Sinf 7 O‘quv fanining nomi: Ona tili Mavzu nomi: Gumon olmoshlari Darsning maqsadlari: a ta’limiy maqsad


Download 247.29 Kb.
bet5/7
Sana21.06.2023
Hajmi247.29 Kb.
#1641214
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-sinf ona tili 20.Gumon olmoshlari (Ochiq dars)

Allakim

Nimadir

Qandaydir


Partalararo kichik guruhlarda ishlash.
Darslikda berilgan mashqlar guruhlash va tahlil usulida bajariladi.
Qatorlarga darslikda berilgan 70-mashqni shartiga ko‘ra bajarishlari vazifa qilib topshiriladi. Bunda o‘quvchilar berilgan gaplarni ko‘chirib, gumon olmoshlarining tagiga chizadilar.
70-mashq. Ko‘chiring. Gumon olmoshlarining tagiga chizing. Boshqalar bilan suhbat qilayotganingizda, gumon olmoshlaridan foydalanasizmi?
1. Pochchamdan dasturxonni olib qoqish uchun gilosning yonidan o‘tarmanmi, allanima baloga turtinib ketdim. (Abdulla Qahhor) 2. Shorahim ko‘z yoshidan hech narsani ko‘rmay, allanimalar deb g‘udrandi. (O. Yoqubov) 3. Allaqayerdan oyim paydo bo‘ldi. (O‘. Hoshimov) 4. Aniq yili esimda yo‘q, Allaqaysi zamonda Bir qishloqda ota-o‘g‘il Yashar ekan omonda. (A.Oripov) 5. Hovlida allakimning qorasi ko‘rindi. (Oybek) 6. Qaysidir yili, aniq esimda yo‘q, qish juda erta keldi. (Qo‘chqor Norqobil) 7. Bu yigitning nimasidir unga rahmatli otasini eslatardi. (Farid Usmon) 8. Birovning aybini senga aytgan sening aybingni ham birovga aytadi. (Maqol)

71-mashq og‘zaki tarzda bajartiriladi.
71-mashq. O‘qing. Gumon olmoshlari qanday hosil qilinganini aytib bering. «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida ilgari surilgan g‘oya haqida fikrlaringizni aytib bering.
1. Kimdir qarshi so‘z aytgan edi, muallim jerkib berdi. (Abdulla Qahhor) 2. Normurod Shomurodov allaqanday shubhadan yuragi zirqirab o‘z kabinetiga kirdi. (O.Yoqubov) 3.Kimdir ot yetaklab o‘tar azonda, Uzilar ko‘chaning sahargi tushi. (Shavkat Rahmon) 4. Ayol qalbi tosh bo‘lsa ham, allaqayeri paxtadan yumshoq, ipakdan mayin bo‘ladi. (Said Ahmad) 5. Hazil-huzul bilan birpasda allaqancha piyozni qanorlarga joyladik. (O‘. Hoshimov) 6. Kimdir – erkakmi, ayolmi, Nazir ota kiyimidan ajrata olmadi – gul do‘konining oldini supuryapti. (O‘. Umarbekov) 7. Bu dunyoda – tabiatda ham, jamiyatda ham bo‘shliq bo‘lmaydi. Qayerdadir bo‘shliq paydo bo‘ldimi, hech shubhasiz, uni, albatta, kimdir to‘ldirishga harakat qiladi. («Yuksak ma’naiyat – yengilmas kuch» asaridan)

72-mashq yozma tarzda bajartiriladi.
72-mashq. Gumon olmoshlari ishtirokida to‘rtta gap tuzing. Gumon olmoshining qanday qo‘shimchalar yordamida hosil bo‘lganini ayting.


Download 247.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling