G’uzor tuman Ubaydulla Uvatov nomli 1-maktab direktori
Usmonova Lola Hamidovna so’zi.
Maktabimizda 2123 nafar o’quvchiga 150 nafar o’qituvchi ta’lim va tarbiya beradi. Maktabimiz 2020-yil rekanstiruksiyaga tushdi, 1969-yilda qurulgan 120 o’rinli paxsa devor o’rniga 360 o’rinli yangi bino qad ko’tardi. Shaharni qoq markazida tursakda biz 2020-yilgacha umalanib turgan paxsa devorda, qora partalarda o’quvchilarimiz o’qirdi. Qisqa fursatda maktabimiz tubdan o’zgardi. 2021-yil 23-fevraldan 360 o’rinli jihozlangan yangi binoda o’quvchilar o’qishni boshladi. Yana huddu shu kunda sizni tavsiyangiz bilan Ubaydulla Uvatov nomi berildi. Bu bizni jamoamiz, o’quvchilarimiz, ota-onalarimiz uchun juda katta yangilik bo’ldi. Yana shunga qo’shimcha 690 o’qinli binomiz qayta ta’mirlandi. Agar maktabimizni hozirgi xolatini ko’rsayiz oxirgi ikki yilda juda ham katta o’zgarishga ega bo’ldi. Oldin maktabni sharoitini to’g’irlash uchun harakat qilardik. Qaysidir sinfga singan parta, qaysidir sinfga singan stullar tashvishga slogan bo’lsa, xozir esa sifatli ta’limni yanada yo’lga qo’yishga imkoniyatlarimiz keng bo’lib qoldi. Zamonaviy maktab sinf xonalariga ishlayotganimizdan hursandmiz.
2023-yil 21-yanvar kuni “Maktab o’quvchilariga xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni o’rgatish tizimini rivojlantirish bo’yicha“ o’tkazilgan yig’ilishingiz bizga yana ham quvonch bag’ishladi.
2021-2022- o’quv yilida 71 % o’quvchimiz oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirdi, O’shanda meni o’ylantirgan narsa 29 % o’quvchimiz taqdiri edi. Endi mana bunga ham siz yechim topib berdiz. Endi ular maktabda ta’lim bilan birga hunar ham o’rganadi. Bizning maktabimizda ham o’quvchilarga mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda, ikkita xorijiy til va beshta zamonaviy kasblar tanlab olingan. Oldin ota-onalarimiz farzandlari 24-25 yoshga kirgungacha ularni qo’shimcha daromad topishi haqida o’ylamardilar ham. Endi ular 17 yoshda hunarga ega bo’ladi, qo’shimcha daromad topadilar. Buni barchasidan jamoamiz o’qituvchilari, o’quvchilarimiz, ota-onalarimizni minnatdorchiliklarini sizga so’z bilan ta’riflab bera olmiyman.
Sizga o’z nomimdan, jamoam o’quvchilarim, ota-onalarim nomidan chuqur minnaddorchilik bildiraman. Umringiz uzor bo’lsin iloxim, xech qachon charchaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |