Labaratoriya –shi -5-6 7 guruh elementlari. Marganest birikmalari va xossalarini o’rganish
Download 17.57 Kb.
|
5-6-labaratoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba 2
Labaratoriya –shi -5-6 7 guruh elementlari. Marganest birikmalari va xossalarini o’rganish. Tajriba 1 Kaliy permanganatning oksidlovchi xossalari a).Kislotali muhitda oksidlanishi. Kaliy permanganatning bir necha tomchi sulfat kislota qo’shilgan 1-2 ml eritmasidan probirkaga quying, uning ustiga 4-5 ml natriy sulfit eritmasidan qo’shing. MpO4- ioniga xos gunafsha rangning yuqolishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Elektron tenglamasini tuzing. b) Neytral muhitda oksidlanishi. Probirkaga KMnO4 eritmasidan 1-2 ml quying va natriy sulfat eritmasidan 4-5 ml qo’shing. Bir oz vaqt o’tgach eritmadan MnO2- ning qo’ng’ir tusli paga-paga cho’kmasi ajraladi. Reaksiya tenglamasini yozing. Elektron tenglamasini tuzing. v) Ishkoriy muhitda oksidlanishi. Probirkaga 1-2 ml KMnO4 eritmasidan 1-2 ml konsentrlangan ishqor eritmasidan va 4-5 ml Na2SO3 eritmasidan quying. MnO4-2 ioniga xos yashil rang paydo bo’ladi. Reaksiya tenglamasini yozing. Elektron tenglamasini tuzing. Tajriba 2 Marganes (11) gidroksid va uning xossalari. Probirkaga 1 ml marganes sulfat tuzi eritmasidan solib, ustiga 1 ml ishqor eritmasidan quying Hosil bo’lgan cho’kmani uch qismga bo’ling. Birinchi qismini ochiq havoga qoldiring. Ikkinchi qismiga xlorid kislotaning suyiltirilgan eritmasidan to cho’kma eriguncha qo’shing. Uchinchi qismiga suyiltirilgan ishqor eritmasidan qo’shing. Marganes (II) gidroksidi kislota va ishqorda erish erimasligini kuzating. Ochiq havoda qoldirilgan birinchi qismidagi marganes (II) gidroksidi nima uchun bir oz vaqt o’tgach qorayadi? Sababini tushuntiring. Reaksiya tenglamasini yozing. Marganes(II) gidroksidi qanday xossaga ega ekanligi to’g’risida xulosa chiqaring Tajriba 3 Marganes sulfidning olinishi. Probirkaga 1 ml marganes sulfat eritmasidan solib, ustiga ammoniy sulfid yoki natriy sulfid eritmasidan quying. Marganes sulfat cho’kmasi hosil bo’lishini va cho’kmaning rangiga e’tibor qiling. Reaksiya tenglamasini ionli va molekulyar ko’rinishda yozing. Tajriba 4 Ikki valentli marganesning oksidlanishi. Probirkaga marganes sulfat eritmasidan 1 ml olib ustiga ozgina surik qo’rg’shin (IV)oksididan bir chimdim va suyiltirilgan nitrat kislotadan 5-7 tomchi tomizib, eritmani qaynating. Rangining o’zgarishiga e’tibor bering. Permanganat kislota HMnO4 ning va qo’rg’shinning ikki valentli tuzi hosil bo’lishini nazarga olib, reaksiya tenglamasini tuzing. Tajriba 5 Kaliy permanganatning parchalanishi. Quruq probirkaga ozroq kaliy permanganat bo’lagidan solib, uni shtativga qiya o’rnating va modda to’liq parchalanguncha gaz gorelkasida qizdiring. Probirka sovigach, unga 5-6 tomchi suv qo’shing. Yashil rangli eritma K2MnO4 va qo’ng’ir cho’kma MnO2 hosil bo’lishini e’tiborga olib reaksiya tenglamasini yozing. Download 17.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling