0Raqamli texnologiya fakulteti 2-kurs talabalariga 4-semestr uchun «Falsafa» fanidan yakuniy nazorat savollari
Savolning tartib raqami
(1-200)
|
Savolning qiyinlik darajasi
|
Savolning qanday mashg’ulotga tegishliligi
|
Mavzu
nomeri
|
Savol matni
|
1
|
2
|
1
|
1
|
Falsafa tushunchasining mohiyatini siz qanday tushunasiz?
. Har qanday noma’lum so’z mazmunini uning etimologiyasidan, ya’ni u qachon, qanday va nima uchun yuzaga kelganini aniqlashdan boshlash o’rinli bo’ladi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo – sevaman va sophia – donolik so’zlaridan kelib chiqqan bo’lib, mazkur atamaning dastlabki ma’nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa so’zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an’analar orqali) avloddan avlodga o’tuvchi bilim va inson o’z aqliga tayanib, mushohada yuritish va borliqni tanqidiy tushunish yo’li bilan olishi mumkin bo’lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan
|
2
|
1
|
1
|
4
|
Borliq tushunchasi va uning asosiy shakllari.
«Borliq» kategoriyasi falsafa paydo bo’lishi bilan shakllangan va izchil nazariy qiziqish predmetiga aylangan bo’lsada, dunyo haqida odamlar ancha oldinroq fikr yurita boshlaganlar va bu tasavvurlar ko’p sonli afsonalar va miflarda bizgacha yetib kelgan.
Borliq muammosini falsafiy anglab yetishga ilk urinishlar miloddan avvalgi birinchi ming yillikda vujudga kelgan qadimgi hind va qadimgi xitoy falsafalaridayoq kuzatiladi. Xususan, Vedalar (qadimgi hind tafakkurining ilk yodgorliklari) va ularga diniy-falsafiy sharhlar – Upanishadalarda yaxlit ma’naviy substansiya, o’lmas jon haqidagi g’oyalar, shuningdek dunyo haqidagi materialistik va ateistik tasavvurlar o’z aksini topgan. So’nggi zikr etilgan tasavvurlarga muvofiq butun borliqning negizini tabiiy asoslar – olov, havo, suv, yorug’lik, makon, vaqt tashkil etadi. Qadimgi Hindiston mutafakkirlari borliq sirining tagiga yetishga harakat qilar ekanlar, quyosh tunda qayerga ketadi, yulduzlar kunduzi qayoqqa yo’qoladi kabi savollarga javob topishga uringanlar va bu tasavvurlarni insoniyatga ma’lum bo’lgan eng qadimgi kitob – Rigvedalarda aks ettirganlar.
Qadimgi Xitoy falsafasi avvalo ijtimoiy muammolarga qarab mo’ljal olgani bois, unda inson borlig’iga, shuningdek ijtimoiy borliqqa ko’proq e’tibor berilgan. Ayni vaqtda, tabiatning birinchi asoslari ham e’tibordan chetda qolmagan. Bu qiziqish, xususan, narsalar va hodisalarning butun rang-barangligini belgilovchi besh stixiya (suv, yer, daraxt, temir, olov) haqidagi ta’limotda o’z aksini topgan. Keyinroq «O’zgarishlar kitobi»da borliqning butun rang-barangligini tashkil etuvchi bunday birinchi asoslarning sakkiztasi qayd etiladi.
Xudolarning kelib chiqishi, ularning hayoti, ishlari, o’zaro kurashi haqida hikoya qiladigan va shu tariqa qadimgi odamlarning dunyoning vujudga kelishi va evolyusiyasi haqidagi tasavvurlarini aks ettirgan kosmogonik miflar Suqrotga qadar avvalo tabiat falsafasi sifatida yuzaga kelgan va rivojlangan yunon falsafasining birinchi manbai bo’lib xizmat qildi. Ilk yunon faylasuflari o’z asarlarini odatda «Tabiat haqida» deb nomlaganlari, ularning o’zlari esa naturalistlar, «fiziklar» deb atalishi bu fikrni tasdiqlaydi.
Sharq donishmandlari kabi, antik mutafakkirlarni ham borliqning manbalari qiziqtirgan. Qadimgi yunon falsafasi vujudga kelgan paytdan boshlab ular butun borliqning birinchi sababini mavjud voqyelikning o’zidan izlaganlar, uni dam suv (Fales) yoki havo (Anaksimen) deb, dam hamma narsani boshqaradigan boqiy va cheksiz asos – «apeyron»(Anaksimandr) deb tavsiflaganlar. (taxminan mil. av. 611-545 yillar) Anaksimandr hatto jonli mavjudotlarning tabiiy kelib chiqishi g’oyasini ilgari surgan. Uning fikricha, mazkur mavjudotlar dengiz suvida vujudga kelgan va suv o’tlaridan paydo bo’lgan. So’ngra baliqsimon mavjudotlar quruqlikka chiqqan va ulardan odamlar rivojlangan. Shunga o’xshash fikrlarni Ksenofan (mil. av. 580-490 yillar) ham ilgari suradi. U hamma narsa yer va suvdan vujudga keladi va rivojlanadi, hatto «biz ham yer va suvdan paydo bo’lganmiz», deb hisoblaydi.
|
3
|
1
|
1
|
4
|
Borliqnng fazo va vaqtda mavjud bo‘lish tamoyili .
|
4
|
2
|
1
|
5
|
Falsafa qonunlarining tabiat, jamiyat va inson tafakkurida namoyon bo‘lishiga misollar keltiring ?
|
Do'stlaringiz bilan baham: |