Sinf 7 O‘quv fanining nomi: Ona tili Mavzu nomi: Gumon olmoshlari Darsning maqsadlari: a ta’limiy maqsad


Darsdan kutilayotgan natijalar – mavzuni o‘zlashtirgandan so‘ng o‘quvchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar


Download 247.29 Kb.
bet2/7
Sana21.06.2023
Hajmi247.29 Kb.
#1641214
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-sinf ona tili 20.Gumon olmoshlari (Ochiq dars)

Darsdan kutilayotgan natijalar – mavzuni o‘zlashtirgandan so‘ng o‘quvchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:
1. O‘zbek adabiy tilida gumon olmoshlari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar.
2. Gumon olmoshlari nimaligini va qanday yasalishini bilib oladilar.
3. Gumon olmoshlarining tilimizdagi o‘rni haqida ma’lumot oladilar.
4. Turli xil amaliy-nazariy topshiriqlar, mashqlar asosida gumon olmoshlarining qo‘llanilish holatlarini amalda ko‘radilar.
Dars tipi: aralashgan dars.
Ta’lim metodlari va texnologiyalari: suhbat, “Zanjir” metodi, “Uyalarni to‘ldiring!” texnologiyasi, tushuntirish, ko‘rsatish, namuna, og‘zaki va yozma bayon qilish (debat), “Kim chaqqon?” o‘yini
Ta’lim shakllari: slaydlar asosida kichik guruhlarda ishlash
Ta’lim usuli: o‘yin va topshiriqlar, matn va mashqlar asosida
Baholash metodlari: rag‘batlantirish va baholash
Axborot manbalari va texnik vositalari: kompyuter, proyektor, ekran, slayd, ko‘rsatmali va tarqatma materiallar, rangli va oq qog‘ozlar, markerlar.
Dars turi: nazariy-amaliy.
Darsga ajratilgan vaqt miqdori: 45 minut.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. (5 daqiqa)
a) o‘quvchilar bilan salomlashish;
b) o‘quvchilarni darsga hozirlash;
d) o‘quvchilar davomatini aniqlash;
e) dars shiori hamda kun hikmatini e’lon qilish va uni muhokama qilish.


Lekin toza, soz yozamiz.


  • Kun hikmati: Zulmat ichida bo‘lmaguningizcha, yorug‘likning haqiqiy bahosini bilmaysiz.

Umar Hayyom
II. Uy vazifasini so‘rash va baholash. (10 daqiqa)
1. O‘quvchilar partalararo kichik guruhlarga ajratiladi va ularga nom beriladi.
I guruh: “Donolar” II guruh: “Zukkolar” III guruh: “Topqirlar”

1. “Zanjir” metodi o‘tkaziladi. Unga ko‘ra o‘quvchilar belgilash olmoshlariga ketma-ket bittadan gap tuzadilar. Zanjirning halqalarini uzib qo‘ymaslik uchun har bir o‘quvchi gap tuzishi kerak bo‘ladi. Masalan, 1-o‘quvchi: Har birimiz intizomli bo‘lishimiz kerak. 2-o‘quvchi: Hammamiz yig‘ilishga boramizmi? va hokazo.

2. “Uyalarni to‘ldiring!” metodi o‘tkaziladi. Unga ko‘ra qator sardorlari keltirilgan olmoshlarni kerakli uyalarga joylashtiradilar.

Download 247.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling