaysi suyaklardan tashkil topgan?

A 2ta kurak, ko’krak-tirgak, o’mrov suyagi

B 2ta kurak, 2ta o’mrov suyaklari, ko’krak-tirgak;

C ko’krak-tirgak, o’mrov suyaklari, kurak;

D t.j.y

18.Yexidnaga xos bo'lgan xususiyatlarni belgilang.

1)Avstraliya qit'asi va uning yaqinidagi orollarda tarqalgan 2)keng va uzun muguz tumshug'i bor 3)ko'rinishi tipratikanga o'xshaydi 4)tanasi jun bilan qoplangan 5)tanasi qillar bilan qoplangan 6)daryo qirg'oqlari bo'yida uyasi bo'ladi 7)oyog'ining barmoqlari orasida suzgich pardasi mavjud 8)yaxshi suzadi 9)bitta tuxum qo'yin uni xaltasida olib yuradi 10)bitta tuxum qo'yib uni bosib yotadi 11)bolalarini sut bilan boqadi 12)sut so'rgichlari rivojlanmagan

A 1,2,4,6,7,8,10,11,12 B 1,3,5,9,11,12

C 1,3,5,7,8,9,11,12 D 1,2,4,6,7,10,11,12

19.Hayvonlar ularning bir marta homiladorlikda bolalashi soni va so'rg'ichlarining sonini juftlab yozing.

It(a) echki(b); 1)3-8 2)5-8 3)1-4 4)8 5)6 7)4 8)2

A a-1,4; b-3,7; B a-2,4; b-3,7; C a-1,4; b-3,8;

D a-2,4; b-3,8;

20. Ondatra va nutriyalarning vatani?

A) Hindiston B) Amerika

C) tropik Afrika D) Avstraliya

21. Qulog‘i ichki, o‘rta va tashqi bo‘limdan iborat organizmlar?

1) salamandra 2) qurbaqa 3) gekkon 4) sariq ilon 5) tolay tovushqoni 6) triton 7) dengiz tulkisi

A) 1,2,3,4 B) 1,2,6,7 C) 3,4,5, D) 2,4,5,

22. Tuxum qo‘yuvchilar (1) va xaltali (2) larga xos belgi va xossalarni farqlang.

a) tirik tug‘adi b) kloakasi bo‘lmaydi c) tana harorati nisbatan yuqori

d) bachadoni sust rivojlangan e) sut bezlarida so‘rg‘ichlari rivojlangan f) bosh miyasi soda tuzilgan j) sut bezlarining so‘rg‘ichlari rivojlanmagan k) tana harorati past l) kloakasi m) tanasi jun bilan qoplangan

A) 1-a, b, c, k, l, m 2-f, j, k, d, e

B) 1-f, j, k, l, m 2-a, b, c, d, e, m

C) 1-f, j, d, e, m 2-k, l, a, b, c

D) 1-c, d, j, k 2-a, b, e, f, m

23.Qo'lqanotlilar turkumiga xos bo'lgan xususisyatlarni belgilang.

1)uchishga moslashgan sutemizuvchilar 2)oldingi oyoqlari o'zgarib qanotga aylangan 3)oldingi oyoqlari suyaklari oralig'i hamda tanasining ikki yon o'rtasiga yupqa teri parda tortilgan 4)tanasiga tortilgan parda ko'tarilish yuzasini hosil qiladi 5)oldingi oyoqlarida birinchi barmoqlari erkin 6)orqa oyoqlarida faqat panjasi erkin 7)ko'zlari ojiz bo'lib yaxshi ko'rmaydi 8)burnidan uzuq-yuliq ultratovush chiqaradi 9)og'zidan uzuq-yuliq ultratovush chiqaradi 10)havoda hasharotlarni tutib yeydi 11)ularning havoda mo'ljal olish xususiyati ultratovush tarqatishi va ularni qabul qilishi bilan bog'liq

A 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11 B 1,2,3,4,5,6,7,9,10,11

C 1,2,3,4,5,6,7,8,10,11 D 1,2,3,4,5,7,8,9,10,11

24.Ko'k sug'urga xos bo'lgan xususiyatlarni belgilang.

1)tog' etaklarida uchraydi 2)terisi boshqa sug'urlarga nisbatan yuqori baholanadi 3)yog'idan xalq tabobatida foydalaniladi 4)Kamayib ketganligi uchun "Qizil kitobga" kiritilmagan

A 1,2,3,4 B 2,3,4 C 1,2,4 D 2,3

25.Qaysi organizmlarda katta va kichik qon aylanish doirasi bir qorinchadan boshlanadi.

a)itbaliq b)salamandra c)manta d)qizilto`sh f)gavial g)turkiston agamasi

A)b.e.g B)a.b.e C)d.f D)a.c

26.Yirtqich hayvonlarni aniqlang.

1.bronza qo`ng`iz 2.xonqizi 3.so`na 4.ninachi 5.mita 6.tillako`z 7.to`shak qandalasi 8.olma mevaxo`ri 9.tunlam

A)3,7 B)2,4 C)5,8 D)1,3

27.Sutemizuvchilar qaysi jihat(lar)iga ko'ra tuxum qo'yuvchilar, xaltalilar va yo'ldoshlilar guruhlariga bo'linadi?

1)tuzilishi 2)ko'payishi 3)bolasining rivojlanish xususiyatlari

A 1,2,3 B 2,3 C 1,2 D 1,3

28.Tuban sutemizuvchilarning urug'langan tuxumi -

A tashqi muhitda rivojlanadi

B tuxum yo'lida rivojlanadi

C bachadon devorida rivojlanadi

D ona organizmning xaltachasida rivojlanadi

29.Sutemizuvchilarning ochiq joylarda bolalaydigan harakatchan vakillarining ko'payishiga xos bo'lmagan xususiyatni belgilang.

1)homiladorlik davri qisqa bo'ladi 2)homiladorlik davri uzoq davom etadi 3)ko'zi yumuq bola tug'adi 4)ancha yirik rivojlangan bola tug'adi 5)o'ndan ortiq bola tug'adi 6)1-2ta bola tug'adi

A 1,3,5 B 2,4,6 C 1,3,6 D 2,4,5

30.Tuxum qo’yib ko’payadigan kloakalilar qaysi organizmlar orasida oraliq forma hisoblanadi

A.sudraluvchi va sutemizuvchi

B.amfibiya va sutemizuvchi

C.amfibiyalar va reptiliyalar



D.sutemizuvchilar va baliqlar
Download 23.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling