2-topshiriq. alla- yoki -dir qo‘shimchalarini olgan yuqoridagi so‘zlarning ma’nolarini tushuntiring.
So‘roq olmoshlariga alla- yoki -dir qo‘shimchasini qo‘shish yo‘li bilan gumon olmoshlari hosil qilinadi.
Alla- qo‘shimchasi so‘roq olmoshlari oldidan, -dir qo‘shimchasi esa so‘roq olmoshlari so‘ngidan qo‘shiladi.
Har ikki qo‘shimcha asos qism bilan qo‘shib yoziladi.
Narsa so‘zi faqat alla- qo‘shimchasi yordamida gumon olmoshiga aylanadi.
Bir so‘zi kishi, narsa, nima kabi so‘zlarga qo‘shilib, bu so‘zlarga gumon ma’nosini yuklaydi. Ularni kimdir, nimadir, qachondir singari gumon olmoshlari bilan almashtirish mumkin. Bunday vaqtda bir so‘zi gumon olmoshi o‘rnida qo‘llangan bo‘ladi. Shu bilan birga birov so‘zi ham kimdir so‘zi bilan erkin almashina olgani uchun gumon olmoshi hisoblanadi.
Slaydda turli xil rasmlar o‘quvchilarga ko‘rsatiladi O‘quvchilar rasmlar asosida gaplar tuzib, gaplardan gumon olmoshlarini topadilar.
Masalan: Xushbo‘y gullar ustida qayerdandir kapalak paydo bo‘ldi.
Allakim choynakka choy damlayapti.
Kimdir rasm chizyapti.
O‘quvchilarning mustaqil va sinf taxtasida bajarilgan topshiriqlardan kelib chiqib barcha fikrlar umumlashtiriladi va xulosa chiqariladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. (10 daqiqa)
“Kim chaqqon?” o‘yini
O‘quvchilarga 3 tadan gumon olmoshlari yozilgan tarqatmalar tarqatiladi. Ular shu gumon olmoshi ishtirokida 3 tadan gap tuzadilar. Qatorlardan bittadan o‘quvchi doskaga chiqib, bu vazifani doskada bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |