Ot terilari Toychoq terisi cho‘chqa terilari turi


Fiziologik va jinsiy o‘zgaruvchanlik


Download 163.42 Kb.
bet4/5
Sana20.06.2023
Hajmi163.42 Kb.
#1627032
1   2   3   4   5
Bog'liq
5. Ot terilari. Cho’chqa terilari.

Fiziologik va jinsiy o‘zgaruvchanlik. Hayvonlarning yoshiga qarab, terilar cho‘chqa bolasi terisi va cho‘chqa terilariga ajratiladi. CHo‘chqa bolasi terisining maydoni 30 dm2 gacha, qalinligi 2 mm, massasi 1.5 kg dan ko‘p emas. Undagi qil voyaga etgan hayvonlarga nisbatan ingichkaroq, nafisroq va qalin joylashgan.
1sm2 maydonga 5-15 donagacha qil to‘g‘ri keladi. Kollagen tolalarining bog‘lamlari qalinligi bo‘yicha tekis va juda ingichka. CHo‘chqa bolasi terisidagi yog‘li tuzilmalar voyaga etgan hayvonlarga nisbatan kuchsizroq rivojlangan.
Jinsiy belgilari bo‘yicha cho‘chqa terilari erkak cho‘chqa – xryak (axtalanmagan) terilari, borov (axtalangan) terilari va voyaga etgan cho‘chqa terilariga bo‘linadi.
Xryaklar ona cho‘chqa terilaridan yirikroq bo‘lib, ularning massasi 1.5-3 marta katta. Xryaklar terisining ikkala yon tomonida dermaning pishiq, tog‘aysimon qalinliklar – xryashevina bo‘lib, ularning qalinligi 30 mm gacha etadi. Xryaklar terisi qalin peshona qismi, bo‘yin va etaklarga ega. CHo‘chqa terilarining qili xryaklarga nisbatan yumshoqroq va qalinroq joylashgan. Xryaklar terisi dermasining kollagen tolalari bog‘lami cho‘chqa va borovlar terisiga nisbatan ancha pishiq. Borovlar terisi cho‘chqa terisidan kam farq qiladi.


10- rasm. CHo‘chqa terisining topografiyasi.
1-balikcha; 2- etak.

Baliqcha - cho‘chqa terisining etaksiz qismi. Ular 60 kg dan ortiq bo‘lgan tanadan shilib olinadi. Bunda bosh qismi tanada qoladi. Baliqcha to‘g‘ri burchak shaklida bo‘lishi lozim. Uning eni taxminan uzunligining yarmiga teng. Kesiklarning hamma chiziqlari tekis bo‘lishi kerak, ammo sag‘ri shakli saklanishi lozim. Balikchaga yon tomonlarining bo‘sh qismlari kirmasligi kerak. Baliqchalar yog‘ qiyqimlaridan tozalanib, qil tomonidan yuviladi (10-rasm).

Baliqchalar kichik - maydoni 20-50 dm2 va yirik- maydoni 50 dm2 dan yuqori bo‘lgan terilarga bo‘linadi.
CHo‘chqa terilarida g‘uddali va to‘rli qavatlar orasida chegaraning yo‘qligi tufayli tayyor terida otdushistost nuqsoni boshqa charmlarga nisbatan kam uchraydi. Ushbu nuqson yuza qavatining ajralishi bilan tavsiflanadi. CHo‘chqa terilarida yuza qavatining ajralishi konservalash hamda pardozlash jarayonlarida (sun’iy qoplamaning ajralishi) noto‘g‘ri ishlov berish oqibatida yuzaga keladi. CHo‘chqa terilarida odatda hayot davridagi nuqsonlardan chaqa, tirnalish, shuningdek, o‘lgandan keyingi nuqsonlardan kesiklar, o‘yib olingan joylar kabi nuqsonlar uchraydi.

Download 163.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling