Mavzu: Tinish belgilarini to’g’ri qo’llash
Download 46.5 Kb.
|
Tinish belgilarini to’g’ri qo’llash.
Buxoro davlat pedagogika instituti 13BT-22S guruh talabasi Sobirova Lolaning tayyorlagan mustaqil ishi Mavzu: Tinish belgilarini to’g’ri qo’llash. Reja: 1. Krish 2.Punktuatsiya (tinish belgilarini) 3. Nutqning ishlatilishi Punktuatsiya. Tinish belgilari va ularning yozma nutqda to’g’ri qo’llash yo’l-yo’riqlarini o’rgatuvchi tilshunoslik bo’limiga aytiladi. Berilgan gaplarning ma’nosi tinish belgisini qo’yish bilan o’zgartiring. Har bir gapni o’zgarguncha o’zgargandan keyin o’qing, hamda ohangiga e’tibor qarating. Sobir akam keldi. Yaxshi bolalar vaqtini bekor o’tkazmaydi. Xona katta kishilarga yoqdi. Gullar chiroyli stolni bezab turibdi. Akam kecha kelgan mehmonlarni o’zi kutib oldi. Ajdodlarimiz ulug’ temuriylarga borib tutashadi. Nutqning ishlatilishi.Nuqta quyidagi: Tinch ohang bilan aytiladigan darak, buyruq va undov gapdan keyin: Oltin kuz fasli kirib keldi.Darslarni o’zvaqtida tayyorlab yurgin.Koshki ,uning kuchi yetsa. Birinchi qismda nuqta, ko’p nuqta, undov yoki so’roq belgisi bo’lgan ko’chirma gap o’rtasida kelgan muallif gapdan keyin: men hozir jo’nayman, - dedi u. – Siz esa yarim soatlardan keyin yo’lga chiqing. Qisqartirilgan ism va familiyaning birinchi harf yoki qismidan keyin: M. Ism. (Mirzakalom Ismoilov) Sanash yoki ayrim fkirning qismini ifodalagan va oy,kun, yilni bir – biridan ajratish uchun qo’llangan raqm yoki harfdan keyin: 27.09.2002 kabi biridan ajratish uchun qo’llangan Eslatma: Qavsga olingan manbadan oldingi gap oxiridagi tinish belgisi o’z o’rnida saqlanadi va qavsdan keyin hech qanday tinish belgisi qo’yilmaydi. Shuningdek, sarlovhadan keyin (darak gap bo’lsa) nuqta qo’yilmaydi. Lekin sarlovha biridan ortiq mustaqil sodda gapdan tuzilgan bo’lsa oldindagilardan keyin nuqta qo’yiladi, oxirgisidan keyin qo’yilmaydi. Gap. Sodda gap. So’roq belgisining ishlatilishi. So’roq belgisi quyidagi holda qo’yiladi: So’roq gapdan keyin: Ishga tayyormisiz? So’roq bir ortiq bo’lishi mumkin. Bunda: So’roq gap mustaqil bo’lsa har biridan so’ng so’roq belgisi qo’yiladi: Qishloq qanday? Og’aynilar yaxshi yurishibdimi? Agar so’roq gap mazmuniy umumiy bir fikrni ifodalasa va qo’shma gap tarzida bo’lsa, eng so’nggi so’roq gapdan keyin qo’yiladi: Kim kelyapti: Sarvimi, Rahbarmi yo akangning bolalarini yetaklab kelyaptilarmi? Gap darak gap bo’lib undagi biror so’z yoki ibora noaniq bo’lsa va gumon ifodalansa, undan keyin so’roq belgisi qo’yiladi: Bu ishning hammasidan yarim soat (?) ichida bajarar ekanmiz. Eslatma. Bazan qo’shma gap tarkibidagi sodda gapning oldingisi so’roq qolgani esa uning izohi sifatida kelishi mumkin bunday holda ular orasiga yoki tire qo’yilishi mumkin lekin qo’shma gapning qismi vergul yoki tire bilan ajratish shart bo’lganligi tufayli so’roq belgisi qo’yilmaydi. U ertaga keladimi, kelmaydimi, bu men uchun qorong’u. Undov belgisining ishlatilishi. Undov belgisi quyidagi hollarda ishlatiladi. His-hayajon ifodalangan gapdan keyin: Yoshligimizda naqadar baxtiyor edik. Buyurish, tilak orzu ma’nosini ifodalagan gapdan keyin: Hoziroq bularni ko’zimdan yo’qoting! Qani endi quyosh kabi osmonda parvoz qilsa! Gap boshida kelib, kuchli his-hayajon ifodalangan undalma, undov hamda ha va yo’q so’zidan keyin: Yo’q! Rustam bunday qabihlikka bormaydi hech qachon! Azizlar! Sizni mustaqillik bayrami bilan tabriklayman! Bunda undovdan oldingi so’z mustaqil gap sifatida qaraladi. Ko’p nuqtaning ishlatilishi. Fikr tugallanmaganda: Agar hozir gapingizni to’xtatmasangiz… So’zlovchining o’ylashi, mulohaza qilishini ko’rsatadi: Bugun… bugun oldingizga o’tsam bo’ladimi? Ba’zan kimningdir savoliga javob bermay, indamay turganini ko’rsatish uchun: Mendan rozimassiz, bilaman, kechirmaysiz… Biror so’z yoki gapning tushirilganini ko’rsatish uchun: Bugun yettinchi bo’limga kelib, … oshdi. Ko’p nuqta, undov va so’roq belgining birga kelishi. Gap mazmuni maskur tinish belgisini birga qo’llanishini taqazo qiladi. Bunda: So’roq mazmunidan his hayajon kuchliroq bo’lgan gapdan keyin avval undov, keyin so’roq belgisi birikkan holda (!?) qo’yiladi. Kuchli his-hayajon bilan berilgan savolni ifodalaydigan so’roq gapdan so’ng avval so’roq, keyin undov belgisi birikkan holda qo’yiladi: A?!-Xonkeldiyeva turgan yerida surat bo’lib qoldi. Kuchli his-hayajon ifodalangan va mazmunan tugallanmagan gapdan keyin avval undov keyin ko’p nuqta birikkan holda (! …) qo’yiladi:-Nafisa! … Mazmunan tugallanmagan so’roq gapdan so’ng avval so’roq keyin nuqta birikkan holda (? …) ishlatiladi:-Nima dedingiz? Bularni hammasi men uchun? … Vergulning ishlatilishi. Uyushiq bolak orasida. Bog’lovchisiz birikkan uyushiq bo’lak orasida. Andijon, Namangan, Qo’qon-O’zbekning chamani, bog’u bo’stoni. Takrorlanuvchi bog’lovchi bilan birikkan uyushiq bo’lak orasida: U goh kulimsiraydi, goh chuqur o’yga toladi. Zidlovchi bog’lovchi yordamida birikkan uyushiq bo’lak orasida: Zamiraning baland, ammo mayin ovozi bor edi. Undalmani gapdan ajratish uchun. Kirish so’zni va tuzulishiga ko’ra murakkab bo’lmagan kirish gapni ajratish uchun: Xullas, ertaga shu yerda yotiladigan bo’ldi. Men sizga aytsam, odamning yomoni bo’lmaydi. Ha va yo’q so’zini gap bo’lagidan ajratish uchun: Ha, bu gapingiz to’g’ri. Gapning ajratilgan bo’lagini ajratib ko’rsatish uchun: Biz 22-guruhda o’quvchi qizlar, Xayriniso ham biz bilan yonma yon turib o’qishini istaymiz. Bog’lovchisiz bo’g’langan qo’shma gapda: Eshik ochildi, ichkariga muzday havo kirdi. Va,hamda, ha yoki boshqa bog’lovchi bilan bog’langan qo’shma gapda: Hmma gapirdi, lekin u bir chekkada xomush o’tirar edi. Ergash bosh gapni ajratish uchun: Hamma yig’ilsa, majlis boshlanadi. Muallif gapini ko’chirma gapdan ajratish uchun:-BUgungi qilgan ezgu ishlarimiz, -dedi ota, -kelajak uchun mustahkam poydevor vazifasini bajaradi. Nuqtali vergulning ishlatilishi. O’z ichida vergul bo’lgan yoyiq uyushiq bo’lak orasida: Mehnat, ijod, odam sharafi; Dil yorug’i, hayot quvonchi- Hammasining asli manbayi Sen, vatanim-tinchlik tayanchi. O’z ichida vergul bo’lgan, mazmunan ma’lum darajada mustaqillikka ega sodda gaplar orasida hamda har xil turdagi gapni o’z ichiga olgan qo’shma gapda: Daraxtlar, butalar shitirladi; Kuzning salqin nafasi yuzga uruldi; Qavsli harf yoki raqam bilan tartiblangan gapning oxirgisidan boshqasida: Qo’shma gap 3ga bo’linadi: Bog’langan qo’shma gap; Bolg’lovchisiz qo’shma gap; Ergash gapli qo’shma gap. Ikki nuqtaning ishlatilishi Uyushiq bo’lakdan oldin kelgan umumlashtiruvchi so’zdan so’ng: Yig’ilishda tajribali ishchilar: Salim aka, Abdukarim aka va Sobirjonlar so’zga chiqishdi. Eslatma. Ba’zan umumlashtiruvchi so’z yashirinishi mumkin, lekin ikki nuqta qo’yilaveradi: Qilinishi kerak: Traktorlar ta’mirdan chiqarilsin. Quyidagi ma’noni ifodalagan bog’lovchisiz qo’shma gapda: Bir gap ikinchi gapdan anglashilgan ish-harakatning sababini ko’rsatsa. Bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish harakatining natijasini ko’rsatsa. Agar biror gap boshqa bir gapning mazmunini to’ldirsa yoki izohlasa. Ko’chirma gapdan oldin, muallif gapidan so’ng. Tirening ishlatilishi. Ot, son, olmosh va harakat nomi bilan ifodalanib, kesim bilan bog’lamasiz birikkan ega va kesim orasida: O’zbekistonning poytaxti-Toshkent. O’qish-hayotni uqish. Uyushiq bo’lakdan keyin kelgan umumlashtiruvchi so’zdan oldin: Akam, opam va singlim-barchasi meni kutib o’tirishgan ekan. Ajratilgan bo’lak bilan izohlanmish orasida: Men-Aliyev To’ychi, 1973-yilda Dehqonobodda tug’ilganman. Kirish gap bilan gap bo’lagining orasida. Muallif gapi bilan ko’chirma gap orasida:-Bugun kelasizmi? –So’radi qizi. Dialok tipidagi ko’chirma gapda. Kutilmagan voqea hodisani ifodalagan gapdan oldin: Kecha sizlarnikiga borgan edim-Asqarjon kelibdi! Zid ma’noli bog’lovchisiz qo’shma gap orasida: Jismimiz yo’qolur-o’chmas nomimiz. Qavsning ishlatilishi. Ifodalanoyotgan fikrga yoki uning biror bo’lagiga qo’shimcha izoh beruvchi so’z yoki ibora qavsga olinadi: Karimjon (sinfimizning a’lochisi) oliy o’quv yurtiga kiribdi. Eslatma. Qavsdan oldingi tinish belgi qavsdan keyin qo’yiladi: Chavandoz bu gapni Ertoirga aytishni ham, aytmaslikni ham bilmay (aytsa Ertoyev xafa bo’ladi, aytmasa bir joydan chatog’I chiqishi mumkin), boshi qotib… turganda… Gulnora mojarosi chiqsa bo’ladimi? Kiritma gap yoki dramatik asardagi remarka qavs bilan beriladi: Ukam (sen uni taniysan) bu yil maktabni bitirdi. Misol yoki ko’chirmaning manbai: Eshik qars etib yopildi (O.Yoq.); Kirish so’z yoki iboraga oid tinish belgi qavsning ichiga olinadi: To’satdan uning xayoliga ukasining bunday besh-olti oy oldin… yozgan xati (o’shandan beri undan dom darak yo’q!)… tushdi. Qoshtirnoqning ishlatilishi. Ko’chirma gapni ajratib ko’rsatish uchun: ”Ertaga kelaman”, -dedi. Ko’chma, shartli nom va taxallus ma’nosidagi ayrim so’z va so’z birikmasi ham qo’shtirnoqqa olinishi mumkin: “Tog’ asali” sotadigan yigit… dovonning naryog’iga o’tib ketgan Adabiyotlar: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat tili” “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” haqidagi qonunlari. “Xalq ta’limi”. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. T. 1993. 23 Hozirgi o’zbek adabiy tili. T. 1996 Azizov O. Tilshunoslikka kirish. T. 1963. Mirzayev M., UsmonovS., Rasulov R. O’zbek tili. T. 1979. 1-2 Shodmonov E., Nafasov T. Hozirgi o’zbek tili. Laboratoriya mashqlari. T. 1986 www.ziyonet.uz Download 46.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling