0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Bosqichlar Tadbiriar


Download 1.24 Mb.
bet47/78
Sana31.01.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1143365
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   78
Bog'liq
Qishloq xojalik infratuzilmasi

Bosqichlar

Tadbiriar

Bajarish
muddatlari

Mas’ullar

1-bosqich

Shartnomalami
tuzishga
tayyorgarlik
ko‘rish

Agrotexnik
tadbiriar
boshlanishdan bir oy oldin




2-bosqich

Shartnomalami ko‘rib chiqish va imzolash

7 kun mobaynida

Qishloq
xo‘jaligi
korxonalari

3-bosqich

Shartnomalami ro‘yxatdan o‘tkazish uchun berish

3 kun mobaynida

Tayyoriov, xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa tashkilotlar

4-bosqich

Shartnomalar
ro'yxatdan
o'tkazish

3 ish kuni
mobaynida
Ro‘yxatdan
o‘tkazilgandan
keyin 1 kun
mobaynida

Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari

5-bosqich

Shartnomalar
ro'yxatdan
oTkazilgandan
keyin tayyoriov,
xizmat
ko‘rsatuvchi
va boshqa
tashkilotlarga
berish

Ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keniy 1 kun mobaynida

Qishloq va suv xo'jaligi boTimlari

6-bosqich

Ro'yxatdan
o‘tkazilgan
shartnomalami
xo‘jaliklarga
berish

Ro'yxatdan o‘tkazilgandan keyin 2 kun mobaynida

Tayyoriov, xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa tashkilotlar











/
7-bosqich

Shartnomalami
saqlash

Barcha
shartnoma
shartlari
bajarilgandan
keyin 3 kun
mobaynida

Tayyorlov, xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa tashkilotlar
Ushbu qaror va Nizomga asosan quyidagi imtiyozlar ko‘zda tu- tilgan:

  • fermer xo‘jaligining rahbari tayyorlov, ta’minot va xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan shartnoma mazburiyatlari bajarilmagan taqdirda xo‘jalik sudiga da’vo arizasi kiritishlari va bu jarayonda ular davlat boji to'lashdan ozod qilina- dilar;

  • fermer xo‘jaligining manfaatini himoya qilib tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi yoki 0‘zbckiston Fermerlar kengashi tu­man vakilligi da’vo arizasini kiritganda ham davlat boji to‘lashdan ozod qilinadilar.

Nizomga asosan shartnomalami tuzish qat’iy bosqichlar bo‘yicha amalga oshirishi belgilab berilgan(l-jadval), yani fermer xo‘jaliklarining biznes rejalarida nazarda tutilgan hajmlardan kelib chiqqan holda agrotexnik omillar boshlanishidan bir oy awal, le- kin kalendar yil boshlanishidan kechiktirmasdan tuziladi.
Shartnomani ko‘rib chiqish va imzolash uchun fermer xo‘jaliklariga 7 kun muddat bcriladi. Bu vaqt moboynida fermer xo‘jaligi shartnomani ko‘rib chiqishi va agar e’tirozlar bo‘lsa yozma ravisbda tayyorlov, xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa tashki- lotlarga murojaat qilishi lozim. Shartnomalar tuzilgandan so‘ng, tayyorlov va xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar 3 kun davrda tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo'limlaridan ro‘yxatdan o‘tishi uchun taqdim etadilar va qishloq xo‘jaligi bo‘limi tomonidan 3 ish kuni mobaynida ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim. Shartnomalar ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin tayyorlov xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa
tashkilotlarga qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari tomondan 1 kun mobaynida qaytib beriladi. 0‘z navbatida tayyorlov, xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa tashkilotlar 2 kun moboynida ro'yxatdan o‘tkazilgan shartnomalami xo‘jaliklarga beradilar. Shartnoma- lar 3 nusxada tuzilib, bir nusxasi fermer xo‘jaligida, bir nusxasi tayyorlov xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarda va bir nusxasi tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlarida saqlanadi.
Qishloq xo‘jaligida kontraktatsiya shartnomalari, yani qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar bi­lan birga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar masalan, “Agrotexser- vis MTP” MCHJ, Muqobil MTP, SIU, mineral o‘g‘it va yonilg‘i moylash materiallari yetkazib berish shoxobchalari va boshqa turdagi tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalami tuzish, ro‘yxatdan o‘tkazish va monitoring qilib borish tartibi keltirilgan. Nizomda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartno- malarda tomonlaming huquq va majburiyatlari ham aniq qilib bel- gilab berilgan. Jumladan, xizmat ko‘rsatish korxonalari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlaming huquqlariga quydagilar kiradi:

  • amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma munosabatlarini o‘matish;

  • shartnomalarga muofiq ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun ol- dindan bo‘nak todashi shartnomada ko‘zda tutilgan shartlar todiq bajarilganda esa yakuniy hisob-kitoblami todiq amalga oshirishni talab qilish;

  • shartnomalarda ko‘zda tutilgan buyurtmalar bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlami fermer xo‘jaligi asossiz ravishda rad etishi natijasida ko'riladigan zararlar qoplanishini talab qiladi.

  • Xizmat ko‘rsatish korxonalarining majburiyatlari esa quyda- gilardan iborat:

  • xizmat ko‘rsatish bo'yicha amaldagi qonunchilikka mu- vofiq shartnomalar tuzishda hamda shartnoma majburiyatlarini ta’minlash;

  • shartnomaga muvofiq fermer xo‘jaliklariga ulaming buyurt- malariga binoan belgilangan muddat, miqdor va sifatda xizmat ba- jarish;

  • ko‘rsatilgan xizmatlar va bajariladigan ishlar sifati shart- nomada belgilangan talablar, shuningdek, amaldagi standart va me’yoriy ko‘rsatkichlarga mos kelishini ta’minlash;

  • shartlami bajarmaslik natijasida fermer xo‘jaligiga yetkazil- gan zararlami to‘liq qoplash;

  • shartnomaga muofiq beriladigan buyurtma xizmat ko‘rsatish korxonalaridan sifatli darajada bajarib borilishi, kelishilgan yoki talab qilingan muddatlarda xizmatlar ko‘rsatilishi (ishlar bajarili- shini) talab qilishlari;

  • xizmatlar sifatsiz ko‘rsatilganda yoki sifati talab darajasida bo‘lmagan hollarda;

  • xizmatlami sifatli bajarilishini talab qilish;

  • xizmatlaming kamchiliklarini bartaraf etish uchun fermer xo‘jaligi tomonidan qilingan xarajatlarni qoplanishini talab qilish;

  • ko‘rsatiladigan xizmatlar narxlarining keskin oshishini oldini olish va bu narxlar kelishilgan holda belgilanishi bo‘yicha takliflar kiritish.

Xizmat ko‘rsatish korxonalari oldida fermer xo‘jaliklarining majburiyatlari:

  • buyurtmaga asosan yetkazib berilgan moddiy-texnika vosita- lari va ko‘rsatilgan xizmatlarini qabul qilish va tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish;

  • yetkazib berilgan moddiy-texnika vositalari, ko‘rstilgan xiz­matlar va bajarilgan ishlar uchun o‘zaro to‘lovlar va hisob-kitob- lami vaqtida amalga oshirish.

Fermer xo‘jaliklar o‘zlariga kerakli axborot bazasini yaratish uchun va manfaatdor tashkilotlar bilan fermerlami axborot va ta’minot aloqalari orqali bog‘lash maqsadida axborot-konsalting markazlari bilan shartnomalar tuzadi. Bunda axborot bazasi fermer xo‘jaliklarining faoliyati uchun zarur bo‘lgan mexanizatsiya ish-
lari xizmatini amalga oshiruvchi subyektlar va ular ko‘rsatadigan xizmatlaming baholari, mineral o‘g‘it va o‘simliklami himoya qilish vositalarini sotuvchi subyektlar va resurslar narxlari, bank xizmatlari bo‘yicha ma’lumotlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotla- rini tayyorlash va qayta ishlash korxonalari hamda ulaming tak- liflari, zooveterenariya xizmatlarini olish va zotli mollami sotib olish imkoniyatlari haqidagi fermerlar uchun eng kerakli axborot- lami o‘zida jamlashi maqsadga muvofiq. Shuning uchun fermer xo‘jaliklaf bilan axborot-konsalting markazlari o‘rtasida tuzilayot- gan shartnomalarda quyidagilar bo‘lishi shart:

  • shartnomaning tuzilgan sanasi va joyi;

  • shartnomaning mavzusi(predmeti), bajariladigan ishlar nomi, hajmi, sifati, narxi;

  • tomonlaming huquqlari va majburiyatlari;

  • xizmatlami bajarish tartibi va shartlari, muddatlari;

  • xizmatlarini bajarishga qo‘yiladigan talablar;

  • xisob-kitob qilish tartibi, shakli va muddatlari;

  • shartnoma shartlari bajarilmaganda tomonlaming mulkiy ja- vobgarligi;

  • shartnomaga amal qilish muddatlari;

  • nizolarai foij-major holatlarini hal etish tartibi;

  • tomonlaming rekvizitlari, pochta manzili.

Axborot-kansalting xizmat ko‘rsatish hajmini oshirish va
iste’molchilami ko‘rsatilayotgan xizmatlardan ko‘proq foydala- nishlarini rag‘batlantirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar joriy etish maqsadga muvofiq:

  • ayol fermer tadbirkorlar uchun hamda o‘z ishini endi boshla- gan yoshlar uchun 10 foizlik chegirmalami qo‘llash;

  • yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlarga xiz­mat baholarini arzonlashtirilgan (10-15 foizga) holda joriy etish, chegirmalar berish va boshqa imtiyozlami tadbiq etish;

  • shuningdek, doimiy mijozlar uchun, ulaming axborot-kon­salting xizmatlardan doimiy foydalanib kelayotganligini hisobga olib, 5,10 va 15 foizgacha chegirmalami joriy etish;

246

  • agar bir xo‘jalik subyekti 500,0 ming so'mdan ortiq summaga shartnoma tuzsa bitta xizmat turi bepul bajarib berilishi, agar 1,0 min. so‘mdan ortiq summaga shartnoma tuzsa ikkita xizmat turi bepul bajarilishi va hakazo;

  • ma’lum bir xizmat turlariga mavsum paytida talab ortib keta- di, bimday oylarda ushbu xizmat turiga narxlami arzonlashtirilgan holda shartnomalar tuzish va boshqalar.

Yuqorida keltirilgan imtiyoz va chegirmalar shartnomalarda aks ettirilisbi, ulami bajarish kafolatlanishi axborot-konsalting kor- xonasiga bo'lgan ishonchni, uning xizmatlaridan foydalanishga bo‘lgan rag‘batni kuchaytiradi va pirovard natijasida esa xizmat- lar hajmini oshirish hamda daromadni ko‘paytirisb uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling