04. Iste'mol va jamg'arish pptx


Download 3.58 Mb.
Sana06.11.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1752760
Bog'liq
Ravshanova Laziza Dinamik makroiqtisodiyot


MUSTAQIL ISH
ISTEʼMOL VA JAMG‘ARISH
Topshirdi:Ravshanova L
Guruh:MEK-89B
Tekshirdi:Mamatova F
Dinamik makroiqtisodiyot
REJA
    • Iste’mol va jamg’arish funksiyalari hamda grafiklari;
    • Isteʼmolga (APC) va jamg‘arishga o‘rtacha moyillik (APS);
    • Isteʼmolga (MPC) hamda jamg‘arishga (MPS) chegaraviy moyillik

Iste’mol va jamg’arish funksiyalari hamda grafiklari
Uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari (bundan buyon iste’mol deb yuritiladi), yalpi talab, yoki YaIMning yakuniy iste’molga ko‘ra tarkibida eng katta ulushga ega bo‘lgan komponentdir.
Iste’mol va jamg’arish funksiyalari hamda grafiklari
Rivojlangan mamlakatlarda iste’mol xarajatlari shaxsiy tasarrufdagi daromadning 90 foizdan ortiq qismini tashkil etadi. Shu tufayli ham iste’mol xarajatlariga ta’sir etuvchi omillarni, uning o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
Iste’mol va jamg’arish funksiyalari hamda grafiklari
Uy xo‘jaliklari tasarrufidagi daromadning iste’mol qilinmasdan qolgan qismi ularning jamg‘armalarini tashkil etadi. Ma’lumki, uy xo‘jaligi tasarrufidagi daromad iste’mol va jamg‘arish uchun ishlatiladi. Ya’ni, qancha ko‘p iste’mol qilinsa, shuncha kam jamg‘ariladi va aksincha.
Iste’mol va jamg’arish funksiyalari hamda grafiklari
Iste’mol va jamg‘arish o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlik har xil daromadga ega bo‘lgan shaxslarda bir xil emas: kam daromadga ega bo‘lganlar, odatda, uning ko‘proq qismini iste’mol qilib, kamroq qismini jamg‘aradi, lekin daromadlari oshib borishi bilan bu nisbat jamg‘arish foydasiga o‘sadi.
Iste’mol va jamg’arish funksiyalari hamda grafiklari
Bu bog‘liqlikni gipotetik ma’lumotlar asosida ko‘rib chiqamiz.
Iste’mol va jamg’arish funksiyalari hamda grafiklari
Iste’mol funksiyasi va grafigi
Bu yerda: a – avtonom xarajatlar;
Yd – tasarrufidagi daromad;
b – iste’mol hajmining tasarrufidagi daromadga bog’liqligini ifodalovchi koeffitsient, boshqacha aytganda iste’molga chegaralangan moyillik.
Iste’mol va jamg’arish funksiyalari hamda grafiklari
Jamg’arish funksiyasi va grafigi
Bu yerda: a – avtonom xarajatlar;
Yd – tasarrufidagi daromad;
b – iste’mol hajmining tasarrufidagi daromadga bog’liqligini ifodalovchi koeffitsient, boshqacha aytganda iste’molga chegaralangan moyillik.
Iste’mol va jamg’arish funksiyalari hamda grafiklari
Iste’mol va jamg’arish hajmiga tasarrufidagi daromad dinamikasidan tashqari quyidagi omillar, to’g’rirog’i bu omillardagi o’zgarishlar ham ta’sir ko’rsatadi:
1. Uy xo’jaliklari daromadlari;
2. Uy xo’jaliklarida to’plangan mulk hajmi;
3. Narxlar darajasi;
4. Iqtisodiy kutish;
5. Iste’molchilar qarzlari hajmi;
6. Soliqqa tortish hajmi.
Isteʼmolga (APC) va jamg‘arishga o‘rtacha moyillik (APS);
Iste’molga o‘rtacha moyillik deganda tasarrufidagi daromaddagi iste’mol xarajatlarining ulushi tushuniladi, ya’ni:
C
APC = --------- 100
Yd
bunda: APC – (average propensity to consume) daromaddagi iste'molning o'rtacha ulushi
Isteʼmolga (APC) va jamg‘arishga o‘rtacha moyillik (APS);
Tasarrufdagi daromaddagi jamg’arma ulushini jamg’arishga o’rtacha moyillik deb ataladi, ya’ni:
S
APS = --------- 100
Yd
bunda: APS – (average propensity to saving) jamg’arishga o‘rtacha moyillik.
Isteʼmolga (APC) va jamg‘arishga o‘rtacha moyillik (APS);
Soliqlar to‘langandan keyin qolgan daromadning bir qismi iste’mol qilinadi, ikkinchi qismi esa jamg‘ariladi, shu tufayli ham iste’molga va jamg‘arishga o‘rtacha moyillik yig‘indisi 100% ga yoki koeffitsient ko‘rinishda 1 ga teng:
APC + APS = 100% yoki 1.
Isteʼmolga (MPC) hamda jamg‘arishga (MPS) chegaraviy moyillik
Iste’moldagi o‘zgarishlarning shu o‘zgarishni keltirib chiqargan tasarrufidagi daromad o‘zgarishidagi ulushi iste’molga chegaralangan moyillik deyiladi.
Δ C
MPC = ----------- 100
Δ Yd
Bu yerda: MPC (marginal propensity to consume) – iste’molga chegaralangan moyillik.
Isteʼmolga (MPC) hamda jamg‘arishga (MPS) chegaraviy moyillik
Jamg‘arishdagi o‘zgarishning ixtiyordagi daromad o‘zgarishidagi ulushi jamg‘arishga chegaralangan moyillik deyiladi.
Δ S
MPS = ------------ 100
Δ Yd
Bu yerda: MPS (marginal propensity to saving) –
jamg‘arishga chegaraviy moyillik.
Isteʼmolga (MPC) hamda jamg‘arishga (MPS) chegaraviy moyillik
Iste’mol va jamg‘arishga chegaraviy moyillik ko‘rsatkichlari yig‘indisi 100%ga yoki koeffitsient ko‘rinishida 1ga teng bo‘ladi.
MPC + MPS =100% yoki 1.
Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling