Deflyatsiya (deflation) - tovarlar va xizmatlar bahosining pasayishi.
Diskont siyosati (discaunt rate) — mamlakat to‘lov balansi va valyuta kursiga ta’sir etish maqsadida Markaziy bankning diskont stavkasini o'zgartirish siyosati.
Yevropa valyuta birligi (Европейская валютная единица, European currency unit, ECU, European unit of account) - Yevropa valyuta tizimida qatnashuvchi mamlakatlar o‘rtasida qo'llaniladigan xalqaro hisob birligi.
Yevropa valyuta tizimi (European Monetary System) - Yevropa iqtisodiy hamjamiyatigaga a’zo bo'lgan mamlakatlaming valyuta kurslarini tebranishi natijasida ko'riladigan zararlar miqdorini kamaytirish maqsadida tuzilgan tizim.
Yevrovalyuta (eurocwrensu) - bir mamlakat milliy valyutasining mamlakat tashqarisidagi qismi.
Yevro dollarlar (eurodollars) — AQSH dollarining AQSHdan tashqarida muomalada bo'lgan qismi.
Inflyatsiya (inflation) — tovarlar va xizmatlar bahosining oshishi natijasida muomalada ortiqcha pul massasini paydo bo'lishi va shuning asosida pulning qadrsizlanishi.
Kredit (credit) - pul yoki tovar shaklidagi mablag'lami qaytarib berishlik, muddatlilik va foiz to'lashlilik shartlari asosida berish.
Kross-kurs (cross rate) - ikki valyutaning o'zaro nisbati bo'lib, bu nisbat mazkur valyutalaming uchinchi valyutaga nisbatan kursi orqali aniqlanadi.
Milliy valyuta tizimi (national monetary system) — bir mamlakatda valyuta munosabatlarini tashkil qilishning davlat-huquqiy shaklidir.
Osiyo optsionlari (average rate options) - yoki o'rtacha kurs optsionlari.
Revalvatsiya (re-valeo) - milliy valyutani chet el valyutalariga yoki xalqaro hisob-kitob pul birliklariga nisbatan qadrining oshirishdir.
Spot operatsiyasi (spot) - spot bitimi tuzilgandan keyin 2 ish kuni mobaynida amalga oshiriladigan joriy valyuta operatsiyasi.
Svop (swap) - ma’lum bir valyutani spot sharti bo'yicha sotish va uni forvard sharti bo'yicha sotib olishdir yoki ma’lum bir valyutani forvard sharti bo'yicha sotish va uni spot sharti bo'yicha sotib olishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |