022 yil mavzu: Dilshodi Barno hayoti va ijodi

Download 351.61 Kb.
bet22/32
Sana03.01.2023
Hajmi351.61 Kb.
#1075806
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
Bog'liq
Yusupova G. o\'zb adab tarixi mustaqil ishi

«Anjumani arvoh»da esa xonlikdagi turg‘unlik tanqid qilingan. She’rlari chuqur falsafiy mazmuni, ijtimoiy-siyosiy mushohadalari, Fuzuliy va Bedilona uslubi bilan ajralib turadi. U milliy uyg‘onish davrining barcha shoirlari singari keng ommani ma’rifatga boshlash, haq-huquqini anglatishni adabiyotning bosh mavzui deb bildi.

Siddiqiy vaqtli matbuot nashrlarida ham faol ishtirok etdi.

Vatan, ilm-ma’rifatga bag‘ishlangan maqolalari bilan Qozon, Orenburg va Kavkazdagi nashrlarda ham qatnashdi.

Samarqandda o‘zbek va tojik tillaridagi «Mashrab», «Mulla Mushfiqiy» kabi hajviy jurnallarni, «Zarafshon» gazetasini chiqarishda faol ishtirok etgan. «Mayna», «Ginagina», «Shashpar», «Tir», «Gumnom», «Olmos» imzolari bilan hajviy asarlar yozgan. Ularda sho‘ro tuzumida yuz berayotgan o‘zgarishlarni xushlamaslik, kelajakdan xavotirlanish kayfiyatlari seziladi. 1903 yilda Halvoyi qishlog‘ida shoirning o‘zi qurdirgan maktab hali ham bor, hozir uning nomida. U O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi (1926).

Siddiqiy 1926 yili qattiq kasallanib, 1927 yilning iyul oyida Samarqandda vafot etadi.

10 mavzu: Munavvarqori Abdirashidxonov - o'zbek jadidchilik harakatining yo'lboshchilaridan biri

Reja:

1. Tarixda yangi davrni boshlab bergan shaxs.

2. Ma'rifatchining ulkan merosi

3. Avlodlar unutmaydi sizni

Munavvarqori, Abdurashidxonov Munavvar qori (1878, Toshkent — 1931.23.4, Moskva) — Oʻrta Osiyo jadidchilik harakatining yoʻlboshchisi, 20-asr oʻzbek milliy matbuoti va yangi usuldagi milliy maktab asoschisi, yangi milliy teatr tashkilotchilaridan biri, adib va shoir. Toshkentning Shayxontohur dahasidagi Darxon mahallasida ziyoli oilasida tugʻilgan. Otasi Abdurashidxon Sotiboldixon oʻgʻli mudarris, onasi Xosiyat otin Xonxoʻja Shorahimxoʻja mudarris qizi otinoyi boʻlgan. U oilada uchinchi oʻgʻil boʻlib, katta akalari Aʼzamxon (1872—1919) va Muslimxon (1875—1954) muallim boʻlishgan. Otasidan yosh yetim qolgani tufayli dastlabki taʼlim tarbiyani onasidan olgan. Soʻng oʻz davrining mashhur oʻqituvchisi Usmon domladan ilmi qiroat va tajvidni oʻrganib, hofizi Qur'on boʻlgan

Download 351.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling