022 yil mavzu: Dilshodi Barno hayoti va ijodi


Download 351.61 Kb.
bet26/32
Sana03.01.2023
Hajmi351.61 Kb.
#1075806
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32
Bog'liq
Yusupova G. o\'zb adab tarixi mustaqil ishi

Vasliy Buxoroda boshqa hayot bilan to‘qnashdi. O‘quvchi madrasada 10-15 yillab tahsil olsa ham savodsiz bo‘lib chiqardi. Chunki madrasalardagi o‘qish-o‘qitish ishlarida hech qanday maqsad va reja yo‘q edi. Shoir ana shu muhitni o‘rganib, madrasalardagi tartibsizliklar haqida maqolalar yozadi. Jumladan, “Ta’lim va bildurmakning foydaluv o‘lmog‘i” maqolasida “Tabiiydurkim oning (o‘quvchi) aqli mushkul narsalarni bilmakdan ojizdur va qiyin so‘zni anglamoqdan qosirdur. Zehni katta va og‘ir iboradan shoshur, zeroki iste’dodi anga chidamas va ancha qiyin va daqiq ta’birdan qochur... Chunki maqsadi bilmak edi, bilolmadi qochdi va maqsadi bahra olmoq erdi, ololmadi. Ishda mudarris afandiga bir durust yo‘l boshlamoq munosibdur, toki shogirdi andin bahra olsin...” (“Al isloh”, 1917 yil, 6-son) deb mudarrislarning dars berish usullarini tahlil qilib, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. “...Hech kim ilm holig‘a boqmas, ag‘niyolarga tanga va so‘m bo‘lsa bo‘lur... Uyalmoq ham yaxshi ishdur, millat, vatan ahvolig‘a boqmoq kerak”, deb o‘lkadagi qoloqlikdan afsuslanadi.

Vasliy Buxoroda ishlab yurgan vaqtida madrasa, maktablarning xarobligi, mudarrislarning tajribasizligini tanqid qilgani bois tazyiqqa uchrab, Samarqandga keladi. Dastlab Shohi Zinda, keyinchalik Orifjonboy madrasalarida mudarrislik qiladi va bir vaqtda asar yozish, nashr etish bilan shug‘ullanadi.

Vasliy Buxoroda ishlab yurgan vaqtida madrasa, maktablarning xarobligi, mudarrislarning tajribasizligini tanqid qilgani bois tazyiqqa uchrab, Samarqandga keladi. Dastlab Shohi Zinda, keyinchalik Orifjonboy madrasalarida mudarrislik qiladi va bir vaqtda asar yozish, nashr etish bilan shug‘ullanadi.

Saidahmad Vasliy taraqqiyparvar maorifchilar Abduqodir Shakuriy, Said Ahmad Siddiqiy, Qori Muhammad Rahmiy, Shokir Muxtorov va Fayoz, Ismatulla Rahmatullayev, Hoji Muin, Orif Gulxaniy va boshqa ilg‘or shoir va maorifchilar bilan ijodiy hamkorlik qilgan.

Adibning Samarqanddagi hayoti eng sermahsul davrlardan hisoblanadi. U Samarqandda tanqidiy publitsistik maqolalari, she’rlari va tarjimalari bilan chiqa boshlaydi. Bunga uning "Ittihod va insof", “Madaniyat”, “Bildurmak kimning gunohi?” kabi maqolalari misol bo‘la oladi.


Download 351.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling