01tpmcworksheetscolourandbw (1) (1). pdf (Рабочий лист (A4 портретная ориентация)), копия, копия
Download 4,09 Mb.
|
O\'zgaramiz 9- mavsum
SANA 3-KUN86% odamlar uzoq muddatli rejalar tuzgandan so’ng 1-haftasidayoq bu maqsadlardan voz kechishar ekan. Bunga asosiy sabablardan biri insonlarning maqsadni to'g'ri qo'yish usullarini bilmasligidir. Uzoq va qisqa muddatli maqsadlarni to'g'ri qo'yib ularga erishishni xohlasangiz CLEAR maqsadlarni yozishni boshlang. CLEAR maqsadlar SMART modelining muqobili hisoblanib mazmunli va aniq maqsadlarni yaratishga yordam beradi. CLEAR maqsadlar yordamida siz nima qilayotganingizni, nima uchun qilayotganingizni va buni qanday qilishni rejalashtirayotganingizni aniq belgilashingiz mumkin. CLEAR maqsadlar bu C-Collaborative (Hamkorlik), L-Limited (Cheklangan), E-Emotional (Hissiy), A-Appreciable (E'tiborga sazovor), R-Refinable (Qayta tiklanadigan). CLEAR maqsadlar qanday tuziladi ? Maqsadlarni tuzayotganda shu 5 narsaga e'tibor bering:
◽Biror maqsadga erishishlikda kimlar ishtirok etadi ? ◽Loyiha yoki jamoa boshlig'i kim ? ◽Bunga erishish uchun kimdan yordam kerak ? ◽Bu maqsadga erishish kimga foyda keltiradi ? Shaxsiy maqsadlarni tuzayotganda esa quyidagi savollarni berish kerak:
◽Qachon unga erishish yoki tugatishni maqsad qilayabsiz ? ◽Bu maqsdga erishishning oxirgi muddati ? ◽ Ushbu maqsadga erishishda qilish kerak va qilish mumkin bo'lmagan narsalar bormi ? ◽Maqsadga erishilganini qanday bilsam bo'ladi ?
◽Nima uchun bu maqsad muhim ? ◽Men bu maqsadni amalga oshirishga qanchalik ishtiyoqliman ? ◽ Maqsadim his-tuyg'ularimga (yoki jamoamning tuyg'ulariga) qanday ta'sir qiladi ?
◽Keyingi eng aniq harakatim nima ? ◽Ushbu maqsadga erishishning asosiy bosqichlari qanday ? ◽ Ushbu yakuniy maqsad sari ishlayotganimda yana qanday maqsadlarga erishishim mumkin ? ◽Maqsadimni o'lchab bo'ladimi ?
◽ Umumiy maqsadni o'zgartirishga olib keladigan qanday vaziyat yoki yangi ma'lumotlar paydo bo'lishi mumkin ? ◽ Yuz berishi mumkin bo'lga eng yaxshi holatga qanday moslashaman ? ◽ Yuz berishi mumkin bo'lga eng yomon holatga qanday moslashaman ? Vazifa: CLEAR maqsadlar yordamida shaxsiy yoki jamoviy ish uchun 3 oylik maqsadlarni yozib chiqing. Manbalar: https://hqhire.com/clear-goals/ https://checkify.com/blog/cleargoals/#:~:text=So%2C%20what%20is%20a%20CLEAR,action%20plans%20to%20achieve%20it. Download 4,09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling