01 умичт ўқув қул


Download 4.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/119
Sana01.11.2023
Hajmi4.51 Mb.
#1736651
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   119
Bog'liq
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma

Yanchish usullari. Urug’ni va mag’izni yanchishda quyidagi usullar 
qo’llaniladi: 
urib yanchish; 


88 
bosib yanchish; 
ishqalab yanchish; 
siqib yanchish. 
Moyli xom ashyolarni yanchish uchun o’qli qurilmalari ishlatiladi. Yanchish 
qurilmalari o’qlarining joylashishiga ko’ra vertikal, gorizontal holda, o’qlar soni esa
ikki, to’rt va besh o’qli bo’ladi. 
Yanchish qurilmalarda xom ashyoni maydalanish darajasi har xil bo’ladi. 
O’qlarning bir xil tezlikda aylanishi sababli xom ashyo bosilib yanchilanadi, o’qlarni 
turlicha tezlikda aylanishi tufayli ishqalab yanchish ro’y beradi. 
Moyli xom ashyolarni besh o’qli valtsovkalarda yanchilishi o’qlarning og’irligi 
ta‘sirida bosilib va o’qlarni turlicha tezlikda aylanishi tufayli ishqalanish ta‘sirida 
ro’y beradi. Gorizontal joylashgan ikki o’qli valtsovkalarni xom ashyoni yanchilishi, 
valiklarning ikkalasi ham bir xil tezlikda aylanishi sababli siqilib yanchiladi, shu 
sababdan ham yanchilma yaproqsimon yassi bo’ladi. Moyli xom ashyoni yuzasi 
taram-taram bo’lgan o’qlarda yanchishda yanchilish mag’izni taram-taram sirtlarida 
kesilishi tufayli mag’iz yorilib yanchilma bo’lak-bo’lak holida bo’ladi.
Mahsulotni yanchilish darajasiga va qurilmaning ish unumdorligiga zarraning 
o’qlar orasiga tutilishi ta’sir etadi, bu esa o’qlar diametri va ular orasidagi ishchi 
oralig’iga bog’liq. 
Mahsulot zarralari vallar oralig’idan o’tishi uchun quyidagi shartlar bajarilishi 
kerak. Valiklar orasiga tushgan zarracha valiklar sirti bilan uchrashadi va o’z og’irligi 
bilan sirtiga tegib turgan nuqtasiga bosim bilan ta‘sir etadi. Bu bosim valiklarni tegib 
turgan sirtini A va A
1
nuqtalariga P kuch bilan ta‘sir etadi (41-rasm). Ta‘sir etayotgan 
kuch P yo’nalishi va valiklarni gorizontal o’qlari orasidagi burchak o’rab oluvchi 
burchak deyiladi. 
Ta‘sir etuvchi P kuchning vertikal tashkil etuvchi kuch 
α
sin
P
yuqoriga 
yo’nalgan bo’lib zarrachani yanchish zonasidan yuqoriga itarishga harakat qiladi. 
Ammo bunga pastga tomon yo’nalgan ishqalanish kuchi 
α
cos
fP
qarshilik qilib, 
zarrachani yanchilish tomoniga tortadi. Zarrachaga ta’sir etuvchi kuchlarni quyidagi 
tenglama orqali ifodalash mumkin: 


89 
α
α
cos
2
sin
2
fP
P
=
. (6.1) 
Zarracha valiklar orasiga kirib yanchilishi uchun:
α
α
cos
sin
<
f
, ya‘ni 
α
tg
<
ϕ
tg
yoki 
α
<
ϕ
, (6.2 ) 
bu yerda 
ϕ
-mahsulotni valga ishqalanish burchagi, grad; 
α

tortishish 
burchagi, grad; 
f- ishqalanish koeffitsienti. 
Demak, zarrani vallar orasida ushlab qolish uchun o’rab oluvchi burchak 
ishqananish burchagidan kichik bo’lishi kerak. O’rab oluvchi burchakning qiymati 
yanchilayotgan zarrani o’lchamiga d, valiklarning diametriga D va ular orasidagi 
tirqishga b bog’liq: 
d
D
b
D
+
+
=
α
cos
. (6.3) 
Xom ashyoni yanchilishi, yanchilish koeffitsienti bilan xarakterlanadi. 

Download 4.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling