Ishlatilishi: cho‘chqa terilaridan bulg‘ori charm, poyabzalning ustki qismi uchun xromli charm, patak charmi, tag charm va xom charm ishlab chiqariladi. Lekin asosan poyabzalning ustki qismi uchun charm va kiyim – attorlik charmlari ishlab chiqarishda foydalaniladi.
CHo‘chqa bolasi terilaridan asosan attorlik va qo‘lqop charmlari, cho‘chqaning engil terilaridan loklangan charm, poyabzalning ustki qismi uchun xromli charm, astarlik va attorlik charmlari ishlab chiqariladi. O‘rta terilardan ham xuddi shu asnavimentdagi charmlar ishlab chiqariladi.
Yirik cho‘chqa terilaridan tag charm, patak charmi, rantli qotirish uslubi bilan ishlab chiqariladigan poyabzal uchun tag charm, egar – jabduq charmi, bulg‘ori charm va xom charm ishlab chiqariladi. Xryak terilari tag charm va pergament ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Baliqchalardan tag charm, patak charmi, egar – jabduq uchun charm, bulg‘ori charm, xom charm va poyabzalning ustki qismi uchun xromli charm ishlab chiqarishda foydalaniladi.
CHo‘chqaning har xil zotlaridan olingan teri sifati bir xil emas. Eng pishiq va mustahkam terilar cho‘chqalarning go‘shtdor zotlaridan olinadi. CHo‘chqaning yog‘li zotlaridan olingan teri pishiqligi va mustahkamligining kichikligi bilan farq qiladi.
NAZORAT SAVOLLARI
Ot terilari qanday toifalarga bo‘linadi.
CHo‘chqa terilarining gistologik tuzilishini tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |