0‘zbek tiliga davlat maqomi berilishi munosabati bilan oliy o‘quv yurtlarida barcha fanlar ona tilida o‘qitila boshlandi
Dispersion darajasi bo‘yicha dispcrs sistcmasining klassifikatsiyasi
Download 328.08 Kb.
|
3-46 гача
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tizimlarga misollar
- 2.3. Organizm suv-dispcrs tizimining umumiy xossalari
- 2.3.1. Diffuziya
Dispersion darajasi bo‘yicha dispcrs sistcmasining klassifikatsiyasi
Haqiqiy eritmalar — bir jinsli, yaltiroq (gomogenli), hatto o‘tkazilgan nur ham ko'rinmaydi, dispers muhit bilan dispers faza zarralarining o‘rtasidagi bo‘linish chegarasi ham yo‘q. Haqiqiy eritmalarda dispers faza zarralari juda kichik, ular hayvon membranasi va qog‘oz filtridan o‘tib ketadi, sentrifu- gada cho'kmaydi. Haqiqiy eritmalarda dispers faza alohida molekula yoki alohida ion holida bo‘ladi. Dispers faza zarralari molekulalarining o‘lchami 10-7 sm dan kichik bo‘lib, bularga monosaxaridlar, spirtlar, aldegidlar, ketonlar, efirlar kiradi. Kolloid eritmalarda dispers faza zarralari ko‘pgina mayda molekulalar aralashmalaridan, ionlar aralashmasi yoki gigant polimer molekulalar aralashmasidan tashkil topadi. 34 Bu zarralar aniq ifodalangan sirtga ega bo‘lib, ularda murakkab tuzilishga ega bo'lgan adsorbsiya jarayonlari o‘tadL Kolloid zarralarning asosini yadro tashkil qiladi, uning sirtida ionlar adsorbsiyalanadi. Yadro o‘ziga o‘tirgan qatma-qat ionlar va adsorbsiyaga o‘tirgan qarama-qarshi ionlar bilan kolloid guaihini hosil qiladi. Granula ham ionlar qanday zaryadga ega bo‘lsa, ular ham shunday zaryadga ega bo'ladi. Granula diffuziya qatlamlari bilan ionlarga qarshi mitsellani hosil qiladi. Mitsella elektrik neytral bo‘ladi. Kolloid eritmalarda kolloid zarralari va dispers muhit o'rtasidagi bog‘lar kuchsiz bo'ladi, bunga liofob bog‘ deb ataladi (suvli — gidrofob). Anorganik (neorganik) kolloidlar asosan liofoblarni tashkil qiladi. Agar bog‘ kuchli bo‘lsa, erituvchining molekulalari yadroda va kolloid zarralarning adsorbsiya qatlamida bo‘lishi mumkin. Bunday kolloid eritmalarga liofilli eritmalar deyiladi. Gidrofil kolloid tizim organizm to‘qimalarida oqsil va polisaxaridlardan hosil bo'ladi. Zaryadsiz donadorlar bir-birlari bilan yopishib, kattaroq agregatlarni hosil qiladi. Bu jarayonga koagulatsiya jarayoni deyiladi. Dispersion fazaning yiriklashgan zarralarining dispersion muhitdan ajralishiga sedimentatsiya deyiladi. Gidrofil kolloid eritmalar ikki: suyuq va studni holatida bo‘lishi mumkin. Suyuq kolloid holatiga zol deyiladi, studni holatiga gel deyiladi. Haroratning pasayishi va konsentratsiyalarining ortishida, elektrolitlar ta’sirida zol gel holatiga o‘tishi mumkin. Masalan, qonning quyuqlashib qolishi. Muskullar qisqarishi natijasida muskul oqsillari gel holatidan zol holatiga o‘tadi. Bu razminka qilish paytida haroratning oshishiga yordam beradi. Kolloid eritmalar mikrogeterogenli hisoblanadi. Dispers fazadagi zarralar o‘lchamining kattalashishi ularning getero- genligini (bir xil bo'lmasligi) orttiradi. Bunda tizimning barqa- rorligi susayadi. Dispers fazadagi zarralar shuncha kattaki, ular hayvon membranasi va qog‘oz filtridan o'tmaydi. Aralashma dispers faza va dispers muhitda tez qatlamlarga ajraladi. Agar 35 dispers muhit qutbli bo‘lsa, dispers faza qutbsiz bo'ladi (va aksincha). Aralashmaga stabilizator kirgizib, mustahkamligini orttirish mumkin. Stabilizator — bu katta qutbsiz radikal bo‘lib, qutbli funksional guruh bilan birlashgan modda bo‘ladi. Stabilizator dispers faza zarrachalarining sirtida joylashgan. Stabilizator zarracha- laming sirtida yupqa plyonka parda hosil qilib, ularni bir-biriga qo‘shilib ketishidan saqlaydi. Agar dispers fazasi qattiq modda- lardan hosil bo‘lgan bo'lsa, aralashma — suspenziya deb ataladi, agar dispers fazasi zarrachalari suyuq bo‘lsa — emulsiya deyiladi. Tirik organizmda ko‘proq tarqalgan aralashmalar yog'larning suvli emulsiyasi va yog'ga o‘xshash moddalar hisoblanadi. Bularning stabilizatori oqsillar, yog‘ kislotalar va ularning tuzi — sovun va shuningdek, o‘t kislotasi bo‘ladi. Biologik suyuqliklarda har xil ko‘rinishdagi dispers tizimlar murakkab aralashmalar hosil qiladi. Masalan, qon oqsilning kolloid eritmasi hisoblanib, bunda qon hujayralari, yog‘ tomchilari, glukoza, aminokislota, sut kislotasi va boshqa moddalar aralashgan holatda bo‘ladi. 2.3. Organizm suv-dispcrs tizimining umumiy xossalari Dispers tizimning ba’zi bir xossalari dispers fazasi va dispers muhitining kimyoviy tabiatiga bog‘liq (rang, solishtirma og'irlik, tozaligi, elektr o‘tkazuvchanligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi), boshqalari dispers faza va dispers muhit zarrachalarining konsentratsiyasini aniqlaydi (qaynash va muzlash harorati, diffuziya tezligi, osmos bosim va h.k.) 2.3.1. Diffuziya Diffuziya hayot faoliyati jarayonida katta rol o‘ynaydi. Diffuziya dispers tizimning butun hajmi bo'yicha ixtiyoriy ravishda ularning konsentratsiyasini tenglashtirishga 36 olib keluvchi dispers faza va dispers muhit zarrachalarining harakatidan so‘ng muvozanat holat qaror topadi. Ular tartibsiz harakatda bo'lgani uchun diffuziyaning umumiy yo‘nalishini eritmaning har xil qismida erigan modda va erituvchining gradiyentli konsentratsiyasi eriganligini aniqlaydi. Agar erigan moddaga hech qanday boshqa omillar ta’sir qilmasa, u yuqori konsentratsiya qismidan past konsentratsiya qismiga harakat qiladi. Diffuziya tezligi ko‘ndalang oqim tizimi yuzasiga, gradiyent konsentratsiya kattaligiga, tizimning mutlaq haroratiga to‘g‘ri proporsional bo‘lib, zarrachalarning diffuziya- lanishi kattaligiga va erituvchining qovushqoqligiga teskari proporsionaldir. U zarrachalar shakliga ham bog'liq bo‘lib, shar shaklidagilari tezroq diffuziyalanadi, tayoqchasimonlari sekinroq diffuziya- lanadi. Organizmdagi kimyoviy reaksiyalarning tczligini, ayniqsa, biologik katalizatorlar — fermentlarning moddalarga o‘zaro ta’sirini aniqlashda diffuziya tezligi muhim omil bo ‘lib hisoblanadi. Organizmdagi kimyoviy almashinuvlarning ba’zi bir qonuniyatlari diffuziya jarayonining ayrim xususiyatlari bilan tushuntiriladi. Masalan, katta tezlikda harakatlanuvchi molekulalar kichik o‘lchamli bo‘lib, diffuziya yuqori tezlikda boradi (CO,, 02, sut kislota, vodorod va gidroksil ioni, glukoza). 0‘zgarmasdan hujayrada uzoq saqlangan molekulalar katta o‘lchamli bo‘lib, diffuziya tezligi past bo‘ladi (oqsillar, polisa- xaridlar, nuklein kislota). Diffuziyaning tez kechishi sitoplazma hosil bo'lishiga olib keladi. U studni ko‘rinishida, nisbatan mukammal tuzilishga ega, asosi ulkan oqsil molekulasidan tuzilgan, bir-birlari bilan tikilgan bo‘ladi (bunga endoplazmatik retikulum deb aytiladi). Bu molekulalar oralig‘i diffuziya katta tezlikda boradigan suyuq moddalar bilan to‘ldirilgan. Muskul ish paytida diffuziya tezligi ortadi, to'qimalarda haroratning ortishi bilan kuzatiladi. 37 Hayot faoliyati me’yorida bo‘lishi uchun faqatgina suyuq muhitda diffuziya tezligi ma’lum bo‘lib qolmasdan, hujayra membranalaridan olib o‘tiladigan moddalar tezligi aniq bo‘lishi kerak. Barcha ko‘rilgan diffuziya qonuniyatlari passiv diffuziyaga oid. Organizmda “yengillashgan” diffuziya bo‘lib, bunda maxsus moddalar — tashuvchilar qatnashadi. Bundan tashqari, ”faol transport” (faol tashuvchi) bo‘lib, bu jarayon oddiy (passiv) va ”yengillashgan“ diffuziyadan farq qilib, moddalar konsentratsiyasi gradiyenti qarshisiga olib o'tiladi. Ko‘pgina mineral ionlarning hujayralar orasidagi suyuq- likdan hujayraga yoki teskari tomonga o‘tishi, aminokislotalarni ichak bo‘shlig‘idan ichak hujayralariga o‘tishi, glukozaning birlamchi siydikdan buyrak kanalchalari hujayralari orqali qonga o'tishi shu yo‘l bilan amalga oshadi. Moddalarni konsentratsiya gradiyenti qarshisiga o‘tib borishi o‘z-o‘zidan ro‘y beradigan jarayon emas: bu energiya sarfi bilan bogiiqdir. Energiya manbayi bo‘lib ATF xizmat qiladi. Download 328.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling