Pakananing oshiq ko`ngli


Download 26.21 Kb.
bet1/3
Sana08.02.2023
Hajmi26.21 Kb.
#1176929
  1   2   3
Bog'liq
maqola Mehriniso



Erkin A`zamning “Pakananing oshiq ko`ngli” asarida ayol konsepti
Anotatsiya
Mazkur maqolada konsept haqida umumiy fikrlar, nazariyalar,ta`riflar keltirilgan. Shu bilan birga konseptga bevosita bog`liq ikki soha kognitiv tilshunoslik va lingvomadaniyat haqida va bu ikki sohaning konseptiga qanday bog`liqligi va boshqa tillarda, xususan, fransuz tilida ayol konseptining qo`llanishi haqida qisqacha ma`lumotlar, shuningdek, o`zbek tilida ayol konsepti qo`llanishi, xususan, Erkin A’zamning “ Pakananing oshiq ko`ngli” asarida ayol konsepti, uning ta’rifi va bu konsepting umumiy, ijtimoiy, badiiy ahamiyati haqida fikrlar ilova qilinib, xulosalar jamlab keltirilgan.

Muhammadiyeva Mehriniso Nuraliyevna.
Termiz davlat pedagogika instituti
O`zbek tili va adabiyoti filologiyasi
fakulteti 1-kurs talabasi.

Ma`lumki, tilshunoslik hozirgacha ko`plab bosqichlardan pog`onama-pog`ona o`tib hozirgi holatiga keldi. Til eng muhim aloqa vositasi bo`lib, bu vositaning rivojlanishi insoniyatning yer yuzida paydo bo`lishi bilan boshlangan. Bu shunday jarayonki, uning rivojlanishi o`z-o`zidan tabiiy tarzda amalga oshadi. Yer yuzida odam soni ko`payib borgani sari va o`tishi davomida bu rivojlanishning natijasi yanada ko`proq mukammallashadi. Shuni ham aytib ta’kidlashg joizki tilda va tilshunoslikda hozirgacha insonni hayratga soladigan darajada yutuqlarga erishildi va tildagi ko`plab mavhum sirlar ochildi. Ammo ilmning chek-chegarasi yo`qligi tilshunoslikda ham o`z ifodasini topgan.


Xususan, kognitiv tilshunoslik va lingvomadaniyatda konsept tushunchasi tilshunoslikning hali to`liq ochilmagan, tavsiflanmagan bilimlaridan bir namunadir.
Konsept haqida turli olimlar turlicha lekin ma’naviy jihatdan o`xshash fikrlar bilirishgan. Tarixga nazar tashlasak, konsept termini XX asrning 90-yillaridan beri qo`llanilib kelinmoqda. Konsept ustida tadqiqot olib borgan tilshunoslardan biri V.A.Askaldov konseptga: “ Bu bir tur yoki boshqa turdagi tushunchalar haqida fikrlash jarayonini o`zida aks ettiradigan birlikdir” degan fikr bildirgan.
N.D, Aryutanova konsept haqida: “ Falsafadagi amaliy tushuncha bo`lib, din, idealogiya, folklor san`ati obrazlari kabi omillarni va fikrlash o`rtasidagi munosabatlarni aks ettiradi. U inson va dunyo o`rtasidagi bog`liqlikni o`rnatadigan madaniy qatlamni o`zida namoyon etadi” deb yozgan.
D.S.Lichasheva o`zining “ Консептосхера русского языка” ilmiy ishida “ konsept so`zining lug`aviy ma’nosi bilan insonning o`z milliy qarashlarining to`nashuvi natyijasida hosil bo`ladigan fikrlash jarayonining mahsuli” deb ta’rif bergan.
Konsept so`zi bevosita kognitiv tilshunoslik va lingvomadaniyat, linvokultrologiya bilan bog`liq. Lekin ikki sohada ha konsept terminining ta’rifida farqlar mavjud. Kognitiv tilshunoslik hali yangi fan bo`lib “ Cognize” – “bilmoq”, “anglamoq” so`zidan olingan. O`zbek tilshunos olimi S.SH Safarovning fikriga ko`ra “ Kognitiv tilshunoslikning vazifasi til yordamida bilim olish va saqlash, tilni amalda qo`llash va uzatish, til tizimi tarkibining inson miyyasidagi in’ikosi sifatida tafakkur bilan bog`lab chuqur ilmiy tadqiq etishdir”. Professor A.S. Mamatov til tizimini kognitiv jihatdan tahlil qilish yuzsida fikr yuritish jarayonida “ Kognitiv fan kognissiya bilan shug`ullansa, kognitiv tilshunoslik bilishning tilda aks etishini, ya’ni verballashuvini tadqiq etadi” degan mulohazalarni keltirgan.
Lingvokultrologiya ham XX asr oxiriga kelib jadal suratda o`sdi. Lingvokultrologiya madaniyatshunoslik va tilshunoslik o`rtasidagi umumlashma fan hisoblanadi. Til va madaniyatning o`zaro ta’siri hamda bog`liqligini va bu bog`liqlikni tilda namoyon bo`lishini tadqiq etadi. Ushbu ikki soha uchun asosiy kategoriyalardan biri bu konseptdir. Konsept termini haqida kognitiv atamalar lug`atida “ Konsept tafakkurimizdagi aqliy va psixik resurslarni inson bilim va malakalarida aks etishiga xizmat qiladigan tushunchadir” deb ko`rsartilgan. Linvomadaniyatda konseptning izohi sal farqlanadi. Yu. A. Stepanov va A.S.Askaldovlarning konsept haqidagi fiklari bir-biriga o`xshashdir. Ya’ni Askaldovning fikricha “ Konsept bu madaniyatning elementlaridan biri kishi tafakkurida shakllangan shakldir. Xuddi shu shalkda madaniyat kishining mental dunyosiga kirib boradi” degan fikrni keltirgan. Maslova esa ma’nosiga ko`ra ko`p qirrali tuzilm sifatida qarab nafaqat til egalar tomonidan tadqiq etiladigan, balki ular o`zlari his qiladigan hayajon, baho, milliy obraz va konnatatsiyani o`z ichiga olishini ko`rsatadi va konsept markazida qadrlilik turishi va manaviyat tadqiqiga ximat qilishi, madaniyat asosida, aynan, qadrlilik turishini o`z fikrlarida keltirib o`tgan.
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling