Mustaqillik yillari davomida qo‘llanilib kelayotgan bosqichma-bosqich islohotlar siyosati O‘zbekiston aholisi hayotida faravonlikni oshirishda anchagina ijtimoiy-iqtisodiy yangiliklar olib keldi


Download 18.98 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi18.98 Kb.
#1508435
Bog'liq
diplom kirish tekwirilgan




KIRISH

Mustaqillik yillari davomida qo‘llanilib kelayotgan bosqichma-bosqich islohotlar siyosati O‘zbekiston aholisi hayotida faravonlikni oshirishda anchagina ijtimoiy-iqtisodiy yangiliklar olib keldi. Shu bilan birga rivojlanib kelayotgan Respublika jaxon hamjamiyati tomonidan tan olindi va o‘z mavqeyiga ega bo‘ldi.


Bugun mamlakatimizning barqaror rivojlanish yo‘lida izchil ilgarilab borishini taxlil qilar ekanmiz, o‘tgan yili prinsipial muxim isloxotlarni amalga oshirish bo‘yicha qat'iy qadamlar qo‘yildi. Bu isloxotlarning asosiy maqsadi-aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta'minlashdir. Jadal va barqaror rivojlanishga qaratilgan siyosat bundan keyin ham so‘zsiz davom ettiriladi.
Bizda ulkan rezervlar bor. Lekin shunga qaramasdan, o‘tgan yili prognoz ko‘rsatkichlari bajarilmay qoldi. Xududlardagi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan bajarilmagan. Bizning mahsulotimiz eksport qilinadigan mamlakatlar soni 2010 yilga nisbatan 176 tadan 138 taga kamaygan.
Ular orasida Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tizimini tubdan qayta tashkil etish, shaxarsozlikning eskirgan metodologiya va normativlari, kapital qurilishdagi nomutanosiblik va muammolarni bartaraf etish, shuningdek loyixa institutlarining samarasiz faoliyatini qayta ko‘rib chiqish masalalari bor.
Ayrim faktlarni ko‘rib o‘tish mumkin. Shaharsozlikni takomillashtirish bo‘yicha bir qator hujjatlar qabul qilingan bo‘lsada, ularning ko‘pchiligi nazoratsiz qolgan. 2012-2016 yillarda ishlab chiqilgan 18 ta shaxar va posyolkaning bosh rejalari haligacha tasdiqlanmagan.
Shu sababli hayotning o‘zi har bir viloyatda bir ikkita zamonaviy loyixa institutini tashkil etishni talab etmoqda. Tarmoqlar bo‘yicha tannarx o‘rtacha 10 foizga qisqartirilgan bo‘lsada, kimyo va yengil sanoat, avtomobilsozlik, qurilish materiallari va boshqa bir qator tarmoqlarning ayrim maxsulotlari qimmatligi sababli tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo‘la olmayapti. Ayrim korxonalar zarar bilan ishlamoqda.
Faqat 2016 yilning o‘zida mamlakatimizda maxalliylashtirilgan qariyb 400 million dollarlik maxsulot chetdan import qilingan. Ayniqsa, “O‘zbekenergo”, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyatlari, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bunga berilib ketgan.
Xususiy mulk va tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi 2017 yilda 32 mingtaga yaqin yoki 2016 yilga nisbatan 18 foizga ko‘p kichik biznes sub'ektlari tashkil qilinishiga turtki bo‘ldi. Kichik biznesning mamlakat yalpi ichki maxsulotidagi hissasi 56,9 foizga, sanoat esa 45 foizgacha oshdi. Aholi jon boshiga real daromadlar 11 foizga o‘sdi, 726 ming nafarga yaqin aholining, shu jumladan 438,5 ming kollej bitiruvchisini bandligi ta'minlandi.
Shaxar va qishloq joylarida axoli turmush sharoitini yaxshilashni ta'minlovchi arzon uy-joylarni qurish, yo‘l-transport, muxandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiya qilish borasida qabul qilingan yangi maqsadli dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha muxim vazifa va choralar belgilandi.
Demak, faol investitsion siyosat yuritish va mavjud barcha moliyaviy intellektual va boshqa resurslarni import o‘rnini bosuvchi va eksportga chiqarish mumkin bo‘lgan qo‘l ostimizdagi o‘z zaminimiz xomashyosini qayta ishlash, ishlab chiqarish sohasini yaratishda ahamiyati kattadir.
Iqtisodiy asoslangan investitsion rejalarni bajarish va O‘zbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga tashqi davlatlar sarmoyasi va kreditlarni jalb etish, amalda xalq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgarishlarni rivojlantirish maqsadida belgilangan eng muhim va ustuvor vazifa deb qaralmoqda.
Respublikamizda bu vazifani samarali bajarish uchun investitsion faoliyat yuritilishiga qulay muhit va zarur bo‘lgan shart-sharoitlar, huquqiy me'yorlar yaratildi, anchagina yetakchi donor-davlatlar va xalqaro moliyaviy va sanoat tashkilot va o‘z investitsiyalari, kreditlarini ajratishmoqda. Ular kattagina miqdordagi investitsiya va kreditlarni ajratishga tayyor ekanligini bildirishdi.
Yuzaga kelgan barcha imtiyozlardan unumli va oqilona foydalanish uchun samarali ishlab chiqarish turlarini loyihalashtirish va ularni tadbiq etish talab qilinadi.
Respublika xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari orasida qurilish materiallari salmoqli o‘rin egallaydi. Bu esa o‘z xomashyo bazasiga egaligimiz, sanoat, qurilish materiallari va uy joy konstruksiyalariga bo‘lgan yuqori ehtiyoj va malakali mutaxassislarning borligi bilan belgilanadi.
Mustaqillikning 26 yili davomida demokratik jamiyat va bozor iqtisodiyotini barpo etishga yo'naltirilgan bosqichma-bosqich islohotlar siyosati O'zbekiston aholisi farovonligini yaxshilashda anchagina ijobiy-iqtisodiy o'zgarishlarga olib keladi. Shuningdek, yosh respublika jahon hamjamiyati tomonidan tan olinib, unda o'z mavqeyiga ega bo'ldi. Bunda faol inavatsion siyosat yuritish va mavjud barcha moliyaviy, intelektual va boshqa resurslarni import o'rnini bosuvchi va eksportga yo'naltirilgan, xomashyomizni qayta ishlashni nazarda tutuvchi ishlab chiqarishni yaratishga yo'naltirish muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy asoslangan investitsion loyihalarni amalga oshirish hamda O'zbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga tashqi sarmoyalar va kreditlarni jalb etish bugungi kunda xalq xo'jaligida tarkibiy o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish borasida belgilab olingan maqsadlarga erishishning eng muhim va ustuvor vazifasi sifatida qaralmoqda.
Iqtisodiy asoslangan investitsion rejalarni bajarish va O’zbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga tashqi davlatlar sarmoyasi va kreditlarni jalb etish, amalda xalq xo’jaligida tarkibiy o’zgarishlarni rivojlantirish maqsadida belgilangan eng muhim va ustuvor vazifa deb qaralmoqda.
Respublikamizda bu vazifani samarali bajarish uchun investitsion faoliyat yuritilishiga qulay muhit va zarur bo’lgan shart-sharoitlar, huquqiy me’yorlar yaratildi, anchagina yetakchi donor-davlatlar va xalqaro moliyaviy va sanoat tashkilot va o’z investitsiyalari, kreditlarini ajratishga tayyor ekanligini bildirishdi.
Sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi 18%ga, Olmaliq kon metallurgiya kombinati, “O’zlitkombinat” aksiyadorlik ishlab chiqarish kombinati, “O’zqurilish materiallari” kompaniyasi singari va boshqa korxona va tarmoqlarda 20-25%ga kamaydi.
Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi rejalariga, sanitariya talablari va qurilish korxonalariga rioya qilish ustida qat’iy tizimli nazorat o’rnatish zarur. Aholi yashash joylarining tabiiy iqlim sharoiti va rel’efini yurtimiz hududlarining ijtimoiy demografik hususiyatlarini hisobga olgan, zamonaviy qurilish materiallarini va texnologiyalarini qo’llagan holda yakka tartibda quriladigan uylar, ijtimoiy-madaniy va sanitariya-maishiy obyektlar loyihalarini takomillashtirish ishlarini davom ettirish lozim.
Hozirgi kunda amalga oshirilayotgan katta hajmdagi kapital qurilishlar, qurilish konstruksiyalarining rivojlanishi juda tez jadallashuviga turtki bo’ldi – konstruksiyalarning turlari va ulardan tayyorlanadigan hom ashyolar to’xtovsiz takomillashib bormoqda, shu boisdan ularni hisoblash, loyihalash va tiklash usullari ham takomillashtirilmoqda.
Hozirgi qurilishning samaradorligini oshirish yo’llaridan biri – uni konstruktiv sxemalarini ixchamlashtirish va konstruksiyalarni tiplashtirish asosida iloji boricha ko’proq tayyorligini oshirishdir. Shu tufayli mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan texnologik jarayonlarni qo’llagan holda qurilish konstruksiyalarini zavod sharoitida seriyalab tayyorlashga keng imkoniyatlar ochib berildi. Bunda qurilish maydonchalarida bajariladigan ishlar ancha qisqarib, ular asosan obyektni tayyor qurilish qismlaridan montaj qilishdan iborat bo’lib qoladi.
Beton va temir-beton konstruksiyalar qurilishda keng ishlatilishi XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlandi, bu esa beton va temir-beton uchun asosiy ashyo bo’lgan sementni sanoatda ishlab chiqarishni tashkil etish va ishlab chiqarishni yo’lga qo’yila boshlagan davrga to’g’ri keladi. 30-yillarda betonni titratish orqali zichlashtirish usuli yaratilgandan so’ng betonlarni mustahkamligini oshirish, sement sarfini kamaytirish, chidamliligini oshirish va bikr hamda kam harakatlanuvchi beton qorishmalarini zich joylashishini ta’minlash amalga oshirildi.
Beton va temit-beton mahsulotarini ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun qurilish ishlari samaradorligi va sifati bo'yicha talablar qo'yildi. Bularni muvofaqiyatli ravishda amalga oshirish uchun, asosan, material va konstruksiyalar, ishlab chiqarishni rivojlantirish, sermaterial, qurilish qiymati va sermehnatligini, bino va inshotlarning og'irligini pasaytirish tamirlovchi hamda ularni qurilish va ekspulatatsiya qilishdagi jami energetik mablag'lar sarfini kamaytirishga erishish kerak.
Beton texnalogiyasi va temir beton soxasining rivojlanishi, uni ishlab chiqarish ishlatishning o'sishi, bu sohadagi ilm fan texnikada erishgan yutuqlar va qurilshning indesturial bazasi barpo etishi bilan uzluksiz bog'liq. Keyingi yilarda beton ishlarni bajarishni hamma bosqichlari: beton qorishmalarning tarkibini tanlashdan totib monolit konstruksiyalar sifatini nazorat qilishgacha mukammallashtirilgan.
Yig'ma temir beton sanoati eski korxonalarni qayta tamirlash va yangi samarador korxonalarni loyihalash korxonalarda yuqori sifatli ko'p miqdorda mahsulotlarni ritmik tayorlashni tashkil qilish bo'yicha korxona bo'limlarida muvofaqiyatli amalga oshiradigan mutaxasis kadrlarga muhtoj.
Yig'ma temir betonning rivojlanishiga sement, metalurgiya, mashinasozlikni rivojlanishi sabab bo'ladi, uning texnalogik rivojlanishi sement va betonlar ilmiy asoslangan.
Hozirgi vaqtda respublikamizda temir-beton konstruksiyalarini g'ovak to'ldiruvchilar asosidagi yengil betonlardan tayorlanish talab etiladi. Masalan, armosement konstruksiyalar, g'ovak yacheykali va gaz betoni. Bular ma’lum miqdorda konstruksiyalarni yechish masalalarini hal qilmoqda. Konstruksiyalar ko'ndalanb kesimning kamayishiga va ularning pralyotini uzaytirishga olib keladi. Seysmik kuchlar ta’sirida bo'lgan yangilashtirilgan konstruksiyalar alohida ahamiyatga ega. Ular ma’lum miqdorda dinamik kuchlarni so'ndiradi.
Beton texnolgiyasi yig'ma temir-beton konstruksiyalar ishlab chiqarishni rivojlantirishda asosiy yo'lanmalar quyidagilar bo'lishi kerak:
yig'ma temir-beton konstruksiyalarining sifati darajasi va samaradorligini oshirish;
ishlab chiqarishda mehnat va metal sarfini kamaytirish;
bog'lochi modalarni samarali turlari, armatura po'latlari, yuqori sifatli to'ldiruvchilar va kompleks kimyoviy qo'shimachalarni ko'plab ishlab chiqarish;
konstruksiyalarning og'irligini kamaytirish;
o'lchamlarini kamaytirish;
beton esa temir-beton konstruksiyalarini ishlab chiqarish texnologiyasi tubdan yaxshilash uchun eng zomanviy texnalogik jarayonlarni keng ko'lamda tadbiq qilish betonlarning xossalarini yangilashda mahsulotlarning sifatini boshqarish va nazorat sifatining eng sifatlisini qo'llash, hisoblash texnikasidan keng foydalanish;
chiqindiga chiqormaydigan va resurslarning tejash texnalogiyasi qo'llash;
sanoat chiqindilari va ikkilamchi mahsulotlarning keng qo'lash ishchi energiya materiallar resurslari tejamkorligini oshirish maqsadida ishlab chiqarish zaxiralaridan foyadalanish darkor.
Beton va temir-beton asosiy qurilish maretialllari hisoblanadi. Ularni ishlab chiqorish kun sari o'sib bormoqda kapital va qurilish asosiy masala bu yig'ma temir beton konstruksiyalarini ishlab chiqarish va qo'llashni takomillashtirish, sifatini yaxshilash hamda ilmiy texnik yutuqlarni qurilishda qo'llash. Bu masalalarni hal qilishda beton texnalogiyasini takomillashtirish uning xossalarini yaxshilash, yangi samaradorligi yuqori bo'lgan betonlarni tadbiq etish va tayyorlash asosan, yengil, yuqori mustahkamlikga ega bo'lan, kiyoviy qo'shilamali betonlar olish mahsulotlarni sifatini oshirish, malakali kadrlar tayorlash, ularni betonshunoslik asoslari, temir-beton konstruksiyalari ishlab chiqarish hamda texnalogik hisoblar asoslari bilan chuqur tanishtirish katta ahamiyat kasb etadi.
Download 18.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling