0Raqamli texnologiya fakulteti 2-kurs talabalariga 4-semestr uchun «Falsafa» fanidan yakuniy nazorat savollari


Download 0.91 Mb.
bet31/36
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1586621
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
falsafa javoblar

Postpozitivizm. Postpozitivizmning neopozitivizm bilan g’oyaviy aloqasi shunda ifodalanadiki, ular asosan ilmiy bilim tahlili bilan shug’ullangan, tilga katta e’tibor bergan. Biroq, mantiqiy pozitivizm asosan mavjud ilmiy bilim tuzilishini o’rganishga e’tiborni qaratgan bo’lsa, postpozitivizmning bosh muammosini ilmiy bilim dinamikasi tashkil etadi. Bu o’zgarish fanni falsafiy o’rganish masalalari doirasining ham o’zgarishiga sabab bo’ldi. Postpozitivizmni avvalo ilmiy bilimning ijtimoiy-madaniy omillari, yangi nazariyalarning yuzaga kelishi, ularning olimlar hamjamiyati tomonidan qabul qilinishi, raqobatlashuvchi ilmiy konsepsiyalarni taqqoslash va tanlash mezoni qiziqtiradi.
Agar mantiqiy pozitivizmga empirik bilimni ishonchli va barqaror bilim sifatida ishonchsiz va o’zgaruvchan nazariy bilimga qarshi qo’yish xos bo’lsa, postpozitivizm esa, aksincha, bilimning bu ikki darajasi bir-biriga o’tishi haqidagi qarash xosdir zero postpozitivizm ta’limoti nazariyaning empiriyaga ta’siri kuchli emasligi, dalillarni aniqlash uchun nazariya talab etilishi, shu sababli dalillar nazariyaga ma’lum darajada bog’liq bo’lishi yoki hatto ularni belgilashi yoritib berilgan.
Postpozitivizm konsepsiyasining navbatdagi xususiyati – shundaki ilmiy bilimning rivojlanishini talqin qilishda kumulyativizmdan voz kechilgan. Ilk pozitivizm ilgari surgan kumulyativistik yondashuv fanning izchil rivojlanishi, bilimlarning asta-sekin to’planib borishini nazarda tutadi. Postpozitivizm fan haqidagi bunday tasavvurdan voz kechadi. U fan tarixida inqilobiy o’zgarishlar yuz berishi muqarrarligini asoslashga harakat qiladi. Postpozitivistlar fikriga ko’ra, inqilob natijasida fanda ilgari e’tirof etilgan va asoslangan bilimlar, nafaqat nazariyalar, balki metodlar va omillar ham qayta ko’riladi.
Uchinchi va to’rtinchi pozitivizm o’rtasida fanni soxta fan (metafizika)dan farqlash masalasida ham jiddiy tafovutlar mavjud. Pozitivizm metafizikani fandan chiqarib tashlashni bosh vazifalaridan biri deb hisoblagan. Postpozitivizm esa ilmiy bilim va falsafa o’rtasida qat’iy chegara o’tkazishdan bosh tortadi. U falsafiy qoidalarning asosliligini va ularni fanlardan chiqarib tashlash mumkin emasligini tan oladi. Fan falsafasida keng qo’llaniluvchi «paradigma» (T.Kun), «ilmiy tadqiqot dasturi» (I.Lakatos) kabi tushunchalar falsafiy (metafizik) unsurlardan iborat. Shuningdek, postpozitivizmning ayrim namoyandalari (P.Feyerabend) fan, falsafa va afsona o’rtasida biron-bir farqni ko’rishdan butunlay bosh tortadi.


191

1

1

9

Dalilar vositasida rad etish deb nimaga aytiladi ?


192

3

1

9

Anologiyaga ta’rif bering ?
Analogiya (grek. – moslik, o’xshashlik) bavosita xulosa chiqarishning bir turidir. deduktiv xulosa chiqarishda fikr umumiylikdan juz’iylikka qarab, induksiyada juz’iylikdan umumiylikka qarab harakatlansa, analogiyada bir juz’iy holatdan boshqa juz’iy holatga qarab harakatlanadi.
Analogiyada predmetlarning o’xshash xossalariga asoslanib xulosa chiqariladi. Tabiat va jamiyatda obyektiv turli-tumanlik bilan bir qatorda, obyektiv o’xshashlik ham mavjuddir. Ular inson ongida o’z ifodasini topadi. Obyektiv reallikning turli sohalariga oid qonun va qoidalar tuzilishi jihatidan o’xshash bo’lsa, ular aks ettirgan voqyelikdagi turli narsa va hodisalar ham ma’lum ma’noda o’xshash bo’ladi.
Analogiya bo’yicha xulosa chiqarish obyektiv reallikning cheksiz ko’rinishlari hamda unda mavjud bo’lgan turli sistemalarning xossalari, munosabatlari, tarkiblaridagi o’xshashliklarga asoslanadi. Masalan, sayyoralar, davlatlar, ijtimoiy tuzumlar mohiyatida o’xshashlik bor. Bilishda muhim va nomuhim xossalar o’xshashligi asosida analogiya bo’yicha xulosa chiqariladi.
Analogiya vositasida bir predmetdan (modeldan) boshqa predmetga (prototipga) axborot o’tkaziladi. Xulosa asoslari modelga, xulosa prototipga taalluqli bo’ladi. Masalan, qadimgi greklarning «Dedal va Ikar» afsonasida aytilishicha, ota va bola qullikdan ozod bo’lish uchun o’zlariga qanot yasashadi va uchib ketishadi. Bunda xulosa chiqarish quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
Qush tirik mavjudot, uning qanoti bor, u uchadi.
Inson ham tirik mavjudot, uning qanoti yo’q, u uchmaydi.
Insonning ham qanoti bo’lsa, u, ehtimol, uchadi.


193

1

1

9

SHartli- ayruvchi xulosa chiqarishni ta’riflab bering ?

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling