Sinf 7
O‘quv fanining nomi: Ona tili
Mavzu nomi: Gumon olmoshlari
Darsning maqsadlari:
a) ta’limiy maqsad: “Gumon olmoshlari” mavzusi bo‘yicha yangi bilimlar bilan qurollantirish, o‘quvchilarga gumon olmoshlari haqida nazariy ma’lumotlar berish, o‘quvchilarda mavzu bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish.
b) tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, ma’naviy va estetik tarbiya berish.
v) rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, tafakkurini, og‘zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish, erkin fikrlashga, muammoli vaziyatlar yechimini topishga o‘rgatish, gumon olmoshlariga nisbatan bilim, ko‘nikma va malakalarini boyitish.
Shakllantiradigan kompetensiyalar:
Kommunikativ kompetensiya: o‘z fikrini og’zaki va yozma ravishda tushunarli bayon qila olish, dars davomida adabiy tilda so‘zlashishga erishish;
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: mavzuga doir turli xil adabiyotlar, jumladan, kitob, jurnal, televizor, telefon, kompyuterdan foydalana olish;
O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi: dars davomida o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, mustaqil o‘qib-o‘rganish, bilimini muntazam oshirib borish;
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar: topshiriq va mashqlarda keltirilgan misollardagi insoniylik, ezgulik, rostgo‘ylik, mehribonlik va boshqa fazilatlarga ega bo‘lishidagi o‘ziga xosliklarga qarab turib xolis mulohaza yuritish;
Matematik savodxonlik kompetensiyasi: dars davomida integratsiyalash orqali mantiqiy fikrlashini oshirish;
Nutqiy kompetensiya: dars davomida og‘zaki va yozma nutq savodxonligini rivojlantirib borish va mustaqil, erkin fikrlashga erishish;
Lingvistik kompetensiya: o‘quvchilarda morfologiyaga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish, dars davomida olingan bilim, ko‘nikma va malakalardan hayotiy faoliyatlarida foydalana olishga o‘rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |