R e j a: Badiiy asar mavzui


Download 117.41 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2022
Hajmi117.41 Kb.
#232393
Bog'liq
6 (5)



BADIIY ASARDA MAVZU VA G`OYA 

  

R e j a:  

1. Badiiy asar mavzui.  

2. Badiiy asar g`oyasi.  

    


Shakl va mazmun komponentlari orasida mavzu va g`oya mazmunga kiradi va muhim 

o`rin tutadi. Mavzu va g`oya ajralmas dialektik birlikda bo`ladi: mavzu g`oyaviy jihatdan 

aniqlangan, g`oya esa mavzu rivoji natijasida ochilgan bo`ladi. G`oyaning ahamiyati mavzuning 

ahamiyatiga bog`liqdir. Biroq asarning g`oyaviy-estetik ahamiyati o`z-o`zidan mavzu 

bo`lavermaydi. Mavzu asardagi kuchlarning to`qnashuvga olib boradigan harakat - faoliyatdir.   

         Mavzu asarda ifodalangan hayotiy materialldan hosil bo`ladi. Shunday qilib, mavzu-asarda 

tasvirlangan hayotiy voqelikdir, asarda nima tasvirlanganidir.  

 Mavzu asarning mazmuni bilan mahkam bog`liq bo`lib, mavzu to`g`risida gapirganda ma’lum 

darajada asar mazmuniga ham xarakteristika beriladi.  

  

San’atkor badiiy asar ustida ishni mavzu tanlash va uni aniqlashdan boshlaydi. V.Kattaev 



aytganidek, «hammadan oldin mavzu paydo bo`ladi». Asar mavzusini aniqlashda qahramonlar 

va voqealar tilga olinmasligi kerak. Chunki qahramon va voqealar ana shu mavzuni ochishga 

xizmat qiladi, ularning o`zi mavzu bo`la olmaydi. Mavzuning katta-kichigi bo`lmaydi. Ba’zan 

katta mavzu talantsiz yoritilganligi uchun ahamiyatsiz bo`lib qoladi, kichkina mavzu esa katta 

ijtimoiy ma’no bera oladi. Bu esa iste’dodga bog`liqdir. Biroq hamma narsa ham iste’dodga 

bog`liq emas. Aslida qamrab olingan voqealar miqdori emas, uni ochishning chuqurligi, 

kolliziyalarning ijtimoiy mazmunini to`la ochishga, uni haqqoniy va emotsional (hissiy); 

ishonarli talqin qilishga bog`liqdir. Asarning taqdirini mavzu emas, uning g`oyaviy-estetik 

ochilishi hal qiladi. Zammoning muhim masalalari ochilgan asar kitobxonni to`lqinlantiradi. 

Yozuvchi mavzuni ochish barobarida, unga o`z munosabatini ham ifodalaydi, uni baholaydi. Bu 

esa yozuvchining ba’zi narsalarga xayrixohligida, ba’zilariga qarshiligida ko`rinadi. O`quvchida 

ham shunday kayfiyat uyg`otadi. San’atkor doimo voqealar ustidan hukm chiqaradi. Ana shu 

hukm badiiy asar mazmunining ajralmas qismidir. Mavzuni ochish jarayonida san’atkor hayot 

uchun muhim bo`lgan masalalarni ko`tarib chiqadi. Asarda mavzu bitta bo`lmasligi mumkin. 

Ayniqsa, yirik epik asarlarda asosiy, bosh mavzudan tashqari, xususiy mavzuchalar ham bo`lib, 

ular ham asosiy mavzuga bog`liq bo`ladi va uni ochishga xizmat qiladi. Ana shu asosiy va 

xususiy mavzularning hammasi bir bo`lib, asar tematikasi (mavzular doirasi)ni tashkil etadi. 

Yordamchi mavzu voqeaga ta’sir qiladigan yoki aks ta’sir qiladigan harakatdir. Har bir asarda 

doimo siyosiy, axloqiy, falsafiy va shu singari boshqa g`oyalar ifodalangan bo`ladi. Biroq u 

g`oyalarning o`zi badiiy asarning g`oyaviy mazmuni bo`la olmaydi. Masalan, «Tinch Don» 

romanida ko`p adashuvlardan keyin ham asar oxirida G.Melexov yangi hayotga qaytmaydi. 

«Sarob» romanidagi Saidiy taqdiri ham shunday. Biroq yozuvchilar bu asarlar oxirida xalqi bilan 

birga bormagan, xalqdan ajralgan kishining taqdiri shunday, xalq yo`lida yashab o`tkazilgan, 

xalqqa bag`ishlangan umr haqiqiy hayot deb o`quvchiga axloq o`rgatmaydi. Voqea, obraz va 

xarakterlar mantiqi o`quvchini ana shunday ob’ektiv xulosaga olib keladi. Demak, g`oya asarda 

tasvirlangan hayotiy voqelikdan kelib chiqadigan mantiqiy xulosalardir. Yozuvchining asarda 

muayan voqealarni tasvirlashdan maqsadi nima demoqchiligidir.  

  

Adabiy asarda yozuvchi g`oyani shakllantirmaydi. G`oya obrazlarning tabiy talqini 



natijasida ochiladi. Demak, quruq g`oyaning o`zi hali mazmun bo`lmaydi. G`oya obrazlar bilan 

birga yurmaydi xam. U asarning butun ruhida namoyon bo`ladi, asarning yetakchi xususiyati 

sifatida mavjud bo`ladi.   

  

G`oya muallifning asarga izohi, komintarisi, sharhi ham emas. G`oya asar strukturasida 



(tuzilishi) bo`ladi. Masalan, P.Qodirovning «Erk» qissasida yozuvchi Sattor, Oysha, Roziyalar 

taqdirini hal etmaydi. Zotan, qahramonlar taqdiri qanday hal bo`lganligini ko`rsatish shart emas. 

Agar qissada qahramonlar taqdiri aniq hal etilganda edi, asarning badiiy qimmatiga putur etgan 

bo`ladi, yozuvchi o`quvchiga: sen ham shunday holga tushganingda ana shunday qil, deb 

o`rgatgan bo`lur edi.  



Yozuvchi masalani ochiq qoldirdi, uning yechimini o`kuvchiga havola qiladi, o`quvchini 

o`ylab ish qilishga chaqiradi.  

  

San’atkor nasihatiga emas, quruq didaktika haqiqiy san’at uchun begonadir. Agarda 



asarda hayot haqiqati tasvirlangan bo`lsa, asar voqealarida hayotning etakchi tendentsiyalari 

payqab olingan bo`lsa, obrazlarda zamonaning eng muhim ehtiyojlari ifodalangan bo`lsa, 

san’atning badiiy tashviqot bo`lgani shudir.  Badiiy asar qimmati g`oyaning chuqurligi va 

haqqoniyligi bilan ham o`lchanadi. Shunga ko`ra g`oya ob’ektiv, subektiv, haqiqiy va soxta 

bo`ladi. Soxta g`oya asar qimmatini tushiradi, uni halok qilib, g`oyasiz qilib qo`yadi. Masalan, 

M.Boboeavning «Ra’no» qissasida ikki yosh bir-birini sevib, axdu paymon qiladi. Biroq ular 

ota-ona orzusi degan an’anadan tashqari chiqa olmaydilar. Ota-ona orzusi yo`lida o`z orzu va 

g`oyalarini qurbon qiladilar. Muallif ota-ona orzusi deb inson erki va muhabbati qurbon 

qilinishiga qarshi isyon ko`tarmoqchi bo`ladi. Biroq asar echimi kitobxonga: baribir ham 

muhabbating amalga oshmaydi, undan ko`ra bir-biringni sevib, axdu-paymon qilma, degan 

xulosaga olib keladi. Qissani o`qib, shu gapni aytish uchun qissa  yozish Shartmi, degan fikr 

keladi. R.Rahmonovning «Sevgi qarimas» qissasida ham xuddi shunday holatga duch kelamiz.  

Yozuvchi voqealarni haqqoniy tasvirlasa-yu, o`zining dunyoqarashidagi cheklanganlik oqibatida 

kelib chiqadigan g`oya asardan kelib chiqargan mantiqiy xulosaga muvofiq kelmasa, bu 

sub’ektiv g`oya (niyat) deyiladi. Bunda muallif ixtiyoridan tashqari, o`z-o`zidan boshqa, to`g`ri 

xulosa ham kelib chiqadi. Bu ob’ektiv g`oya bo`ladi. Asar qimmati ana shu bilan belgilanadi. 

Shuning uchun ham, Dobrolyubov aytganidek, muallifning nima demoqchiligi emas, nima 

deganligi muhimdir. Badiiy ijod jarayonida san’atkorning sub’ektiv maqsadi bilan ob’ektiv 

g`oya bir-biriga zid kelib qolishi mumkin. Ko`pincha shunday bo`ladiki, g`oya yozuvchining 

irodasiga qarama-qarshi uning asarlaridan ob’ektiv ravishda kelib chiqadi. Yozuvchi o`z oldiga 

bir g`oyaviy maqsadni qo`yadi, asardan kelib chiqadigan ob’ektiv xulosa esa butunlay boshqacha 

bo`ladi, natijada yozuvchi g`oyasi soxta bo`lib qoladi. Asar asosidan kelib chiqadigan g`oya 

qanchalik haqqoniy bo`lsa, badiiy ijodning natijasi ham shunchalik yuksak bo`ladi.  

  

G`oya obrazlar tizimi orqali ochiladi. San’atkor zo`r bo`lsa, aytmoqchi bo`lganidan ham 



ko`proq narsani aytishi mumkin. G`oya aniq hayot materiali asosida ochiladi. Masalan, «Qutlug` 

qon» romanining mavzusi 1916 yilgi milliy-ozodlik qo`zg`olonidir. G`oyasi esa qo`zg`olon 

saboqlari bekor ketmaydi, degan fikrdir.  

  

Badiiy asar asosida yotgan g`oyani aniqlash osonlik bilan qilinadigan ish deb bo`lmaydi. 



Asar g`oyasini aniqlash juda qiyin ish bo`lib, faqat kuchli tafakkur bilan birlashgan estetik 

hissiyotninggina qo`lidan keladi. xolos. «Poetik g`oya silogizm emas, aqida ham emas, qoida 



ham emas. U jonli ehtiros, pafosdir», - deydi V.G.Belinskiy. 

Download 117.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling