Buyruq va uni rasmiylashtirish


Download 26.23 Kb.
bet1/5
Sana05.04.2023
Hajmi26.23 Kb.
#1274184
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Buyruq va uni rasmiylashtirish


Buyruq va uni rasmiylashtirish

Reja:



Kirish

  1. Ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqni rasmiylashtirish

  2. Mehnat ta’tili to’g’risidagi buyruqlar

  3. Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruqni rasmiylashtirish

  4. Buyruqdan ko‘chirma berish

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Kirish
Shaxsiy tarkib bo’yicha buyruqlar tashkilotlarda xodimlar bo’limi ish yuritilishining asosiy hujjatlaridan sanaladi. Bugungi kunda respublikada bu turdagi hujjatlarni rasmiylashtirish bo’yicha maxsus standart ishlab chiqilmagan. Mazkur maqolada muallif shaxsiy tarkib bo’yicha buyruqlarni rasmiylashtirish va saqlashga oid ba’zi bir takliflar berishga harakat qilgan.
Buyruq – korxona (tashkilot, muassasa) rahbarining mazkur korxona oldida turgan asosiy va amaliy vazifalarni hal etish mvqsadida chaqiradigan rasmiy huquqiy hujjat.
Buyruq maxsus blankada rasmiylashtiriladi va mazkur korxonaning (tashkilot, muassasa) nomi, uning yuqori turuvchi organi, hujjat turi (buyruq), chiqarilgan joyi, sana, hujjat raqami, matn sarlavhasini qo’yishi uchun ajratilgan joy kabi qismlardan iborat.
Mazmuni va rasmiylashtirish uslubi bo’yicha buyruqlar ikki guruhga – asosiy faoliyat va shaxsiy tarkib bo’yicha buyruqlarga bo’linadi. Shaxsiy tarkib bo’yicha buyruqlar ishga qabul qilish, boshqa ishga o’tkazish, mehnat ta’tilini berish, xizmat safariga yuborish, korxona ishchilarini rag’batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo’llash, mehnat shartnomasini bekor qilish va xodimlar bilan ishlash jarayonidagi boshqa holatlarni rasmiylashtirishda foydalaniladi hamda ishchilar uchun ish haqini hisoblab chiqishga asos bo’ladi. Shaxsiy tarkib bo’yicha buyruq loyihasi xodimlar bo’limi tomonidan tayyorlanadi.
Buyruq imzolangan kundan boshlab yuridik kuchga ega bo’ladi (buyruq sana imzolangan kun hisoblanadi).

1. Ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqni rasmiylashtirish


O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 82-moddasiga asosan ishga qabul qilish ish beruvchining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo’ladi. Ishga qabul qilish haqidagi buyruq tuzilgan mehnat shartnomasining mazmuniga to’la muvofiq ravishda chiqariladi.
Ishga qabul qilish to’g’risidagi buyruq mazmunida quyidagilarni aks ettirish zarur:

  • matn sarlavhasi: “Ishga qabul qilish haqida”;

  • xodimning ismi, sharifi, familiyasi;

  • mehnat shartnomasida ko’rsatilgan sanaga muvofiq ishga qabul qilish sanasi;

  • tarkibiy bo’lim nomi, kasbi, mutaxassisligi yoki xodimning lavozimi;

  • mehnat shartnomasida ko’rsatilgan bo’lsa sinov muddati;

  • ishga qabul qilish sharti hamda taqdim etilayotgan ish xususiyati (masalan, vaqtinchalik ishga kelmayotgan xodimning o’rniga ishlashi yoki ma’lum bir ishni bajarish uchun);

  • ish xaqi yoki oylik maoshi;

  • buyruq chiqarish uchun asos (ishga qabul qilish haqidagi buyruqqa asos mehnat shartnomasi sanaladi);

  • farmoyish qismi – “qabul qilinsin”, “yuklatilsin”, “tayinlansin”.

Buyruqning tasdiq qismi ishga qabul qilinayotgan tashkilotning xodimlar bo’limi boshlig’i, maslahatchi yurist vizalarini o’z ichiga oladi. Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasida unga moddiy javobgarlik yuklatilgan bo’lsa, buyruqqa bosh hisobchi ham viza qo’yadi. Buyruqni ishga qabul qilish vakolati berilgan shaxs imzolaydi.
Shaxsiy tarkib bo’yicha ish beruvchining buyrug’i xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi.



Download 26.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling