11-laboratoriya mashG’uloti mashg’ulot mavzusi: Alohida usulda ajratib tahlil qilinadigan moddalar
Download 17.09 Kb.
|
11-лаборатория 8.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish davomida talabalar quyidagilarni bajaradilar
- Laboratoriya mashg’ulotini o’tkazish uchun uslubiy ko’rsatmalar
- BROMNI BIOOB’YEKT TARKIBIDAN ANIQLASH
- YODNI BIOLOGIK OB’YEKT TARKIBIDAN ANIQLASH
- FTORNI BIOOB’YEKT TARKIBIDAN ANIQLASH Biologik ob’ekt tarkibidan ftorni ajratish
- XLORNI BIOOB’YEKT TARKIBIDAN ANIQLASH
11-LABORATORIYA MAShG’ULOTI Mashg’ulot mavzusi: Alohida usulda ajratib tahlil qilinadigan moddalar. Mashg’ulot maqsadi: Biologik ob'ektdan alohida usullarda ajratib taxlil qilinadigan moddalarning tahlil usullari bilan tanishtirish. Laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish davomida talabalar quyidagilarni bajaradilar: 1. Bioob’yekt tarkibidan bromni aniqlash. 2. Bioob’yekt tarkibidan Iodni aniqlash 3. Bioob’yekt tarkibidan ftorni aniqlash 4. Xlorni bioob’yekt tarkibidan aniqlash ishlarini o’rganadilar. Laboratoriya mashg’ulotini o’tkazish uchun uslubiy ko’rsatmalar 1. Tekshiriluvchi ob'ektni tashqi ko’rinishini (rangi, hidi, yot moddalar, konservantlar bor yoki yo’qligi, massasi) aniqlash va ish daftariga yozib olish. 2. Ob'ektning pH-sharoitini universal indikator va ionomer yordamida aniqlash. BROMNI BIOOB’YEKT TARKIBIDAN ANIQLASH Erkin brom moddasini tekshiriluvchi ob’yekt tarkibidan ajratish va aniqlash uchun uni karbonat angidrid yordamida haydaladi. Qabul qiluvchi kolbaga esa yoki kaliy yodidning eritmasidan, yoki fenol moddasidan solib qo’yiladi: Birinchi reaktsiyaga qapaganda ikkinchi reaktsiya ancha xarakterlidir, chunki yodni ajratish muhitini boshqa uchuvchi oksidlovchilar (CI2, N2O3 va boshqa) ham berishlari mumkin. Ob’yekt tarkibidagi bromidlarga tahlil olib borish uchun biologik ob’yektning ma'lum bir qismini ishqor bilan aralashtirib yoqiladi. Hosil bo’lgan kuldan brom anioni aniqlaniladi: 1. Kuchli oksidlovchilar ta'sirida erkin brom sariq rangda ajralib chiqadi: 2. Qoldiqni probirkaga solib unga kaliy bixromat va sulfat kislotadan qo’shiladi, probirka og’zini esa fluorestsein moddasi bilan ho’llangan filtr qog’ozi bilan berkitiladi. Bunda eozin moddasini hosil bo’lishi tufayli qog’oz qizil rangga bo’yaladi: YODNI BIOLOGIK OB’YEKT TARKIBIDAN ANIQLASH Biologik ob’yekt bemorning qusug’idan iborat bo’lgan taqdirda yodni karbonat angidrid yordamida kraxmal eritmasiga o’tkazib aniqlash mumkin. Biologik ob’yekt murdaning ichki organlaridan iborat bo’lsa, uni ishqor bilan aralashtiriladi va yoqiladi. Hosil bo’lgan kuldan yodni siqib chiqarib chinligi va miqdori aniqlanadi. Yodni miqdori aniqlash uchun esa ajralib chiqqan yodni to’liq haydab boshqa idishga o’tkaziladi va natriy tiosulfat eritmasi bilan titrlanadi. Indikator sifatida kraxmal ishlatiladi: Peshobdagi yodni aniqlashda uning kontsentratsiyasini oshirish maqsadida peshob biroz bug’latiladi so’ng sulfat kislota bilan nordonlashtirilgach natriy nitrit eritmasidan qo’shib, xloroform bilan chayqatiladi. Bunda xloroform qavati yodni eritganligi uchun binafsha rangga bo’yaladi. Kriminalistik tahlillarda sud kimyogari yodni gazmollardan aniqlashiga to’g’ri keladi. Bunda qo’ng’ir dog’ni hap xil kimyoviy reaktivlar bilan tekshiriladi. Agar dog’ yod elementi saqlasa, u ishqor, ammiak, tiosulfat eritmalari ta'sirida yo’qoladi. Kraxmal eritmasi bilan esa zangori rangli mahsulotni hosil qiladi. FTORNI BIOOB’YEKT TARKIBIDAN ANIQLASH Biologik ob’ekt tarkibidan ftorni ajratish. Buning uchun yaxshilab maydalangan murda ichki a’zolari, oshqozon tarkibi, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa ob’ektlardan 25 g olib ortiqcha natriy ishqori bilan aralashtiriladi, ammoniy nitrat yoki kons. nitrat kislota qo‘shiladi so‘ng quritilib 5000S dan oshiq bo‘lmagan haroratda to‘liq kuydiriladi. Biologik ob’ektni yoqib olingan kul tarkibidagi ftoridlarni aniqlash uchun bir necha usullar tavsiya etilgan. 1. Tigeldagi kulning bir qismini bir necha tomchi suv bilan namlanadi va kam miqdordagi kons. sulfat kislota qo‘shiladi. Tigelning og‘zini oldindan tayyorlab qo‘yilgan soat oynasi bilan tezda berkitiladi va uni keyingi kungacha qo‘yib qo‘yiladi. Soat oynasini tayyorlashda uning yuzasini parafin bilan qoplanadi va ba’zi joylarini uchi o‘tkir yoki birorta predmet bilan chizib oyna qismi ochib qo‘yiladi. Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan ftorid kislota oyna bilan reaksiyaga kirishib uni ”eydi”, natijada oynaning shu erida silliqlik yo‘qoladi. Reaksiya tenglamasini yozing. 2. Kulning bir qismini probirkaga solib qum bilan aralashtiriladi va kons. sulfat kislota qo‘shiladi. Probirka ichiga suv tomchisi saqlagan shisha tayoqcha tushirilsa xosil bo‘lgan kremniy ftoriddan kremniy kislotasi ajralishi hisobiga tayoqchada osilib turgan suv tomchisi loyqalanadi. 3. Ozroq miqdordagi kulni reaktiv trubkasining 2%li kaliy bixromatning sulfat kislotasidagi eritmasi bilan to‘ldirilgan qismiga solib aralashtirilsa trubkaning o‘sha qismida suv bilan namlanmaslik holati kuzatiladi. Bu reaksiya ftorid kislotaning shishani buzilib gidrofob holatga o‘tishiga asoslangan. Reaksiyaning borishiga yog‘lar, kremniyorganik birikmalar va boshqa gidrofob moddalar xalaqit qiladi. 4. Tomchi reksiyasi: ftorid ioni saqlagan suvli eritmani sirkonalizarin bo‘yog‘i shimdirilgan filtr qog‘ozga tomizilsa qog‘ozning qizil rangi o‘chib, sariq rang hosil bo‘ladi. XLORNI BIOOB’YEKT TARKIBIDAN ANIQLASH Kishi xlor yoki erkin xlor moddasini saqlovchi xloramin yoki oksidlash xususiyatiga ega bo‘lgan xlorli ohaklar bilan zaharlangan murdadan 2kungacha xlor hidi kelib turishi mumkin. Bu esa erkin xlor yoki uning gidroliz mahsuloti gipoxlorit kislota hisobiga bo‘lishi mumkin. Xlor va xloraminlar bilan zaharlanish ro‘y berganda ashyoviy dalillar tarkibidan xlor karbonat angidrid yordamida Dreksel idishlaridagi suyuqlikka haydaladi. Suyuqlik odatda kaliy yodidning suvdagi eritmasi bilan kraxmal kleysteridan iborat bo‘ladi. Ob’ektda xlor bo‘lgan taqdirda suyuqlik zangori rangga bo‘yaladi. Xlor miqdorini aniqlash uchun haydalayotgan gazni sulfit kislotaning suvli eritmasiga tushiriladi va so‘ng hosil bo‘lgan xlor anionlarini Folgard usuli yordamida aniqlanadi. Download 17.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling