Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari
Download 273.24 Kb. Pdf ko'rish
|
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Tadqiqotning asosiy masalalari uning oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalaridan kelib chiqadi. 1-faraz. O’zbek kulolchilik san’ati ko’p asrlik tarixga ega bo’lib, kulolchilik san’atning Andijon kulolchilik san’ati maktabi haqidagi ma’lumotlar, shu maktabga oid texnologiyalari, ustalari, tarixi va o’ziga xosligi turli manbalarda tarqoq holda uchraydi. Shu boisdan ularni jamlab, Andijon kulolchilik san’atiga oid kerakli manbalarni tadqiq qilish, ularni keng jamotchilikka taqdim etishlik lozim. 2-faraz. Kulolchilik san’atida va butun jahon kulolchilik san’ati oldida mazkur kam o’rganilgan lekin o’ziga xos an’analarini davom ettirib kelayotgan Andijon kulolchilik san’atini ahamiyatini oshirish. Amaliy san’at yo’nalishi va shu yo’nalishga turdosh yo’nalishlarda tahsil olayotgan talabalar va o’quvchilarda mazkur maktab haqidagi bilimlarini oshirishlardan iborat. 3-faraz. O’zbekistonni bugungi kundagi iqtisodiy ravnaq topishda turizmni o’rni salmoqli. Andijon viloyatida kulolchilik san’ati maktablarini faoliyatini rivojlantirish orqali ichki va tashqi turizm uchun yana bir alohida turistik zonani tashkil etish soha va iqtisodimiz yuksalishi uchun xizmat qiladi. Andijon kulolchilik san’atiga bugungi yosh avlodni qiziqishi ortishi, ularni mazkur maktab an’analari ostida shakllantirish maktab faoliyatini davom ettirishga xizmat qilsa, mazkur yoshlarni bugungi mehnatga layoqatli qatlamini ish bilan ta’minlab davlatimizning yana bir sohasidagi tashabbusiga o’z xissamizni qo’shgan bo’lamiz. 4-faraz. O’zbekistonda faoliyati yaxshi izga solingan va jahon kulolchilik san’ati markazlari faoliyatini o’rganish, ularda yo’lga qo’yilgan ishlab chiqarish mexanizimini muhim jihatlarini Andijon kulolchilik maktabida qo’llashni amalga oshirish darkor. Bu orqali Andijon kulolchilik san’ati marketingini ishlab chiqish, reklamalarni, targ’ibotlarni rivojlantirish barobarida maktabning jahon va yurtimiz amaliy san’atidagi ahamiyati va o’rnini oshirib uzoq yillar bardavomiyligini oshirgan bo’lamiz. Download 273.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling