Buyruq va uni rasmiylashtirish


Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruqni rasmiylashtirish


Download 26.23 Kb.
bet3/5
Sana05.04.2023
Hajmi26.23 Kb.
#1274184
1   2   3   4   5
Bog'liq
Buyruq va uni rasmiylashtirish

4. Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruqni rasmiylashtirish
O’zR MKning 97-moddasiga asosan mehnat shartnomasini bekor qilishga quyidagilar asos bo’lishi mumkin:

  1. Taraflarning kelishuviga ko’ra. Ushbu asosga binoan mehnat shartnomasining barcha turlari istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin;

  2. Taraflardan birining tashabbusi bilan;

  3. Mehnat shartnomasi muddati tugashi bilan;

  4. Taraflar ixtiyoriga bog’liq bo’lmagan holatlarga ko’ra;

  5. Mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko’ra. Mehnatga oid munosabatlarni bekor qilish to’g’risidagi mehnat shartnomasida bu shartnoma ish beruvchi tomonidan korxona rahbari, uning o’rinbosarlari, bosh hisobchi bilan, korhonada bosh hisobchi lavozimi bo’lmagan taqdirda esa, bosh hisobchi vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan tuzilganda, shuningdek qonunda yo’l qo’yiladigan boshqa hollarda ham nazarda tutilishi mumkin;

  6. Yangi muddatga saylanmaganligi (tanlov bo’yicha o’tmaganligi) yoxud saylanishda (tanlovda) qatnashishni rad etganligi munosabati bilan.

O’zR MKning 107-moddasiga asosan mehnat shartnomasini bekor qilish ishga qabul qilish huquqiga ega bo’lgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi va buyruq bilan rasmiylashtiriladi. Oxirgi ish kuni mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi.
Ish beruvchining buyrug’ida O’zR MKning 87, 89,97,99,100,105,106moddalari ta’rifiga yoki mehnat shartnomasini bekor qilishning qo’shimcha asoslarini nazarda tutuvchi boshqa me’yoriy hujjatlar ta’rifiga to’la muvofiq Kodeks moddalari ko’rsatilgan holda mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari yozilishi shart.
Mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan uning kasalligi, nogironligi, yoshga doir pensiyaga chiqishi, oliy yoki o’rta maxsus o’quv yurti yoxud aspiranturaga qabul qilinishi va qonun hujjatlariga ko’ra muayyan imtiyozlar va afzalliklar beriladigan boshqa sabablar tufayli bekor qilinganda mhnat shartnomasini bekor qilish haqidagi buyruqda sabablar ko’rsatiladi.

Download 26.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling