Dastlabki bo‘nak to‘lovi – Shartnoma imzolanganidan keyin Operator Aloqa xizmatlarini ko‘rsata
boshlashi uchun Abonent tomonidan to‘la hajmda (100%) to‘lanishi kerak bo‘lgan Aloqa xizmatlari qiymati.
Dastlabki bo‘nak to‘lovi Operator tarmog‘iga kirish imkoniyatini berish qiymati,
Abonent tanlagan
tarif rejasiga muvofiq birinchi hisob-kitob davri uchun Abonent to‘lovi qiymati va tanlangan pulli Aloqa
xizmatlari qiymatidan tarkib topadi.
Aloqa xizmatlari uchun hisob-kitob davri
Tarif rejalarining shartlari, Alohida xizmatlar
to‘plamlarining va boshqa Aloqa xizmatlarining shartlari, Alohida toifadagi abonent raqamini berish shartlari
bilan belgilanadi.
Abonentga Alohida toifadagi abonent raqami berilgan hollarda dastlabki bo‘nak to‘loviga
Alohida
toifadagi abonent raqami qiymati ham qo‘shiladi.
Alohida toifadagi abonent raqami uning haqini qismlarga bo‘lib to‘lash sharti bilan berilgan hollarda
dastlabki bo‘nak to‘loviga birinchi hisob-kitob davri uchun abonent to‘lovi (oylik abonent to‘lovi bo‘yicha
birinchi oy uchun abonent to‘lovi) ham qo‘shiladi.
Operator qabul qilinadigan to‘lovning eng kam miqdorini belgilash huquqiga ega.
Operator tarmog‘iga kirish imkoniyatini berish – Abonentning Shaxsiy ma’lumotlariga ishlov
berish va ularni Operatorning apparat-dasturiy kompleksiga kiritish borasida
Operator tomonidan amalga
oshiriladigan xatti-harakatlar. Abonent Dastlabki badal to‘lovini amalga oshirganidan keyin Operator
tarmog‘iga kirish imkoniga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: