01tpmcworksheetscolourandbw (1) (1). pdf (Рабочий лист (A4 портретная ориентация)), копия, копия
Download 4.09 Mb.
|
O\'zgaramiz 9- mavsum
SANA 2-KUNSWOT tahlili–insonning kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilib kelajakdagi imkoniyatlar va tahdidlarni aniqlashda ishlatiladigan texnika. Bu texnika sizga kuchli tomonlaringizni aniqlashda , kuchsiz tomonlaringizni yoʻqotishda va shularni hisobga olgan holda kelajakdagi imkoniyatlaringizni topib ulardan foydalanishga yordam beradi. SWOT tahlilini quyidagi savollarga javob bergan holda amalga oshirishingiz mumkin bo‘ladi: Kuchli tomonlar (Strengths) boshqalarda boʻlmagan noyob qobiliyatingiz bormi ? qaysi ishlarni boshqalardan koʻra yaxshiroq bajarasiz? boshqa odamlar sizni qaysi tomonlama koʻproq yaxshi deb hisoblaydi? qaysi muvaffaqiyatlaringizdan gʻururlanasiz? qanday qadriyatlar bilan boshqalardan ajralib turasiz? siz biror bir jamoaning qismimisiz? Odamlar bilan qanday aloqadasiz? Zaif tomonlar (Weaknesses) qaysi ishlarni qilishni uddalay olmayman deb oʻylaysiz va shu ishlardan oʻzingizni olib qochasiz? atrofingizdagi odamlar sizning qaysi tomonlaringiz yoki ishlaringizdan shikoyat qilishadi? siz oʻz oʻqishlaringizda boshqalarga qaraganda past pogʻonada turasizmi? qanaqa yomon odat va xarakteringiz bor? (kech qolish, uyatchanglik, depressiyaga tez tushadigan) sizda oʻz kasbingizni yuritishingizga xalaqit beradigan shaxsiyat bormi? (masalan, koʻp odamlar oldida nutq soʻzlashdan qoʻrqish) Imkoniyatlar (Opportunities) qaysi sohalarda qiyinchiliksiz faoliyat yurita olasiz? • oʻzingizning zaif tomonlaringizni qanday qilib yaxshilamoqchisiz? qaysi kompaniya/sanoat/kasbning siz kabi odamlarga ehtiyoji bor? iste'dodlaringizni yanada rivojlantirmoqchimisiz? qobiliyatlaringiz siz tanlagan kasbga qanday foyda keltiradi? yangi loyiha/mahorat (hayotingizda yangi narsalarni kashf etishgayordam beradigan) ish/o‘qishda muammolarga duch kelyapsizmi ? biror bir safdoshingiz sizdan yaxshiroq boʻlishga harakat qilyaptimi yo sizdan yaxshiroq biror kishi bormi? sizning kasbingiz oʻzgaryaptimi? yangi texnologiya bilan ishlashni bilmasligingiz ishingizga tahdidsolyaptimi? qaysidir zaif tomonlaringiz sizni tahdidga solishi mumkinmi? Vazifalar: Yuqoridagi savollarga asoslanib pastdagi jadvalnitoʻldiring (Oʻzingizni tahlil qilayotganda kuchli yoki zaif tomonlaringizni boʻrttirib yubormang). Oʻz zaif tomonlaringizni kuchga aylantirishga harakat qiling. Imkoniyatlaringizdan to‘g‘ri foydalanish haqidao‘ylang. Download 4.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling