0‘zbek tiliga davlat maqomi berilishi munosabati bilan oliy o‘quv yurtlarida barcha fanlar ona tilida o‘qitila boshlandi


Download 328.08 Kb.
bet13/14
Sana26.01.2023
Hajmi328.08 Kb.
#1126689
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3-46 гача

2.3.3. Eritmalarning faol reaksiyasi
Organizmdagi suv-dispcrs tizimining biologik roli va xossa­lari ulardagi vodorod hamda gidroksil ionlarining konsentra- tsiyasiga bog‘liq. Erkin vodorod ionlarining konsentratsiyasi kislotalik faolligini, erkin gidroksil ionlarining konsentratsiyasi esa eritmalarning ishqoriylik faolligini aniqlaydi.
Bu konsentratsiyalarning nisbati eritma muhit reaksiya- sining faolligini aniqlaydi. Eritmada vodorod va gidroksil ionlarining konsentratsiyasi teng bo‘lsa, ularni neytral deb ataladi. Agar vodorod ionlari konsentratsiyasi gidroksil ionlari konsentratsiyasiga nisbatan ko‘p bo'lsa, eritmada muhit kislotali bo‘ladi. Agar vodorod ionlari gidroksil ionlari konsentratsiyasiga nisbatan kam bo‘lsa, eritmada muhit ishqorli bo‘ladi.
Toza suv reaksiya muhiti neytral bo‘ladi. Kuchli qutbli suvning ayrim dissotsialanish darajasi quyidagi tenglama bo‘yicha ionlarga ajraladi:

Bu jarayon juda oz dissotsiatsiyalanish konstantasi bilan xarakterlanadi:

Demak, taxminan 55 mln molekuladan bittagina molekula ionlarga dissotsialanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, dissot- siatsiyalanmagan suv molekulalarining [H20] konsentratsiyasi kattaligi ~ 55,56 mol/1 ga teng. Bu qiymatni suvning dis­sotsiatsiyalanish konstantali formulasiga qo‘vib, algebraik al- mashtirish bajarilgandan so‘ng yangi konstanta suvning ionli hosil bo‘lishini vozamiz:
42

10 14 qiymati 22° haroratda aniqlanadi. Odatda, vodorod ionlari konsentratsiyasi ishlatiladi va bunga vodorod sonlari deb ataladi.
Shunday qilib, suvning dissotsiatsiyalanishida vodorod va gidroksil ionlari teng miqdorda hosil bo'ladi, ularning konsent- ratsiyasini toza suvda hisoblash mumkin:

Suvga kislotali xaraktcrga ega bo'lgan modda qo‘shilsa, vodorod ionlarining konsentratsiyasi ortadi, suvning dis- sotsiatsiyalanishini pasaytiradi, shu sababli gidroksil ionlarining konsentratsiyasi kamayadi.
Suvga ishqorli xarakterga ega bo‘lgan modda qo'shilsa, gidroksilning ortiqcha ionlari vodorod ionlarining dis- sotsiatsiyalanishini pasaytiradi va vodorod ionlarining konsent- ratsiyasini kamaytiradi.
Shunday qilib, kislotali muhitda vodorod ionlari konscnt- ratsiyasi 10 7 g-ion/1 dan yuqori, ishqorli muhitda — bu ko'rsatkichdan kichik bo'ladi.
Gidroksil ionlarining konsentratsiyasini quyidagi formula bo'yicha hisoblash mumkin:

Vodorod soni — darajaning manfiy ko‘rsatkichdagi soni bo‘lganligi uchun uni hisoblashda qo‘llash qiyinroq. Shuning uchun eritmalardagi reaksiya muhiti faolligini xarakterlash uchun vodorod ko‘rsatkichi (pH) qo‘llaniladi.
5-jadvalda vodorod va gidroksil ionlari orasidagi konsentratsiyasining bir-biriga bog‘liqligi, vodorod ko‘rsatkichi va muhit rcaksiyasi keltirilgan.
Biologik suyuqliklarda vodorod ko'rsatkichi (pH)ni aniq o‘lchash katta ahamiyatga ega bo‘lib, ko‘pgina biokimyoviy jarayonlar faqat reaksiyalar qat'iy aniqlangan muhitda o‘tadi.
Muhitda vodorod yoki gidroksil ionlarining ortiqcha bo'lishi nafaqat jarayon o‘tishini tezlashtirishi yoki pasaytirishi, balki uning yo'nalishini o'zgartirishi ham mumkin.
Biologik suyuqliklarda pH ni kolorimetrik (indikatorlar yordamida) yoki elektrometrik (maxsus asboblar — pH-metrlar yordamida) aniqlash mumkin.
Eritmalaming kislotalik yoki ishqorlik faolligi, ya’ni vodorod yoki gidroksil erkin ionlarining konsentratsiyasi kuchli elektrolitik eritmalarda umumiy kislotalik yoki ishqorlikka juda yaqin, erkin va bogMangan dissotsiatsiyalanmagan molekula- lardagi vodorod yoki gidroksil ionlari yig‘indisiga teng.
Eritmalaming umumiy kislotalik va ishqoriylikligi titrlash orqali aniqlanadi. Kuchsiz elektrolit eritmalarida kislotalik faolligi yoki ishqoriylik umumiyga nisbatan ancha kam.

Download 328.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling