Sharqda X-XIX asrlarda yozilgan hujjatlarning o’ziga xosliklari


Download 151.14 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.02.2023
Hajmi151.14 Kb.
#1167525
Bog'liq
2-amaliy



Sharqda X-XIX asrlarda yozilgan hujjatlarning o’ziga xosliklari 
Turkiy xalqlarda ham hujjat tuzish qadimdan mavjud bo'lgan. X- 
asr va undan oldingi davrlarga oid turli hujjat namunalari bizgacha yetib 
kelgan. Hatto M.Qoshg'ariyning “Devonu lug„otit turk” asarida 
“Bushug„” so„zi uchraydi. U elchiga qaytib ketish uchun beriladigan 
ijozat qog'ozi, shuningdek, elchilarga beriladigan sovg„a ma‟nolarini 
bildiradi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg„u bilik” asarida yorliq va noma 
ma‟nosi o'rnida “bildargulik” so„zi ishlatilgan. Hozirgi kunda faol 
qo„llanishga o'tgan “bildirishnoma”, “bildirish” shu so'zdan olingan. 
Sho'rolar davrida bu so„z “raport” deb yuritilardi. Qadimshunos olimlar 
tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida ko'pgina ma‟lumotlarga 
ega bo'lindi. Namangan viloyati Kosonsoy shahri yaqinidagi Mog‟il 
qal'asidan VII-VIII asrga oid 80 ta hujjat topilgan. Ular milliy so„g„d 
yozuvida bo'lib, toldan kesilgan tayoqcha, teri va xitoy qog„ozlariga 
bitilgan. 
Hujjatlar mazmunan huquqiy xarakterga ega. Bir turkumi 
diplomatik aloqalarga oid bolib, arablarga qarshi harbiy kuchlami 
birlashtirish masalasiga bag'ishlangan. Hujjatlarda buyruqlar, soliq va 
boj yig„ish moliyaviy harajatlar ro'yxati va boshqalar aks etgan. Xorazm 
xarobalaridan esa charm va taxtachaga yozilgan hujjatlar topilgan. 
Tuproqqal'a hayot bo„lgan davrdagi xonadan a'zolarining ro'yxati, harbiy 
chaqiriq, soliq, jon-mol ro'yxati, xo'jalik asboblarining olingani haqidagi 
tilxat qadimgi hujjatlardan darak beradi. Turkiy tillar mutaxassisi 
S.E.Malov “Памятники древнетюркской письменности” (М-Л, 1951) 
asarida qadimgi turkiy yozuvida XIII asrlarda bitilgan qadimgi hujjat 
(shikoyat, oldi- sotdi, ijaraga qo'yish, tilxat) namunalarini keltiradi. 


Qimmatli ma‟lumot beruvchi X-asr olimi Abu Abdulloh al-
Xorazmiy “ilmlar kaliti” asarining “arab” ilmlari qismida ish yuritish 
daftarlarini sharhlab, Samoniylar davlatidagi soliq xillari va ularni 
yig'ish yo'li, hajmi, Sharq mamlakatlarining hududlarida ishlatilgan 
og„irlik hamda o'lchov birliklarini keltiradi. Askarlar ro'yxati, 
beriladigan maosh, kiyim-kechak shakllarini keltiradi. O'sha davrda 
Markaziy Osiyoda keng tarqalgan o'lchov birliklari haqida ma‟lumot 
beradi. Ular boshqa manbalarda hozir uchramaydi. 
“Eski uyg„ur yozuvi” (Q.Sodiqov), «Древний Хорезм» 
(С.П.Толстой), «Ганчи, ганчибоши в Кокандском ханстве» 
(А.Л.Тротская) kabi manbalarning ahamiyati katta. Ma‟lum bo'lishicha, 
X-XIX asrlarda farmon, yorliq, noma, bitim, arznoma, qarznoma, 
vasiqa, vaqfnoma, tilxat kabilar keng iste'molda bo'lgan. Hozirgi kunda 
vaqfnoma, vasiqa, noma, arznoma kabi hujjatlar tilimizda ishlatilmaydi. 
Manba sifatida “Boburnoma" asarining o'z o„rni bor, chunki unda 
farmon, mirzo, sulh, tamg'a hatto ariza o'rnida “arzadosh” qo'llanilgan. 
Shuni qayd qilish mumkinki, hozirgi kunda tilimizda tor ma‟noga ega 
bo'lgan '"patta” so'zi XlX-asrda Qo'qon xonligida keng ishlatilgani 
ma‟lum. 
Dunyoning har bir mamlakatida qadimdan rasmiy ish qog'ozlari 
qo'llanilib kelgan. Masalan: eramizdan avval bo'lgan Bobil (Vavilion) 
davlatining 1792 - 1950 - yillar podshoxi Xammurapining buyrug'i bilan 
tayyorlangan qonunlar majmuasi mavjudligi haqida amerikalik 
sharqshunos Edvard Kira “Они писали на глине” (1984-у) asarida 
ma‟lumot beradi. Qonun majmuasi 247 moddadan iborat bo'lib, u basalt 
ustuniga qadimgi mixxat bilan yozilgan. Qonunda yerga egalik, savdo- 


sotiq, iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar aks etgan. Bobil hozirgi Iroqning 
janubiga to„g„ri keladi. 
Rossiyada hujjat yuritish IX-X asrlardan boshlangan. X-asrga kelib 
shartnomalarda muhrlar qo‟llana boshlagan. XlV-asr oxirlaridan boshlab 
hujjatlar qog„ozlarda o„z ifodasini topishga o„tgan. Manbalar Pyotr 
davrida “Dokument” so„zining ishlatila boshlaganidan darak beradi. U 
tor ma‟noda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) o„rnida ishlatilgan. 
Keng ma‟noda - guvoh beruvchi, ibratli, namunali, dadil, isbotlovchi 
ma‟nosida qo„llanilgan. 
Turkiston 
Respublikasidan 
ajralib 
chiqqan 
O'zbekiston 
respublikasi 1924-yil 31-dekabrda 48-raqamli “Ishlarni o„zbek tilida 
yuritish” to„g„risida muhim qaror qabul qildi. Qarorda butun boshqaruv 
idoralarida hamma rasmiy ish qog'ozlari faqat o„zbek tilida yuritish, 
o„zbekcha rasmiy hujjatlar tuzish, yo'riqnomalarni tayyorlash topshirildi. 
Qarorni hayotda qo'llash uchun ishchi hay‟at yuzaga keldi. Har bir 
tashkilot, muassasa va idoralarda ish yuritish bo'limlari tashkil qilindi. 
Qarorda dekretga bepisand qarovchilarga chora ko'rish kerakligi 
ta'kidlangan edi. Ish qog„oz namunalari maxsus tayyorlandi. Ammo 30-
yillarda vaziyat o„zgardi. Ayniqsa 1938-yilgi qabul qilingan “Об 
обязательном изучении русского языка” qaroridan keyin milliy tillar, 
xususan, o'zbek tilini cheklash siyosati boshlandi. Ish yuritish asosan, 
rus tilida yuritiladigan bo'ldi. 
Nihoyat, 1989-yili O'zbekiston Respublikasining “Davlat tili 
to'g'risida” qonuni qabul qilindi. Qonunga muvofiq 8 yil mobaynida 
barcha rasmiy hujjatlar o'zbek tilida yozilishi kerak edi. 1995-yil 21-
dekabrda qonunning yangi tahrir qilingan variantida o'zgartirish va 


qo'shimchalar o'z ifodasini topdi. Qonunning 8-19-moddalarida ish 
yuritish o'zbek tilida, shuningdek, ish qog'ozlari rus hamda boshqa 
tillarda tuzish va qabul qilish mumkinligi ko'rsatib o„tilgan. Bu 
respublikada milliy munosabatlarning barqarorligini ta'minlash bilan 
bog'liq edi. 
1995-yil 24-avgust 339-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasi 
o'zbek tilining lotin imlosiga asoslangan yangi alifbo qoidalarini 
tasdiqladi. Ish qog'ozlari yangi alifboda qoidalarga rioya qilingan holda 
yoziladigan bo'ldi. 
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar 
1. Matnni o„qing. Matndan rasmiy uslubga doir atamalarni ko„chirib 
yozing. 
2. Matndagi fikrlarga o„z munosabatingizni bildirib mazmunini so„zlab 
bering. 
3. Hujjatchilikning ijtimoiy hayotdagl o‟rni va ahamiyati haqida gapirib 
bering. 
Hujjatchilikning ijtimoiy hayotdagl o‟rni, takomillashuvi va 
kamchiliklari 
O'zbekiston mustaqil bo'lgach, ish yuritishning ijtimoiy hayotdagi o'rni 
o'zgacha tus oldi. Hujjatlarni avval rus tilida belgilangan qolipda 
yozilgan bo'lsa, ularni o'zbekona tayyorlash yo'liga o'tildi, e‟tibor 
o'zgardi. Rasmiy ish qog'ozlarining ahamiyati ortdi, chunki jamiyat bilan 
uning a'zolari o'rtasidagi munosabat, hatto davlatlar orasidagi aloqa, 
davlat tashkilotlari ichidagi qonun- qoidalar davlat tilida keng yuritila 
boshlandi. 


O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi 1994-yil 18-avgustda 424-son 
qaror qabul qildi. Qaror tom ma‟nodagi hujjatchilikni shakllantirish va 
rivojlantirish yo'lida muhim qadam bo'ldi. 1999- yil 29-martda 140-son 
qaroriga ilova qabul qilinib, unda ish yuritish va ijro nazoratini tashkil 
etish bo'yicha namunaviy yo„riqnoma berildi. Yo„riqnomada umumiy 
qoidalar, shuningdek, hujjatlashtirish, kelgan xat-xabarlarni qabul qilish 
va ro'yxatga olish, jo'natish, hujjatlarning ijrosi ustidan nazorat tartiblari 
ko'rsatilgan. Vazirlar Mahkamasining qarorlari so„zsiz tom ma‟nodagi 
o„zbek hujjatchiligini hozirgi kun talablari asosida shakllantirish va 
rivojlantirishda maqsadga muvofiq ish bo‟ladi. 
O„zbek tilidagi hujjatchilikni takomillashtirishda mavjud 
tajribalardan foydalanish o'rinli. Bunda. albatta o'zbek tilining o„z 
qonun-qoidalariga rioya qilish kerak. Masalan, sana yozishda o„zbek 
tilining tabiatga mos qilib avval yil keyin oy “2007-yil 8-mart” deb 
yozish to'g'ri bo'ladi. Hujjatlarni sof o'zbek tilidagi andozalarini yaratish, 
bular 
bilan 
bog'liq 
atamalarning 
bir 
xilligiga 
erishish 
takomillashtirishning muhim masalalaridan. Hujjatlar tuzish, ijro etish 
uslubi ustida ish olib borish, Davlat bo„yicha yagona nusxalarini ishlab 
chiqish shu kunning dolzarb vazifasiga kiradi. Bu ishlarning sust 
borishida hujjatlarni tuzish yo'llari, shakli, tili, uslubini o'rganuvchi va 
belgilab beruvchi ilmiy markazning yo‟qligi deb hisoblash o'rinli. 
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1-mashq. Tushunchalar tahlili metodidan foydalanib matnda ajratib 
ko‟rsatilgan so‟z birikmalariga izoh bering. 


2-mashq. Berilgan matndan rasmiy uslubga xos so‟z va so‟z 
birikmalarini ko‟chirib yozing. 
Hozirgi davrda ish yuritishning “yuragi” kompyuter bo'lib 
qolmoqda. Asosiy hujjatlar kompyuterda yoziladi. Elektron pochta, faks 
orqali uzatiladi. Ish yuritishga kompyuterlar o'tgan asrning 60-yillarida 
kirib kelgan. 80-yillarda avtomatlashtirilgan tizimga keng yo'l ochilgan. 
Katta va kichik EHMIar boshqaruv faoliyatida hujjatlarni ro'yxatga 
olish, tekshirish, nazorat ishlarini o'tkazish, saqlash, hujjatlarni 
tayyorlashda muhim o„rin egalladi. O'zbekistonda kompyuterning keng 
tusda hayotga kirib kelishi 2000-yillarning boshiga to'g'ri keladi. 
Faqatgina yuqori idoralardagina ish yuritishda EHMdan foydalanish 
imkoniyati mavjud edi. 

Download 151.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling