Ot terilari Toychoq terisi cho‘chqa terilari turi


Ot terilarida uchraydigan asosiy nuqsonlar quyidagilar


Download 163.42 Kb.
bet3/5
Sana20.06.2023
Hajmi163.42 Kb.
#1627032
1   2   3   4   5
Bog'liq
5. Ot terilari. Cho’chqa terilari.

Ot terilarida uchraydigan asosiy nuqsonlar quyidagilar: yuz buzilishi, kesiklar, terining egik joyi , yag‘ir, chandiq, tamg‘a, tirnalish va qamchi qadoqlari.
Ishlatilishi: xazlar tag charm va patak charmlari ishlab chiqarishda ishlatiladi. Old teridan poyabzalning ustki qismi uchun xromli charm va bulg‘ori charm ishlab chiqariladi. Old terining mereyasi juda chiroyli va nafis.
Toy terisi poyabzalning ustki qismi uchun xromli charm ishlab chiqarishda foydalaniladi. O‘z navbatida toy terisi old teri va xazga bo‘linadi.
Toychoq terisi soch qoplamining holatiga qarab mo‘yna ishlab chiqarish uchun yoki xromli hamda loklangan charmlar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.


CHo‘chqa terilari.
CHo‘chqa teri xom -ashyosiga uy va yovvoyi cho‘chqalar, axtalangan cho‘chqa va to‘ng‘izlarning terilari kiritiladi.
Gistologik tuzilish xususiyatlari. CHo‘chqa terilari strukturasi bo‘yicha boshqa charm xom -ashyosi turlaridan anchagina farq qiladi. CHo‘chqa terisining dermasi g‘uddali va to‘rli qavatlarga bo‘linmaydi, chunki butun dermaning ichidan yaxshi rivojlangan soch xaltachalari o‘tib ketgan. Buni xom -ashyo hamda undan ishlab chiqarilgan terining yuqori darajada g‘ovakligi va bo‘shligi izoxlaydi. CHo‘chqa terilarining epidermasi ancha qalin va derma qalinligining 5-6% ini tashkil etadi. Buni nisbatan kam rivojlangan soch qoplami bilan tushuntirish mumkin. Bakuvvat epidermis o‘zining g‘uddalari bilan dermaning ichiga chuqur singib, ishlab chiqarilgan charm yuzasida o‘ziga xos mereyani hosil qiladi. CHo‘chqa terisini ag‘darma tomonidan ham osongina farqlash mumkin. Unda qilning soch xaltachalari bartaraf etilgandan so‘ng qolgan teshiklar yaqqol ko‘rinadi. Teri osti kletchatkasi juda yaxshi rivojlangan, qalinligi bo‘yicha dermadan ustun turadi. Tarkibida katta miqdorda yog‘li tuzilmalari mavjud bo‘lib, ular bo‘sh birikuvchi to‘qimalar orasida qavatma – qavat joylashgan.
YOg‘ qavatlari dermaga singib, uning struktura bo‘shligini yanada yaqqolroq ifoda etadi. Qabul qilinadigan cho‘chqa terilarida 6 % dan ortiq yog‘ bo‘lmasligi lozim.
Dermaning yuqori qismidagi kollagen tolalar va bog‘lamlar ingichka va ular ancha tekis joylashgan, o‘rtasiga borib ular qalinlashadi va ancha pishiq to‘qimalarni hosil qiladi. Etak qismida kollagen tolalari bog‘lamlarining bog‘lami ancha bo‘sh, yopqichda esa hiyla takomillashgan turda bo‘ladi. Bu esa terining ushbu topografik qismidan olingan terining pishiq va mustahkam ekanligini izoxlaydi.
CHo‘chqa terilarining soch qoplami – qil xuddi shunday boshqa turdagi hayvonlarning soch qoplamidan farq qiladi. Qil dag‘al, qalin, qattiq va qayishqoq bo‘ladi. Qilchalar bir – biridan ancha uzoqda, birtadan yoki ikki – uchtasi bir bo‘lib egik holda joylashgan. Qilchalar dermadan o‘tib, teri osti kletchatkasiga etadi. CHo‘chqa terilari kichik zichligi, g‘ovakliligi bilan ajralib turadi. Bu ulardagi teri bezlarining, yog‘li hujayralar va muskullarning kuchli rivojlanganligi, soch xaltachalarining dermaga chuqur joylashganligi, shuningdek yog‘ qavatlarining borligi bilan tushuntiriladi.
Soch xaltachalari, teri bezlari va yog‘li tuzilmalarning ishlab chiqarish jarayonlarida buzilishi natijasida tayyor charm katta suv o‘tkazuvchanlikka sabab bo‘ladigan ikki tomonlama teshiklarga ega bo‘ladi. Suv o‘tkazuvchanlikni kamaytirish uchun teriga har xil to‘ldiruvchilar shimdiriladi.

Download 163.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling