022 yil mavzu: Dilshodi Barno hayoti va ijodi


Download 351.61 Kb.
bet6/32
Sana03.01.2023
Hajmi351.61 Kb.
#1075806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Yusupova G. o\'zb adab tarixi mustaqil ishi

Shoir ijodiyotida lirika asosiy o’rinni egallaydi. Shu bilan bir qatorda o’z zamonasining ilg’or kishisi sifatida, hayotda ro’y berayotgan voqea-hodisalarga bee’tibor bo’la olmaydi, adl-insofni targ’ib qilish, xalqparvarlik motivi uning she’riyatida yaqqol seziladi. Shoir she’rlarida falakdan norozi bo’lish kayfiyati ustuvor. Shu jihatdan shoir xon va uning laganbardor, insofsiz amaldorlarining qilmishlarini o’ziga xos uslubda kinoya va satirik yo’nalishda keskin ochib beradi

Jumladan, «Qarg’a» radifli g’azalida quyidagicha msiralar bor:

Jumladan, «Qarg’a» radifli g’azalida quyidagicha msiralar bor:

Qushlardan o’zini go’yo aylab shumor qarg’a,

Parvoz urar havoni aylab favvor qarg’a,

Andinkim, o’zga qushlar bosmoqg’a or eturlar,

Zavqu surur ila er benanggu or qarg’a.

Ko’rinadiki, shoir ichidagi gaplarni, kesatiqni, kinoyali fikrlarni ko’chma ma’noda qarg’a tilida ifodalab bergan. Qarg’a obrazi orqali surati odam, siyrati tubanlikka yo’g’rilgan kimsalarni qattiq qoralaydi. Hayotda eng suyumsiz, ko’ngil xushlamas jonivor – bu qarg’a. Bayoniy hayotda uchraydigan qarg’asifat kimsalarning surati va siyratini qush timsoli orqali chizib beradi. E’tibor qilinsa, boshqa qushlar yaqin bormaydigan, ta’bi tortmaydigan joylarda qarg’a «viqor» bilan yuradi, boshqalar iste’mol qilmaydigan narsalarni ular «zavq» va «surur» bilan, beorlarcha eydi. Dehqonlar ekinlarini payhon qiluvchi, ishlariga zarar etkazuvchi ham qarg’a.

Razolat va yovuzlik hukmron bo’lgan davrda shoir hech bir ro’shnolik ko’rmadi. Adolatsiz, tengsiz va ziddiyatga to’la bu hayotning jabrlaridan iztirob chekdi shoir:

Razolat va yovuzlik hukmron bo’lgan davrda shoir hech bir ro’shnolik ko’rmadi. Adolatsiz, tengsiz va ziddiyatga to’la bu hayotning jabrlaridan iztirob chekdi shoir:

Qaysi g’am bahrini qa’rig’a Bayoniy tushmadi?!

Qaysi mehnat bori oni zoru giryon etmadi?!

Shoirning g’azallarida ishq va ishqiy kechinmalar ham o’ziga xos usulda ifodalangan. Shoir she’riyatida oshiq iztiroblari, quvonchi va ba’zan yordan shikoyati o’z tajassumini topadi. Quyidagi misralarga e’tibor bering. G’azal vaslga zor o’rtangan oshiqning ishqiy kechinma izhoridan boshlanadi:


Download 351.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling