Buyruq va uni rasmiylashtirish


Mehnat ta’tili to’g’risidagi buyruqlar


Download 26.23 Kb.
bet2/5
Sana05.04.2023
Hajmi26.23 Kb.
#1274184
1   2   3   4   5
Bog'liq
Buyruq va uni rasmiylashtirish

2. Mehnat ta’tili to’g’risidagi buyruqlar
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga asosan barcha ta’tillar mehnat, ijtimoiy (homiladorlik va tug’ish, bolalarni parvarishlash, o’qish bilan bog’liq, ijodiy) va ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’tillarga bo’linadi. O’z navbatida, mehnat ta’tillari: yillik mehnat ta’tili; yillik asosiy ta’til; minimal va uzaytirilgan; yillik ko’shimcha; mehnat sharoiti noqulay va o’ziga xos bo’lgan ishlar uchun beriladigan; og’ir va noqulay iqlim sharoitlaridagi ish uchun qo’shimcha ta’tillarga bo’linadi.
Yillik ta’tillarni berishga asos tasdiqlangan ta’tillar jadvali (O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 144-moddasi) hisoblanadi. Amaliyotda ta’til buyrug’ini chiqarishga, tashkilotda ishlayotgan xodimlarning sonini ko’pligini hisobga olib, tarkibiy bo’lim rahbariyati tomonidan rasmiylashtiriladigan bildirishnoma, ayrim hollarda esa xodimning arizasi asos bo’ladi. Aksariyat hollarda ariza yillik mehnat ta’tili muddati o’zgargan yoki ma’lum ijtimoiy ta’til turidan biri olinayotganda yoziladi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 143-moddasi 4bandiga muvofiq maktablar, hunar-texnika bilim yurtlari, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari, kadrlarning malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash institutlari hamda kurslarining muallimlar tarkibiga birinchi ish yilida yillik ta’til ularning mazkur o’quv yurtiga ishga kirgan vaqtidan qat’iy nazar haqiqiy ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq to’lagan holda yozgi ta’til davrida to’liq beriladi deb belgilangan. Barcha turdagi buyruqlarda ta’til turi va uning muddati ko’rsatilishi shart.


3. Boshqa ishga o‘tkazish haqidagi buyruqni rasmiylashtirish
Xodimni boshqa ishga o’tkazish ishchining mehnat vazifalarining o’zgarishi bilan bog’liq bo’ladi. Boshqa ishga o’tkazishga mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bo’yicha, uzrli sabablarga ko’ra xodimning tashabbusi bilan yoki ishlab chiqarish zarurati yoki bekor turib qolinishi munosabati bilan bog’liq ish beruvchining tashabbusi bo’yicha yo’l qo’yiladi.
Boshqa ishga o’tkazish muddatiga ko’ra doimiy va vaqtinchalik bo’ladi. O’zR MKning 92, 93, 94 – moddalariga asosan boshqa ishga o’tkazish xodimning roziligi bilan amalga oshiriladi, ishlab chiqish zarurati yoki bekor turib qolinishi munosabati bilan (O’zR MKning 95-moddasi) bog’liq bo’lgan holatlar bundan mustasno. Biroq bunday holda xodim sog’lig’iga tug’ri kelmaydigan boshqa ishga o’tkazilishi mumkin emas.
O’zR MKning 96-moddasiga asosan doimiy, vaqtinchalik boshqa ishga o’tkazish, mehnat shartlarini, shuningdek ish joyini o’zgartirish ish beruvchining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.
Boshqa doimiy ishga o’tkazish haqidagi buyruqni chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga kiritilgan qo’shimchalar asos bo’lib xizmat qiladi. Doimiy boshqa ishga o’tkazish haqidagi buyruq mehnat shartnomasiga kiritilgan o’zgartirishlarning mazmuniga to’la muvofiq holda chiqariladi va xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi (O’zR MKning 96-moddasi 2-qismi).
Xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi kelishuv bo’yicha vaqtincha boshqa ishga o’tkazishga yo’l qo’yiladi (O’zR MKning 93-moddasi). Boshqa ishga o’tkazish haqidagi buyruqda albatta uning muddati ko’rsatilishi shart. Boshqa ishga o’tkazish muddati tugagach, ish beruvchi xodimga uning avvalgi ishini berishi lozim.
Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bo’yicha va xodimning tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga o’tkazish haqida buyruq chiqarishga ishchining arizasi, homilador va ikki yoshga to’lmagan bolasi bor ayollarga esa ularni arizasi va tibbiy ma’lumotnoma asos bo’ladi.
Ish beruvchining tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga o’tkazish haqida buyruqni chiqarishga ishlab chiqarish zarurati yoki bekor turib qolinishi holatlari mavjudligi asos bo’ladi.
Ish beruvchining tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga o’tkazish haqida buyruqni chiqarishga ishlab chiqarish zarurati yoki bekor turib qolinishi holatlari mavjudligi asos bo’ladi. Mehnat shartlarining, shuningdek ish joyining o’zgarishi ish beruvchi buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.
Mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini o’zgartirish haqida buyruqni chiqarishga xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga kiritilgan o’zgartirishlar asos bo’ladi. Mehnat shartnomasida muayyan ish joyi aniq ko’rsatib qo’yilgan hollarda ish joyini o’zgartirish haqida buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga kiritilgan o’zgartirishlar asos bo’ladi.
Boshqa bir xodimning o’rnida ishlash ham vaqtinchalik boshqa ishga o’tkazish kabi rasmiylashtiriladi. Boshqa xodimning o’rnida ishlash ikki xil holatda yuz beradi:

  • vaqtinchalik yo’q bo’lgan xodimning ishlarini o’zi bajarayotgan doimiy vazifalardan to’liq ozod etilgan holda bajarish;

  • vaqtinchalik yo’q bo’lgan xodimning vazifalarini bajarayotgan boshqa xodimga asosiy vazifalarga qo’shimcha ma’suliyat yuklatish.

Bunday mazmundagi buyruqni chiqarishga xodimning roziligi va boshqa xodimning o’rniga ishlashga olib kelgan sabab asos bo’ladi.



Download 26.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling