Pakananing oshiq ko`ngli
http//moluch.ru/Archive/320/72633/
Download 26.21 Kb.
|
maqola Mehriniso
http//moluch.ru/Archive/320/72633/
Demak, ayol konsepti har qaysi tilda ham millatda ham keng va ko`p qo`llaniladigan va hech qachon tadqiq etilishdan to`xtamaydigan tushunchalar jamlanmasi desak, to`g`ri yondashgan bo`lamiz. Shuningdek, “ Ayol konsepti” yozuvchilar asarlarida ham keng qo`llaniladi va bu konsept turi badiiy san’at sohasi vakillarini azaldan ilhomlantirib kelmoqda. Xususan, Erkin A’zam asarlarida ham ayol konsepti turli javhalarda go`zal talqinda keltirilgan. Erkin A’zam 1950- yil 10- avgustda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida dunyoga kelgan. Toshkent davlat universiteti hozirgi (O`z. M. U)jurnalistika fakutetida tahsil olgan. O `zbekiston radiosida muharrir (1972-1976) , “Guliston” jurnaida bo`lim mudiri (1981-1986), G`afur G`ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida ko`p jildi asarar tahririyati mudiri lavozimlarida faoliyat olib brogan. Adibning o`quvchilik yillarida yozilgan “Ilk inson” hikoyasi viloyat gazetasida bosilgan. Uning bir qator “ Atoiyning tug`ilgan yili” , “Pakananing oshiq ko`ngli” “Kechikyotgan odam” , “Javob” kabi hikoyalari bosilgan.” Jannat o`zi qaydadir”, “Shajara” , “ Farrosh kampirning tushi” , “ Xonadon egasi” , “Tanho qayiq yohud devonaning orzusi” nomli pyesalari yurtimiz kinoteatrlarida sahnalashtirilgan. http//Saviya.uz. tarjimai hol/Erkin A’zam 1950 Erkin A’zamning “Pakananing oshiq ko`ngli” bosh qahramonimiz o`zi va uning armoni bo`lmish bo`y o`stirish hangomalari-yu, oshiq ko`nglini dardi fig`onlari haqida hikoya qilingan va oshiq bo`lishdan avvalgi qizlar haqidagi hikoyalarida qizlarning ta’riflari va uning o`zi oshiq bo`lgan Safsarning madhlari ayol konseptiga talay misollar bo`la oladi. Hikoyaning boshida qahramonimiz pakananing go`zallikka oshuftaligi o`zidan yoshi katta yoki o`zidan bo`yi uzun qiz-juvonlarga e’tibor qaratishi jumlada qiz-juvon so`zlari yonida sarvqomat so`zi orqali qizlarning qad-qomatiga go`zal ta’rif berilgani namoyon bo`ladi. Yana bir joyida ko`rkam xayoliy siymo so`zi ayolning sirli mavjudot ekanligi, erkak zotining har bir vakili ayolni xayolida qayta yaratishini aytib turadi. Adibning bu asarida faqat maqtalmay salbiy jihatdan ham ta’riflangan. Xususan, ul bevafo jumlasi adaniy so`z bo`lib yoriga xiyonat qilgan yoki yoridan voz kechib, ui tashlab ketgan ayol siymosi gavdalanadi. Bu so`z ko`pincha badiiy, adabiy, she’riy asarlarda qo`llaniladi.yana pakananing eski sevgilisi Aziza haqida chiroyli, suluv, dilbar go`zal so`zlari bilan ta’riflaydi, lekin unga antoninim tarzda Arofatni xunuk, soda, laqma deb salbiy jihatlardan ham ta’riflashda anchayin obrazlardan foydalangan. Bu asarda ayol umumiy tarzda ayol, juvon, xotin, qiz deyilgan, lekin asar davomida ayolga berilgan sifat va ta’riflar kengaya boradi. Misol qilib asarda, aynan, bir ayolga emas ayol zotiga sibatan ishlatiladigan tushunchalar oldik. Masalan ayolga nisbatan berilgan barcha salbiy tushunchalar: xunukroq, aftadaxol, tug`mas, ajrashgan, tajang, asabiy kabi xususiyatlar keltirilib o`tilganligi ba’zan ayol haqida nomunosib fikrlar borligini ko`rsatib turadi. Bu ta’riflar ba’zan tashqi ko`rinish borasidagi fikrlarda ham namoyon bo`ladi. Ayolning faqat tashqi ko`rinishidagi fikrlarda: go`zal, sumbul sochli, xushqomat, jozibador, latofatli, chiroyli, sohibjamol, durkun, sarvqomat, xushro`y, suluv, dilbar kabi ijobiy taraflari ta’riflangan so`zlar tashqi ko`rinishning badiiy adabiy tomoni ochilganini bildirib turibdi. Asarda ayolning ichki dunyosi haqida ta’riflar quyidagicha: jonfido, mehribon, benavo, bandai ojiza, barkamol xonim, bokira, nozanin, sumbul sochli, sirli farishta, suyukli bu so`zlar badiiy jihatdan oily darajada ayolning estetik xususiyatlari sanab o`tilgan. Bundan tashqari, asarda shunday qiyoslar keltrilganki, uni ilova qilmaslik mumkin emas: MASHUQA – Bu sirli oshiq ayol tasviri bo`lib, bu so`z ko`plab asarlar, she’rlar, g’azallarda asosiy o`rin tutadi va juda chiroyli va ehtirosli estetik tasvir deyilishga arziydi. DAVRANING GULTOJI – bu hamma sevadigan va hammani o`zining fikriga jalb eta oladigan, tashqi ko`rinishi ham raso, o`ziga ishongan, tez ko`zga tashlanadigan ayol ta’rifidir. YETILMAGAN G`UNCHA – bu ta’rif go`zal, hali beg`ubor, qarashlarida poklik ko`rinib turadigan, bo`yi yetmagan qizlar haqida aytiladi. PARIVASH BIR RUXSOR – bu qiyos, asosan, ayolni xayolan estetik ravishda so`zlar bilan rasmini chizishda ishlatiladi. Hatto, shu so`z bilan ayolning ilohiy mavjudot ekanligiga bir ishora qilish ham mumkin, albatta, majoziy ma’noda, bunga sinonim qilib asarda vadaga vafodor malak, farishtadek qiz, farishta so`zlari ham keltirilgan. G’AMZA BILAN QIYO BOQIB TURGAN SOHIBJAMOL – bu ta’rif sevgilisiga ko`ngli bor go`zal ayolning noz karashmalarini so`zda chizib ko`rsatilganligini bildiryapti. AHLI ZEBOLAR QAVMI – bu go`zal ayol yoki qizlarning bazm yoki majlisda yig`ilgan holati yoki o`sha go`zallar jamoasi tasviridir. Bu ta’riflardan yana ko`plarini keltirishimiz mumkin. Eng muhimi bu so`z, ta’rif, tushunchalar ayol konseptini kengayishida muhim vositalra majmui bo`la oladi. Maqola oxirida shunday xulosa keltirishimiz mumkin: konsept tushunchasi juda keng qamrovli bo`lib, bu termin rivojlanishdan, kengayishdan to`xtamaydi va u haqidagi bilimlar insonlarning madaniyati va bilish sohasini mukammal darajaga yetishida asosiy omillardan biri bo`la oladi. “Ayol konsepti” estetikani kuchaytiruvchi konsept turlaridan biri bo`lib bu konsept turi hech qaysi davrda izlanishdan, u haqidagi tushunchalar kengayishdan to`xtamaydi. Chunki ayol hayotni rang barang tusga keltiruvchi mavjudot, u o`zgarib boruvchi nozik xilqat. Tabiat, erkaklardan iborat jamiyat ulardan ilhom oladi. U ilhom manbai. Agar ayol haqidagi bilimlar, konseptlar, tushunchalar, izlanish, rivojlanishdan to`xtasa hayot ham tom ma’noda to`xtaydi, to`xtamasa ham, hayotga bo`lgan qiziqish yo`qoladi. Erkin A’zam asarlarida ayol konsepti uslubiy badiiy jihatdan o`ziga xos jozibadorlik kab etgan. Ozodlik haqidagi qarashlar asosiy o`rin tutgan asarlari bilan mashhur bu adibning asarlarida ayol konseptining mavjudligi hayratlanarli holat ekanligini ta’kidlamaslik mumkin emas. Demak, har qanday holatda ham, har qanday asarda ham ayol haqidagi bir yoki bir necha so`z bo`lmaganda o`shanga sinonim tushuncha keltiriladi. Bu esa konseptga aylanadi. “Ayol konsepti” rivojlanishdan to`xtamaydi. http//kh-davron.uz https//kutubxonachi.uz f Download 26.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling